PaymentBot AlgoTrading Maxfiylik siyosati va Foydalanish qoidalari
AZCAPITAL🇺🇿Maxfiylik siyosati va Foydalanish qoidalari
1. Asosiy qoidalar
1.1. Mazkur hujjat AZCAPITAL va Foydalanuvchi o‘rtasida pullik kontentni(seminar) cheklangan muddat ko’rish huquqini sotish shartnomasini tuzish uchun oferta hisoblanadi.
1.2. Foydalanuvchi telegram botda ro’yxatdan o’tish uchun talab etiladigan telefon raqam, F.I.Sh., tug’ilgan sanasi, joylashgan joyi, elektron pochta manzili to’g’risida ma’lumotlarni kiritish orqali ushbu ma’lumotlarni qayta ishlashga rozilig beradi va ro’yxatdan o’tgan vaqtdan boshlab ushbu Ofertani aksept qilgan (bitim tuzgan) hisoblanadi. Foydalanuvchiga ko’rish huquqi tegishli kontent uchun telegram botda ko’rsatilgan haqni (bo’lib to’lash tartibida to’lov qilingan holatda birinchi to’lovni amalga oshirgan) to’lagandan keyin beriladi.
1.3. Foydalanuvchi telegram bot va Axborot resursidan foydalanishdan oldin mazkur qoidalar va qonun talablari bilan tanishishi va maxsus qabul qilish belgisi orqali tasdiqlashi lozim.
2. Tushunchalar
2.1. Mazkur oferta maqsadlari uchun quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Aksept – foydalanuvchi tomonidan ushbu oferta shartlarining to‘liq va so‘zsiz qabul qilinishi (bitim tuzishi).
Axborot resursi – telegram bot va telegram kanalda mavjud axborot tizimidagi ma’lumotlar, matnlar, materiallar, grafik elementlar, dizayn, rasmlar, fotosuratlar va video materiallar, musiqa, skriptlar, kompyuter dasturlari va boshqa intellektual faoliyat natijalari.
Telegram bot (Bot) – oferent tomonidan yaratilgan «https://t.me/algo_paybot» telegram boti bo’lib, mazkur ofertada belgilangan tartibda foydalanuvchini ro’yxatdan o’tkazish, tegishli kontent to’g’risida ma’lumot olish, to’lov uslubini tanlash, tegishli kontent joylashtirib boriladigan telegram kanalga kirish uchun referall havola qabul qilib olish va boshqa imkoniyatlarni beruvchi telegram bot.
Referall havola – to’lov amalga oshirilganidan so’ng tegishli kontent joylab boriladigan telegram kanalga kirish uchun foydalanuvchiga Bot orqali yuboriladigan bir martalik taklif xisoblanadi.
Telegram kanal (kanal) – oferent tomonidan yaratilgan, tegishli to’lovni amalga oshirgan va maxsus referall havola orqali taklif etilgan foydalanuvchilarga kontentni taqdim qilish imkoniyatini beruvchi telegram kanal. Telegram kanal nomi va manzili (referall havolasi) Foydalanuvchiga «https://t.me/algo_paybot» telegram boti orqali taqdim etiladi.
Taraflar (tomonlar) – oferta bo‘yicha bitim tuzishda ishtirok etayotgan AZCAPITAL va Foydalanuvchi.
Foydalanuvchi – Bot orqali belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan, ofertaga roziligini tasdiqlagan voyaga yetgan jismoniy shaxs.
Kontent – AZCAPITAL tomonidan haq evaziga Foydalanuvchiga vaqtincha ko’rish huquqi asosida taqdim qilinadigan muayyan fan, kasb yoki malaka bo’yicha offlayn / onlayn
video-seminarlar.
AZCAPITAL (oferent) – Birlashgan Arab Amirliklari qonunlari bo‘yicha ro‘yhatdan o‘tgan va faoliyat yurituvchi «AZCAPITAL FOR CONFERENCES & SEMINARS ORGANIZING» LLC.
Bir davriy sikl – muayyan fan, kasb yoki malaka bo’yicha kontent to’g’risidagi botda joylashtirilgan ma’lumotlarda belgilab o’tilgan, tegishli kontent joylashtirilishi davomiyligi va undan foydalanish muddati.
