Python da For sikl operatori(For Loop)
Bekzod XudayberdiyevPython da For sikl operatori, boshqa tillarda bo'lganidek, kod bloklarini takrorlash uchun foydalaniladi.
For sikl operatorining sintaksisi
for i in ketma-ketlikda: for tanasi ...
For sikl operatoridan keyin : operator qo'yilishi shart. Agar qo'yilmasa xatolik beradi va keyin siklning tanasi har doim Tab tashlangan holda yoziladi
Quyidagi sxemada Python da for ning ishlashini keltirilgan:

Sxemada tasvirlanganidek, ketma-ketlikning oxirgi elementi olinmaguncha sikl bajarishda davom etadi.
For siklni yaxshi tushunish uchun misol ko'rib chiqamiz.
kvadrat = 1 raqamlar = [1,2,3,4,5,6,7] for i in raqamlar: kvadrat = i * i print(i, "ning kvadrati", kvadrat) #Output: 1 ning kvadrati 1 2 ning kvadrati 4 3 ning kvadrati 9 4 ning kvadrati 16 5 ning kvadrati 25 6 ning kvadrati 36 7 ning kvadrati 49
Endi Python da for sikl operatorida range() funksiyani qanday ishlatishni ko'ramiz.
range() funksiyasi
range() funksiyadan foydalanib, ma'lum bir oraliqni olishimiz mumkin.
Masalan:
range(10)
Bu yerda 1 dan 10 gacha emas, balki 0 dan 9 gacha oladi (10 ta raqam).
range() funktsiyasida boshlanish va to'xtash joylarini belgilashimiz mumkin:
Masalan:
range(3,7)
Ushbu misolda, boshlang'ich nuqtasi 3 dan va tugash nuqtasi - 7 gacha . Shunday qilib, 3 dan 6 gacha (4 ta raqam).
for i in range(2,10): print(i) #Output: 2 3 4 5 6 7 8 9
range() funktsiyasiga uchinchi parametrni qo'shish orqali ma'lum bir sikl qadamini o'zgartirishimiz mumkin:
for i in range(2,10,2) print(i) #Output: 2 4 6 8
Break operatori
Break operatori shart orqali sikl bajarilishini to'xtatadi.
Masalan:
list = [2,3,4,5,6,7,8]
for i in list:
if i == 5:
break
print(i)
#Output:
2
3
4
Continue operatori
Continue operatori siklda shart bajarilsa, shartni qnoatlantirgan elementni olmasdan davom ettirish uchun ishlatiladi.
list = [2,3,4,5,6,7,8]
for i in list:
if i == 5:
continue
print(i)
#Output:
2
3
4
6
7
8