TECH HORIZON 2025: IT VA INNOVATSIYALAR SAMMITI
XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN🌐 Tilni tanlang / Выберите язык / Select Language :
🇺🇿 O‘zbekcha
🇷🇺 Русский
EN English
Sizni 2025-yil 17-aprel kuni soat 10:00 da Hilton Tashkent city mehmonxonasida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tayyorlov o‘quv kurslari markazi hamda “Science and innovation” xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida o‘tkaziladigan “Tech Horizon 2025: IT va innovatsiyalar sammiti” xalqaro ilmiy-amaliy anjumaniga taklif qilamiz!
Anjuman Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 27-fevraldagi 4/1-1832-son xatiga asosan amalga oshiriladi.
Anjumanning maqsadi: sun’iy intellekt, ta’lim texnologiyalarini raqamlashtirish va zamonaviy o‘qitish usullarining roliga alohida e’tibor qaratgan holda ta’limda IT va innovatsion texnologiyalar sohasidagi asosiy tendensiyalar va muammolarni muhokama qilish uchun platforma yaratishdir.
“Tech Horizon 2025” – bu kelajak texnologiyalariga nazar tashlash, global miqyosdagi IT tendensiyalarini muhokama qilish va innovatsion g‘oyalarni hayotga tatbiq etish uchun ajoyib imkoniyatdir.
Konferensiya doirasida oliy ta’limning jahon reytinglariga integratsiyalashuvi, raqamli kontent yaratish, shuningdek, raqamli transformatsiya sharoitida xorijiy tillarni o‘rganish va pedagog kadrlar malakasini oshirishning ahamiyati kabi eng muhim jihatlar ko‘rib chiqiladi.
📍Anjuman o‘tkazilish joyi va vaqti
Sana: 2025-yil 17-aprel kuni soat 10:00 da.
Joyi: Tashkent City Hilton mehmonxonasi.
Manzil: O‘qchi ko‘chasi 1, 100027, Тоshkent.
Anjumanga maqolalar qabulining soʻnggi kuni: 2025-yil 10-aprel.
Anjuman tili: o‘zbek, rus, ingliz.
🏢 Anjuman tashkilotchilari
• O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
• O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi
• Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash Ulug‘bek jamg‘armasi
• Toshkent shahridagi INHA universiteti
• “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tayyorlov o‘quv kurslari
• “Science and Innovation” xalqaro ilmiy jurnali
🌍 Anjuman mehmonlari
• Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari;
• Amaliyotchi mutaxassislar;
• Xorijiy ekspertlar;
• Potensial ish beruvchi tashkilot vakillari;
• IT kompaniyalar.
🔬 Anjumanning ilmiy yo‘nalishlari
1. IT sohasi va uning ta’limdagi o‘rni;
2. Ta’limda sun’iy intellekt;
3. Innovatsion va intensiv o‘qitish usullari;
4. Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va rivojlantirish texnologiyalari;
5. Ta’limni raqamlashtirish: muammolar va yechimlar;
6. Oliy ta’limning jahon reytinglariga integratsiyasi: strategiyalar va yechimlar;
7. Ta’lim texnologiyalarini raqamlashtirish sharoitida xorijiy tillarni o‘rganishning ahamiyati;
8. Ta’limni raqamlashtirish davrida raqamli kontent yaratish.
📝 Ro‘yxatdan o‘tish va anjuman materiallarini taqdim etish
Anjumanda ishtirok etish uchun maqolalar 2025-yil 10-aprelga qadar Dilnoza Narzullayeva (+998 958636340) @Science_MMM_journal telegramm profili orqali qabul qilinadi.
Xorijlik mualliflar maqolalari info@scientists.uz elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi.
Har bir maqola va tezis uchun mahalliy ishtirokchilardan 200 000 so‘m, xorijlik ishtirokchilardan 20 AQSH dollari to‘lovi olinadi. Mahalliy mualliflardan 9860040104873951 (Raxmatullayeva Gulirano) plastik kartasiga, xorijlik mualliflardan 23118000000011754403 – (Gulirano Rakhmatullaeva) (Visa karta) visa kartasiga to‘lov amalga oshiriladi.
To‘lovdan keyin chekni yuborishingizni so‘raymiz.
✅ Anjuman materiallariga qo‘yiladigan talablar
• Maqolada kо‘tarilgan muammolarning mazmuni, tadqiqot uslubining tavsifi, muallif tomonidan olingan natijalar, ma’lumotlar hamda xulosalar qisqa va aniq bо‘lishi kerak.
Rasmiylashtirishga qо‘yiladigan talablar:
• Annotatsiya va kalit soʻzlar ko‘rsatib o‘tilishi lozim (uch tilda);
• Maqola matnlari A4 hajmda, yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, oʻngdan 1,5 sm hoshiyaga ega boʻlishi kerak;
Maqola matni Word matn muharririda, Times New Roman shrifti, 12 oʻlcham, 1,15 intervalda va 3-6 betdan iborat bo‘lishi lozim.
📈 Anjuman materiallarining indekslanishi
Konferensiyaga qabul qilingan har bir maqola Polshaning Index Copernicus, Yevropaning Zenodo va Open Aire xalqaro bazalariga, ilmiyanjumanlar.uz platformasiga joylashtiriladi hamda Google scholar xalqaro qidiruv tizimida indekslanadi.
Har bir maqola uchun alohida DOI raqam olinadi.
Har bir muallifga elektron shaklda sertifikat, indekslanganlik ma’lumotnomasi, indekslangan maqolaning pdf varianti taqdim etiladi. Konferensiya materiallari to‘plam holatda elektron va bosma nashr etiladi.
🧭 Tashkiliy qo‘mita manzili
Manzil: O‘qchi ko‘chasi 1, 100027, Тоshkent.
📅 Anjumanning umumiy dasturi
📝 Ro‘yxatdan o‘tish, ko‘rgazma jarayonlari
(9:00–9:30)
🎉 Anjumanning ochilish marosimi
9:30–10:00 — Kirish so‘zlari
10:30–12:00 — Asosiy ma’ruzalar
12:00–12:30 — Coffee break ☕
12:50–13:00 — Fotosessiya 📸
13:20–14:00 — Tushlik 🍽
14:00–16:30 — Sho‘balar bo‘yicha taqdimotlar 📊
📋 1-ilova
Anjuman ishtirokchisi talabnomasi
- Muallif (lar) ning familiyasi, ismi, otasining ismi
- Lavozimi, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni
- Ish / o‘qish joyi (muassasaning to‘liq nomi, qisqartirishlarsiz), shahar
- Maqola mavzusi
- Sho‘ba tartib raqami
- Muallifning E-maili
- Muallifning telefon raqami
📄 2-ilova
NAMUNA:
MAQOLA NOMI
Sodiqov Kamol Izzatullayevich¹, Vohidova Madina Pulatovna²
¹TPTI talabasi, ²dotsent, TPTI
Annotatsiya. Matn, matn, matn, matn, matn.
Kalit so‘zlar: matn, matn, matn, matn, matn.
Asosiy matn….
📚 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
- Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. “Universitet” nashriyoti. 2006. – 212 b.
- Hamrayev M. Ona tili fanidan lisoniy tahlil qoliplari. “Sharq” NMAK. 2015. – 123 b.