Tartibga soluvchi qonun (qonun) – Birlashgan Arab Amirliklari qonun hujjatlari mazkur oferta bo‘yicha munosabatlarni tartibga soluvchi qonun (Governing law) hisoblanadi.
3. Bitim predmeti va summasi
3.1. Mazkur ofertaning predmetiga muvofiq AZCAPITAL Foydalanuvchiga muayyan fan, kasb yoki malaka bo‘yicha offlayn / onlayn video-seminarlarni o’z ichiga olgan kontentni haq evaziga cheklangan muddat davomida Axborot resursi vositasida ko’rish huquqini taqdim qiladi, foydalanuvchi esa kontentni mazkur qoidalarda belgilangan tartibda haq evaziga ko’radi.
3.2. Mazkur oferta bo‘yicha ko’rish huquqi belgilangan minimal qiymatdagi to‘lovlar amalga oshirilgan kundan boshlab 1 (bir) davriy sikl davomida taqdim etiladi.
3.3. Mazkur oferta bo‘yicha ko’rish huquqining bir davriy sikli uchun to’lov miqdori botda joylashtirilgan kontent to’g’risidagi ma’lumotlarda belgilab o’tiladi.
4. Kontentni taqdim qilish jarayoni
4.1. Mazkur oferta asosida taqdim etiladigan kontent boshlang‘ich, o‘rta,
o‘rta-maxsus, oliy yoki oliy ta’limdan keyingi ta’lim sifatida qabul qilinmaydi va tegishli ta’lim dasturlariga muvofiq bo‘lishi talab etilmaydi.
4.2. Kontent AZCAPITAL tomonidan tasdiqlanadigan dastur asosida mustaqil tashkil etiladi.
4.3. Foydalanuvchi tomonidan tegishli to’lov amalga oshirilganidan so’ng AZCAPITAL bot orqali unga offlayn video-seminarlar / onlayn video-seminarlarni ko’rish uchun havolalar joylashtirib boriladigan kanalga referall havola taqdim qiladi.
4.4. Video-seminarlar AZCAPITAL tomonidan belgilangan davriylikda Kanalga joylab boriladi.
4.5. Foydalanuvchi uchun taqdim etiladigan kontent ikki ko’rinishda bo’lishi mumkin:
a) Offlayn video-seminarlar. Offlayn formatdagi video-seminarlar telegram kanalga yuklab boriladi. Ushbu seminarni ko’rish huquqi seminar mavzusiga doir masalalarni muhokama qilish, savollarga javob va izoh olishni o’z ichiga olmaydi.
b) Onlayn video-seminarlar. Onlayn formatdagi video-seminarlar uchun havolalar telegram kanalga yuklab boriladi. Ushbu seminarlar mavzusi va boshlanish vaqti AZCAPITAL tomonidan telegram kanalda kamida 3 kun oldin e’lon qilinadi.
5. Huquq va majburiyatlar
5.1. Foydalanuvchining huquqlari:
– o‘ziga tushunarsiz holatlar yuzasidan AZCAPITAL tomonidan tashkil etilgan aloqa vositalar orqali qo‘shimcha ma’lumotlar olish;
– shartnoma jarayonida vujudga kelgan savollar va/yoki ularga berilgan javoblarda noaniqlik va xato aniqlagan taqdirda, aloqa vositalari orqali ma’sul shaxsga yoki ma’muriyatga murojaat etish;
– to’lovni bir martada to’liq yoki bo’lib to’lashga;
– ushbu shartnomada ko‘zda tutilgan huquqlardan foydalanish, shuningdek o‘zga shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlariga zarar yetkazmaydigan, boshqa qonunlarda belgilangan huquqlardan foydalanish.
