TELEGRAM' foydalanuvchilar 200 milliondan ortdi! Pavel Durovning siz uchun dil izhorlari

TELEGRAM' foydalanuvchilar 200 milliondan ortdi! Pavel Durovning siz uchun dil izhorlari

https://t.me/ovoza

O'ZBEKCHA || РУССКИЙ || ENGLISH

So'nggi 30 kun mobaynida Telegram messenjeridan 200 million foydalanuvchi faol tarzda foydalandi. Bu juda katta ko'rsatkich hisoblanib, agarda Telegram'ni bitta alohida davlat sifatida qaralganida u aholisi bo'yicha dunyoda oltinchi o'rinda bo'lar edi.

Ushbu dovonga yetib kelganimiz uchun siz foydalanuvchilarga o'z minnatdorchiligmizni izhor etamiz. Biz Telegram'ni rivojlantirish uchun hech qanday reklamalardan foydalanmaganligimizni hisobga oladigan bo'lsak, ushbu 200 million odam sizning taklifingiz natijasida bugun biz bilan bir safda.

Mana shuning uchun sizlar bizning boshqalar oldidagi doimiy ustunligimizni ta'minlab kelmoqdasiz. Telegramda aksiyonerlar va reklama beruvchilar bo'lmaganligi sababli, biz u boshqa dasturlardan ustunroqdir. Biz hech qanday marketologlar, analitiklar va hukumat tashkilotlari bilan hech qanday shartnomalar tuzmaymiz. Messenjer faoliyatini boshlagan davrdan buyon ya'ni 2013 yilning avgust oyidan buyon foydalanuvchilarimizga tegishli bo'lgan shaxsiy ma'lumotlarning bir baytini ham boshqalarning qo'liga tushishiga yo'l qo'ymay kelmoqdamiz.

Biz bundan keyin ham shunday davom etamiz, chunki Telegram shunchaki tashkilot yoki oddiy bir dastur emas. Telegram biz uchun - g'oya; bu g'oya sayyoramizdagi barcha insonlarning erkin bo'lishini ta'minlashdir..

Shu bilan birgalikda, biz barchaga ishonamiz. Biz ishonamizki, har bir inson o'zidan kelib chiqqan holda aqlli va rahmdil, va shuning uchun ular ishoncha munosibdirlar; fikr almashish erkinligiga, shaxsiy muloqotdagi erkinlikka, o'zining kashfiyotlarini yaratishdagi erkinlikka munosibdirlar. Ushbu falsafa, bugun bizning mehnatimiz samarasidir.

Mana shu sabablar Telegramni juda kuchli shifrlangan dunyodagi birinchi messenjerga aylantirdi. Mana shuning uchun Telegram dunyodagi birinchi butunlay ochiq kodli va uning yordamida yangi dasturlar hamda botlar tuzish uchun 100% ochiq API'ga ega messenjerga aylantirdi.

O'tgan yillar mobaynida insonlarning ishonchi yordamida biz boshqa dasturlarda mavjud bo'lmagan imkoniyatlarni taqdim etdik; masalan, juda katta guruh suhbatlari, cheksiz kanallar va stikerlar yaratish. Yuqorida keltirilgan barcha imkoniyatlar insonlar tomonidan ishonch bildirilganligi tufayli hozirda ulardan faoln tarzda foydalanib kelinmoqda.

Bizning yangi g'oyalar ortidan mehnat qilishimiz ham bizning foydalanuvchilarga bo'lgan ishonchimizdir. Biz foydalanuvchilarimizga ta'riflab bo'lmas darajada ishonch bildirib kelganmiz va 200 milliondan ortiq foydalanuvchilar ham bizga huddi shunday tarzda ishongandirlar.

Buning uchun barchangizga chuqur minnatdorchiligmizni izhor etamiz — va bizga ishonishda davom etishingizni so'raymiz.

2018 yil, 22 Mart || Pavel Durov
@OVOZA - zamonaviy va innovatsion

Report Page