Python da While sikl operatori bilan ishlash

Python da While sikl operatori bilan ishlash

Bekzod Xudayberdiyev

Oldingi maqola for sikl operatorini o'rganganimizdek, Python da boshqa dasturlash tillari kabi While sikl operatori bor. Sikl lar biz kod bloklarini bir necha bor takrorlashni xohlaganimizda ishlatiladi. Ushbu maqolada Python dagi while sikl operatori haqida bilib olamiz.

Python da while nima?

While sikl operatori qachonki sikl dagi aytilgan shart bajarilguncha ishlatiladi, agar shart bajarilmasa While sikl to'xtaydi.

Python da While Loop sintaksisi:

while <shart>: 
  <sikl tanasi>
While sikl operatori shartidan so'ng : (ikki nuqta) belgisi qo'yilishi shart, aks holda SyntaxError xatolik beradi!

Quyidagi sxemada While Loop (sikl) ishlash sxemasi keltirilgan.

While Sikl operatori ishlash blok sxemasi


While Loop ni yaxshiroq tushunish uchun quyidagi misolni ko'rib chiqamiz.

a = 1 

while a<10: 
  print(a, "- Sikl aylanishi")  
  a = a + 1 
print("Sikl shu yerda tugadi!") 

#Output:
1 - Sikl aylanishi
2 - Sikl aylanishi
3 - Sikl aylanishi
4 - Sikl aylanishi
5 - Sikl aylanishi
6 - Sikl aylanishi
7 - Sikl aylanishi
8 - Sikl aylanishi
9 - Sikl aylanishi
Sikl shu yerda tugadi!

Pythonda While Sikl orqali cheksizlik

Cheksizlik holati - bu while sharti hech qachon yolg'on bo'lmaydigan sikl. Shart rost bo'lganda, dastur siklga kiradi va xuddi shu kod blokini qayta-qayta takrorlaydi va sikl hech qachon tugamaydi.

Quyidagi misol cheksiz sikl ga misol:

a = 1 

while a == 1: 
  b = input("Ismingiz nima? ") 
  print("Salom", b, ", PythonTestUz kanaliga xush kelibsiz!")

Agar biz yuqoridagi kod blokini ishlatsak, u bizning ismlarimizni qayta-qayta so'raydigan cheksiz siklni bajaradi. 'Ctrl + C' tugmachasini bosmagunimizgacha sikl bajarilaveradi.

While sikl operatorini else shart operatori bilan ishlatish

Else shart operatori while sikl operatori bilan ishlaganda, qachonki shart noto'g'ri bo'lsa bajariladi.

a = 1 

while a<5: 
  print("Shart bajarildi! a soni 5 dan kichik") 
  a = a + 1 

else:
  print("Shart bajarilmadi! a soni 5 dan katta yoki teng")

#Output:
Shart bajarildi! a soni 5 dan kichik
Shart bajarildi! a soni 5 dan kichik
Shart bajarildi! a soni 5 dan kichik
Shart bajarildi! a soni 5 dan kichik
Shart bajarilmadi! a soni 5 dan katta yoki teng

Break operatori

break operatori siklni to'xtatadi.

Misol:

a = 1 
while a<5: 
  a += 1 
  if a == 3: 
    break 
  print(a) 
#Output: 
2

Continue operatori

Continue operatori agar shart to'g'ri bo'lsa davom etayotgan siklni tugatadi va keyingi iteratsiya ga o'tib ketadi.

Misol:

a = 1 

while a<5: 
  a + = 1 
  if a == 3: 
    continue
  print(a) 

#Output: 
2 
4 
5


👉https://t.me/PythonTestUz

Report Page