5.2. Foydalanuvchining majburiyatlari:
– video-seminarlarni ko’rish maqsadida foydalanilayotgan qurilmaning sozligi va foydalanish uchun minimal texnik talablarga javob berishi, shuningdek AZCAPITAL ga bog‘liq bo‘lmagan har qanday holatlar bo‘yicha mas’uliyatni shaxsiy zimmasiga olish;
– video-seminarlardan, kanaldan va botdan qonunga va ushbu qoidalarga zid ravishda foydalanmaslik, shuningdek botga kiritilgan shaxsiy ma’lumotlarni va to‘lovlarni ongli ravishda va ixtiyoriy amalga oshirish;
– Axborot resursi orqali shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi, pornografik mazmundagi, giyohvand moddalar, qurol tarqatilishiga va ularga bo‘lgan qiziqish oshishiga turtki bo‘ladigan, terrorizmning istalgan shaklini, har qanday noqonuniy faoliyatni ommalashishiga olib keladigan materiallarni AZCAPITAL ga aloqador ijtimoiy tarmoqlarga yubormaslik;
– shaxsiy ma’lulotlarini botga kiritishda (ro‘yxatdan o‘tishda) boshqa shaxslarni tahqirlovchi, haqoratlovchi, qo‘pol, zararli, tajovuzkor, g‘iybatli, tuxmat va behayo mazmunga ega bo‘lgan yoki huquqiy normalarni buzadigan ma’lumotlarni joylashtirmaslik;
– botdagi o‘z shaxsiy ma’lumotlarini, shu jumladan shaxsiy telegram akkauntiga kirish uchun zarur bo‘lgan telefon raqam va parolining, platformaga kirish maqsadida foydalanilgan qurulmaning xavfsiz emasligi natijasida uchinchi shaxslarning ixtiyorida bo‘lib qolmasligini ta’minlash;
– ro’yxatdan o’tish davomida shaxsiy ma’lumotlarini to’liq, aniq va to’g’ri kiritish;
– mazkur qoidalar va qonunda belgilangan majburiyatlar va xalqaro huquq me’yorlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish.
Foydalanuvchi tomonidan yuqoridagi majburiyatlar bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligi AZCAPITAL tomonidan qonunda va ushbu qoidalarda belgilangan tartibda chora ko‘rilishiga sabab bo‘ladi.
5.3. AZCAPITAL ning huquqlari:
– Foydalanuvchining telegram akkaunti orqali bajarilgan barcha xarakatlar foydalanuvchi tomonidan bajarilgan deb hisoblash;
– Foydalanuvchi tomonidan bot va kanalda amalga oshirgan har qanday harakat uchun javobgar bo‘lmaslik;
– Foydalanuvchi tomonidan ushbu qoidalarda belgilangan majburiyatlarni qo‘pol ravishda buzilgan yoki faoliyatni tashkil etish jarayonida boshqa qonunbuzarliklar aniqlangan taqdirda, tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat etish;
– Foydalanuchi bot va kanalda amalga oshirgan har qanday harakatlar haqidagi ma’lumotlarni qayta ishlash;
– bot va kanal interfeysi va kontent taqdim qilish jarayoniga, shuningdek, mazkur ofertaga bir tomonlama o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
– Foydalanuvchi tomonidan to‘lov to‘liq (bo’lib to’lash tartibida esa tegishli to’lov to’liq) amalga oshirilmaguniga qadar kontentni taqdim qilmaslik;
– Foydalanuvchining telefon raqami va elektron pochta manziliga maqsadli reklama va push-habarnomalar yuborish;
– ushbu foydalanish qoidalari va qonunda ko‘zda tutilgan boshqa huquqlardan foydalanish.
5.4. AZCAPITAL ning majburiyatlari:
– kanal va undagi barcha funksiyalarini tegishli muddat davomida uzluksiz ishlashini ta’minlash (AZCAPITAL ga bog‘liq bo‘lmagan holatlar bundan mustasno);
– Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini sir saqlanishini ta’minlash;
– belgilangan soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lab borish;
– ushbu oferta va qonunda ko‘zda tutilgan majburiyatlarni bajarish.
6. Foydalanuvchini ro‘yxatdan o‘tkazish
6.1. Kanalga kirish uchun foydalanuvchi botda ro‘yxatdan o‘tish tartibini bajaradi, tegishli kurs uchun to’lovni amalga oshiradi va natijada foydalanuvchiga kanalga kirish uchun referall havola beriladi.
6.2. Botda ro‘yxatdan o‘tishda foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tish shakliga muvofiq o‘zi haqida to‘g‘ri, to‘liq va aniq ma’lumot beradi. Foydalanuvchi o‘zi haqidagi ma’lumotlarni xaqqoniyligiga o‘zi javob beradi va ushbu ma’lumotlar noto’g’ri va to’liq bo’lmaganligi oqibatida yuzaga keladigan barcha salbiy oqibatlar uchun o’zi javobgar hisoblanadi.
6.3. Basharti, Foydalanuvchi tomonidan yolg‘on yoki noaniq ma’lumotlar kiritilgan taqdirda yoki AZCAPITAL kiritilgan ma’lumotlarni ishonchsiz deb hisoblashiga asos bo‘lsa, AZCAPITAL ushbu ma’lumotlarning to‘g‘riligi tasdiqlanmagunga qadar foydalanuvchining botdagi va kanaldagi funksiyalarni qisman yoki to‘liq bloklash, kanalga referall havola bermaslik huquqiga ega.
6.4. Foydalanuvchi kanalga faqat bitta telegram akkauntdan kirish imkoniyatiga ega. Botda ro‘yxatdan o‘tayotganda boshqa shaxsga taqlid qilish yoki uchinchi shaxslarning ma’lumotlarini taqdim etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
6.5. Foydalanuvchi Kanalga bir martalik referall havola orqali taklif etiladi.
6.6. Foydalanuvchi shaxsiy telegram akkaunti xafsizligi va uchunchi shaxslarga o‘tmasligi uchun shaxsan javobgardir.
6.7. Uchinchi shaxslar foydalanuvchining telegram akkauntidan foydalanganligi uchun AZCAPITAL javobgar emas.
6.8. Foydalanuvchi ushbu oferta qoidalarini buzganligi / bajarmasligi sababli AZCAPITAL uning kanalga kirish undan foydalanish imkoniyatini blokirovka qilish huquqiga ega.
7. Kontentni taqdim qilish tartibi
7.1. Kontent o‘zbek tilida, haq evaziga, to‘lovni oldindan to‘liq miqdorda (yoki bo’lib to’lash) amalga oshirish shartlarida taqdim qilinadi.
7.2. Kontent tegishli to’lov amalga oshirilgan vaqtdan boshlab taqdim qilinadi.
7.3. Kontentni ko’rish uchun foydalanuvchi talab etiladigan barcha ma’lumotlarni to‘liq, to’g’ri to‘ldirishi va tegishli to’lovni amalga oshirishi lozim.
7.4. Kontent tegishli to’lov miqdori amalga oshirilgan vaqtdan boshlab 1 (bir) davriy sikl mobaynida taqdim qilinadi va mazkur muddat tugagach, keyinchalik qayta to‘lov evaziga xos muddatga uzaytirish imkoniyatini nazarda tutadi.
7.5. Kontent uchun to‘lov “Stripe”, “Smart-glocal” va “Network” to’lov tizimlari vositasida AZCAPITAL ning bank hisob raqamiga pul o‘tkazish yo‘li bilan foydalanuvchidan talab etiladigan ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda amalga oshiriladi. To’lov faqatginda VISA va MasterCard to’lov kartalari orqali amalga oshiriladi. “Stripe” to’lov tizimidan foydalanish tartibi https://stripe.com/en-gb-ae/legal/end-users va https://stripe.com/en-gb-ae/privacy havolalarida joylashtirilgan foydalanish qoidalari bilan tartibga solinadi. “Smart-glocal” to’lov tizimidan foydalanish tartibi https://smart-glocal.com/privacy-policy va https://smart-glocal.com/terms-creator havolalarida joylashtirilgan foydalanish qoidalari bilan tartibga solinadi. “Network” to’lov tizimidan foydalanish tartibi https://www.network.ae/en/contents/view/terms-condition va https://www.network.ae/en/contents/view/privacy-notice havolalarida joylashtirilgan foydalanish qoidalari bilan tartibga solinadi.
7.6. Foydalanuvchi kontent uchun to’lovni oldindan 100% miqdorda yoki oyma oy bo’lib (muddatli) to’lash imkoniyatiga ega.
7.7. Muddatli to’lov bo’yicha pul mablag’lari har oyning belgilangan sanasida foydalanuvchi tomonidan mustaqil ravishda bank kartasi orqali amalga oshiriladi. Muddatli to’lovdan qarzdorlik mavjud bo’lgan holatlarda AZCAPITAL Foydalanuvchining kontentni ko’rish imkoniyatini cheklash huquqiga ega. Muddatli to’lovdan qarzdorlik to’liq qoplanganidan so’nggina Foydalanuvchi kontentni ko’rish huquqiga ega bo’ladi.
7.8. Foydalanuvchiga video-seminarlar joylashtirib boriladigan kanalga referall havola berilgan vaqtdan boshlab kontentni ko’rish huquqi taqdim qilingan hisoblanadi.
7.9. Foydalanuvchi unga berilgan referall havoladan foydalanganligidan qat’i nazar u tomonidan to’langan pul mabla’gi qaytarilmaydi.
7.10. Mazkur ofertani amalga oshirish bilan bog‘liq amalga oshirilgan to‘lovlarga nisbatan Foydalanuvchining banki va bank korrespondent komissiyasi va boshqa xarajatlari Foydalanuvchi tomonidan, AZCAPITAL ning banki komissiyasi va boshqa xarajatlari AZCAPITAL tomonidan to‘lanadi.
7.11. Foydalanuvchi mazkur oferta doirasida kontentni ko’rish bilan bog‘liq har qanday masalalarda AZCAPITAL ning Birlashgan Arab Amirliklaridan boshqa davlat qonunlari bo‘yicha soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha xarajat qilish qilishining oldini oladi. Ushbu talabga zid ravishda AZCAPITAL ning Foydalanuvchi bilan munosabati doirasida amalga oshirgan har qanday qo‘shimcha xarajati Foydalanuvchi tomonidan qoplanadi.
7.12. Mazkur ofertaga muvofiq Foydalanuvchi tomonidan AZCAPITAL ga qoplanishi belgilangan har qanday summa 1 oydan oshmagan muddatda “Stripe”, “Smart-glocal” va “Network” to‘lov tizimlari vositasida AZCAPITAL ning bank hisob raqamiga pul o‘tkazish yo‘li bilan o‘tkaziladi.
7.13. Belgilangan muddatda tegishli qarzdorlik ixtiyoriy qoplanmagan hollarda foydalanuvchining kanaldan foydalanish imkoniyati qarzdorlik to’liq bartaraf etilguniga qadar bloklanadi.
7.14. AZCAPITAL o‘z xohishiga ko‘ra axborot resursining tarkibini shakllantiradi, uning alohida qismlarini o‘zgartiradi, yangilaydi, ulardan foydalanish tartibini belgilaydi, shuningdek axborot resursiga asoslangan holda mustaqil yoki unga bog‘langan boshqa turdagi xizmatlarni taklif etishga haqli.
7.15. Mazkur bitim doirasida hisob kitob valyutasi BAA dirhami hisoblanadi.
7.16. Mazkur bitim (qoidalar) bilan bog‘liq munosabatlarni aniqlashtirish maqsadida shartnomani bajarish joyi sifatida Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahri belgilanadi.
8. Axborot resursidan foydalanish tartibi
8.1. Axborot resursidan foydalanish uchun qurilmalar (shaxsiy kompyuter, noutbuk va boshqa) ushbu ofertada belgilangan tavsiya etilgan minimal texnik talablarga javob berishi lozim. Qurilmalarning minimal texnik talablarga nomuvofiqligi kontent sifatini va uzluksizligin ta’minlash borasida AZCAPITAL ning javobgarligini istisno etadi.
8.2. Foydalanuvchiga Axborot resursining odatiy (normal) faoliyatini buzish, yo‘q qilish yoki cheklash uchun mo‘ljallangan viruslar yoki boshqa kompyuter kodlari, fayllar, dasturlarni o‘z ichiga olgan materiallarni yuklash, yuborish, uzatish yoki boshqa yo‘l bilan Axborot resursi faoliyatiga ta’sir o‘tqazish taqiqlanadi. Qayd etilgan holatlarning aniqlanishi AZCAPITAL tomonidan tegishli vakolatli organlarga murojaat qilishga asos bo‘ladi.
8.3. AZCAPITAL Botda ro‘yxatdan o‘tishda foydalanuvchi tomonidan ko‘rsatilgan elektron pochta manziliga reklama va axborot xarakteridagi xabarlarini yuborish huquqiga ega.
8.4. Foydalanuvchiga Kanalga kirish uchun taqdim etilgan referall havola bir martalik bo’lib, faqatgina bir dona telegram akkauntdan kirish uchun taklif hisoblanadi.
9. Intellektual mulk
9.1. Kanalda joylashtirilgan axborot resursini tashkil etuvchi barcha ob’ektlar, shu jumladan cheklanmagan ma’lumotlar, matnlar, materiallar, grafik elementlar, dizayn, rasmlar, foto va video materiallar, musiqa, skriptlar, kompyuter dasturlari, xizmatlar, tuzilma, video-darslar va ularga bo‘lgan huquqlar («Intellektual mulk ob’ektlari») AZCAPITAL ga tegishli.
9.2. Foydalanuvchi unga foydalanish uchun taqdim qilingan barcha turdagi Intellektual mulk ob’ektlarini uchinchi shaxslarga har qanday shaklda tarqatishi taqiqlanadi.
9.3. Foydalanuvchi Intellektual mulk ob’ektlaridan faqat shaxsiy maqsadlarida ushbu oferta va qonunda nazarda tutilgan shartlar doirasida kanalning funksional imkoniyatlari doirasida foydalanishga haqli.
9.4. Intellektual mulk ob’ektlaridan ruxsatsiz foydalanishning oldini olish maqsadida AZCAPITAL har qanday himoya vositalaridan – Intellektual mulk ob’ektlariga kirishni nazorat qiluvchi, taqiqlovchi, cheklovchi texnologiyalar, texnik vositalar yoki ularning tarkibiy qismlaridan foydalanishga haqli.
10. Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash va maxfiylik
10.1. Taraflar Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish doirasida olingan har qanday ma’lumotlari bilan ishlashda maxfiylikni ta’minlashni va ushbu ma’lumotlardan faqat yuqoridagi majburiyatlarni bajarish maqsadida foydalanishni va ushbu ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor qilmaslik majburiyatini oladilar.
10.2. Foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tishda shaxsiy ma’lumotlarini taqdim etish orqali mazkur bitimni tartibga soluvchi qonun doirasida AZCAPITAL tomonidan ularga ishlov berishga (qayta ishlash) rozilik beradi. Ushbu rozilikni yozma shaklda rasmiylashtirilish talab etilmaydi.
10.3. Botda ro‘yxatdan o‘tishda Foydalanuvchi quyidagi ma’lumotlarni majburiy tarzda taqdim etishi kerak: F.I.Sh., tug’ilgan sanasi, telefon raqami, elektron pochta manzili, joylashgan manzili (geolokatsiya). Shuningdek, botda ro’yxatdan o’tishda va kanalga kirishda boshqa qo‘shimcha ma’lumotlar so‘ralishi mumkin.
10.4. AZCAPITAL quyidagi maqsadlarda foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashga haqli:
• Foydalanuvchini ro‘yhatdan o‘tkazish;
• Foydalanuvchi oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarish;
• Foydalanuvchiga kontentni taqdim etish, shu jumladan foydalanuvchi tomonidan shaxsiy (maqsadli) reklama olish;
• Foydalanuvchidan fikr va mulohaza olish, Axborot resursi ishini baholash va tahlil qilish;
• Axborot resursidagi ma’lumotlarni tekshirish, o‘rganish va tahlil qilish;
• Foydalanuvchiga xabarnomalarini elektron pochta orqali, SMS shaklida, push xabarnomalar shaklida yuborish;
• Shartnoma predmetiga doir masalalar yuzasidan tatqiqot tashkil etish.
10.5. AZCAPITAL Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini ruxsatsiz kiritish, o‘zgartirish, oshkor qilish yoki yo‘q qilishdan himoya qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘radi.
10.6. AZCAPITAL Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlariga faqat Bot va Kanal ishlashi va Foydalanuvchiga kontent taqdim etilishini ta’minlash uchun ushbu ma’lumotlar zarur bo‘lgan xodimlar, agentlar, AZCAPITALning affillangan shaxslariga foydalanish uchun kirish huquqini beradi.
10.7. Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni oshkor qilish sud va boshqa vakolatli idoralar iltimosiga binoan, shuningdek mazkur bitimni tartibga soluvchi qonunga muvofiq amalga oshirilishi mumkin. Ma’lumotlarni oshkor qilish mazkur bitimni tartibga soluvchi qonunning asosli va amaldagi talablariga muvofiq ravishda oshkor qilinishi majburiyatlarning buzilishi deb hisoblanmaydi.
10.8. Foydalanuvchi o‘zining telegram akkaunti orqali kiritilgan ma’lumotlarni egasi hisoblanadi. AZCAPITAL ma’lumotlarni shakllantirishda ishtirok etmaydi, boshqa shaxlar Foydalanuvchining telegram akkauntidan foydalanishini nazorat qilmaydi (ushbu oferta va qonunda belgilangan holatlar bundan mustasno).
10.9. Foydalanuvchi uning shaxsiy ma’lumotlari bot va Kanal arxitekturasi va funksionalligini hisobga olgan holda ushbu ma’lumot boshqa foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘lishini tan oladi va roziligini bildiradi.
10.10. Foydalanuvchi tomonidan Axborot resursida har qanday shaxsiy ma’lumotlar joylashtirishi Foydalanuvchining o‘z tashabbusi va istagi bilan amalga oshirilib, Foydalanuvchi o‘zi joylashtirgan ma’lumotlarning mazmuni va qonunga muvofiqligi uchun mustaqil ravishda javobgar.
10.11. AZCAPITAL, basharti, Foydalanuvchi ushbu qoidalar talabini buzganligini aniqlangan taqdirda, foydalanuvchining akkauntini kanalda va botda hech qanday tushuntirishlarsiz bloklash yoki to‘liq o‘chirish huquqiga ega.
10.12. Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari, ya’ni familiyasi, ismi, otasining ismi, elektron pochta manzili, Foydalanuvchi tomonidan joylashtirilgan boshqa ma’lumotlar Bot va Kanalning butun faoliyati davomida saqlanadi va qayta ishlanadi.
10.13. AZCAPITAL ushbu ofertani amalga oshirish jarayonida olingan shaxsiy ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash va Foydalanuvchining roziligisiz ularning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
10.14. AZCAPITAL shartnoma jarayonida affillangan shaxslar, pudratchilar va shartnomani bajarishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini taqdim etishi shaxsga doir ma’lumotlarni maxfiyligini buzilishi hisoblanmaydi.
10.15. Agar AZCAPITAL tomonidan Foydalanuvchining shaxsiy telegram akkaunti yoki shaxsiga doir boshqa ma’lumotlarini uchinchi shaxs yoki zararli dasturiy ta’minotlar tomonidan ishlatilishi haqida shubha tug‘ilsa, AZCAPITAL Bot va Kanalga kirishni va ulardan foydalanishni bir tomonlama cheklash huquqiga ega.
11. Taraflarning javobgarligi
11.1. Taraflar mazkur qoidalar (oferta) va qonun talablarini buzganlik, majburiyatlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
11.2. AZCAPITAL quyidagilar uchun javobgar bo‘lmaydi:
• Botda ro‘yxatdan o‘tishda Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarning aniqligi va to‘g‘riligi;
• Foydalanuvchining kontentdan, axborot resursidan maqsadsiz, qonun va mazkur qoidalar talablariga zid ravishda foydalanishi natijasida uchinchi shaxslar oldida yuzaga kelgan majburiyatlar, shu jumladan har qanday zarar;
• Kanalda foydalanuvchilar va boshqa uchinchi shaxslar tomonidan o‘zgalar tomonidan qoldiriladigan izoh va sharhlar;
• AZCAPITALning aybi bilan sodir bo‘lgan holatlarni istisno qilganda Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari uchinchi shaxslarga ma’lum bo‘lishi natijasida yetkazilishi mumkin bo‘lgan zarar;
• Foydalanuvchi telegram akkauntini o’chirib yuborishi yoki boshqa sabablarga ko’ra telegram akkauntiga kirish imkoniyatini yo’qotishi, telefon raqamini o’zgartirishi, telefon raqamini yo’qotishi. Ushbu holatda Foydalanuvchi o’zi javobgar hisoblanadi;
• AZCAPITALga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra kontent sifatining yomonlashishi, kechikishi, tizimdagi uzilishlar, shuningdek to‘lov tizimlari faoliyatidagi nuqsonlari.
11.3. Har qanday holatda, ushbu oferta qoidalaridan kelib chiqadigan yoki uning bajarilishi munosabati bilan yuzaga keladigan AZCAPITALning javobgarligining hajmi (miqdori) Foydalanuvchi tomonidan to’langan qiymat miqdorida, lekin 3700 (uch ming yeti yuz) BAA dirhami ekvivalentidan oshmasligi kerak.
11.4. Foydalanuvchi unga taqdim qilingan barcha turdagi Intellektual mulk ob’ektlarini uchinchi shaxslarga qonun va mazkur qoidalar talablariga zid ravishda har qanday shaklda tarqatganligi unga nisbatan 370.000 (uch yuz yetmish ming) BAA dirhami miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
11.5. Mazkur qoidalar va qonunda belgilangan jarimalarning to‘lanishi ikkinchi tarafga yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha majburiyatdan ozod qilmaydi.
12. Axborot resursidan foydalanish uchun foydalanuvchi qurilmasiga texnik talablar
12.1. Kanalga kirishni va video-seminarni ko’rishni ta’minlash uchun Foydalanuvchilarga quyidagi minimal parametrlarga ega qurilmadan foydalanish tavsiya qilinadi:
• iOS 9.0 va undan yuqori;
• Android 6.0 va undan yuqori;
• Doimiy xotira 512 MB va undan yuqori;
• MacOS 10.12 va undan yuqori;
13. Yakuniy qoidalar
13.1. Ushbu Oferta va uni bajarish bilan bog‘liq barcha munosabatlar (masalalar) mazkur bitim va uni tartibga soluvchi qonunda belgilangan tartibda hal etiladi va ularga muvofiq talqin etiladi.
13.2. Qoidalar bilan tartibga solinmagan masalalar mazkur bitimni tartibga soluvchi qonunga muvofiq hal qilinadi.
13.3. Foydalanuvchi va AZCAPITAL o‘rtasida yuzaga kelgan ushbu ofertani amalga oshirish bilan bog‘liq nizolar o‘zaro muzokaralar yo‘li bilan hal qilinadi. O‘z huquqlari buzilgan deb hisoblagan tomon boshqa tomonga nizoni ko‘rsatgan holda yozma (elektron) e’tiroz yuboradi. Agar nizo e’tiroz olingan kundan boshlab 15 ish kuni davomida hal qilinmasa, nizo mazkur bitimni tartibga soluvchi qonunda belgilangan tartibda sud tomonidan hal qilinadi.
13.4. Ushbu Ofertaning muayyan qismi qonunda belgilangan tartibda haqiqiy emas deb topilishi yoki boshqa tarzda ijrosining cheklanishi, Ofertaning qolgan qismi amal qilishiga ta’sir etmaydi.
13.5. Ushbu Oferta Botda e’lon qilingan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va amal qilish muddati cheklanmagan.
13.6. Mazkur oferta AZCAPITAL tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, AZCAPITAL ofertaga o‘z ixtiyoriga ko‘ra istalgan vaqtda o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish (shu jumladan, qisman yoki to‘liq bekor qilish) huquqiga ega. Ofertaning yangi tahriri Botda e’lon qilingan (joylashtirilgan) paytdan kuchga kiradi. Foydalanuvchi Ofertani yangilanishini Bot orqali mustaqil kuzatib boradi.
14. Oferentning rekvizitlari
Manzil: 1808, Arenco Tower, Media City, Dubai, UAE
E-mail: info@azcapital.ae