Pavel Durov • What Was TON And Why It Is Over

Pavel Durov • What Was TON And Why It Is Over

Telegram Uzbekistan
🇷🇺 Версия на русском языке ниже.
🇬🇧 Original version of the post in English.

 "TON" nima edi va nima uchun barchasi tugadi

Pavel Durov rasmiy maqolasining o‘zbek tilidagi talqini.
Telegram Uzbekistan tarjimasi.

So‘nggi 2,5 yil ichida bizning eng yaxshi muhandislarimiz TON deb nomlangan yangi avlod blokcheyn platformasi va biz Gram deb atamoqchi bo‘lgan kriptovalyuta ustida ishlab kelgan edi. TON dastlab Bitcoin va Ethereum tomonidan ilgari surilgan markazsizlashtirish tamoyillarini baham ko‘rish uchun ishlab chiqilgan, ammo tezlik va miqyosi jihatidan ulardan ancha ustun bo‘lishi kerak edi.

Natija bilan biz juda g‘ururlangan edik — biz yaratgan texnologiya qadriyatlar va g‘oyalarning ochiq, erkin, markazlashtirilmagan almashinuvini amalga oshirishga imkon berdi. Telegram bilan birlashtirilgan holda TON odamlar mablag‘ va ma’lumotni saqlash va uzatishda inqilob qilish imkoniyatiga ega edi.

Afsuski, AQSh sudi TONni to‘xtatdi. Qanday deysizmi? Tasavvur qiling-a, bir necha kishi oltin konini qurish uchun pul yig‘ib, uni qurib, so‘ngra undan chiqqan oltinni o‘zaro bo‘lishdi. Keyin bir sudya kelib ularga quyidagini aytdi: "Bu odamlar pul topish uchun oltin konlariga pul qo‘yishgan. Va bu oltinni o‘zlariga olishni istamaganlar, uni boshqa odamlarga sotmoqchi bo‘lishgan. Shuning uchun ularga oltin qazib olishga ruxsat berilmagan".

Agar bu siz buni bema’ni ish deb topgan bo‘lsangiz, bilingki, siz yolg‘iz emassiz — lekin TON (kon) va Gram (oltin) bilan aynan shunday bo‘ldi. Sudya bu asosdan foydalanib, odamlar Bitkoin'larni sotish yoki sotib olishlaridek Gramlarni sotishlari yoki sotib olishlari mumkin emasligi to‘g‘risida hukm chiqardi.

Ehtimol, bundan ham mantiqqa mos kelmaydigan tomoni shundaki, Amerika sudi Gramlarni nafaqat AQShda, balki butun dunyoda tarqatish mumkin emasligini ta’kidlagan. Nima uchun? Chunki, uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh fuqarosi TON platformasi ishga tushirilgandan so‘ng unga kirishning biron bir yo‘lini topishi mumkin. Shunday qilib, buning oldini olish uchun dunyoning har qanday burchagida Gramlarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak — garchi yer yuzidagi boshqa barcha davlatlar TON bilan yaxshi ish tutayotganga o‘xshasa ham.

Ushbu sud qarori, boshqa davlatlar o‘z fuqarolari uchun nima yaxshi va nima yomon ekanligini hal qilish uchun mustaqillikka ega emasligini anglatadi. Agar AQSh to‘satdan qahvani taqiqlashga qaror qilganida va Italiyadagi qahvaxonalarda amerikaliklar bo‘lishi mumkin degan fikr bilan qahvaxonalarni yopilishini talab qilganida, kimdir bunga rozi bo‘lar edi degan fikrga ega emasmiz.

Va shunga qaramay, biz TON ustida ishlarni davom etmaslikka qiyin qaror qildik.

Afsuski, amerikalik sudya bir narsada haqdir: biz, Qo‘shma Shtatlardan tashqarida bo‘lgan odamlar, bizning prezidentlarimizga ovoz bera olamiz va parlamentlarimizni saylay olamiz, ammo moliyaviy va texnologiya masalasida biz hali ham AQShga qarammiz (xayriyatki, qahva masalasida emas). AQSh dollar va global moliyaviy tizim ustidan o‘z boshqaruvini dunyodagi istalgan bank yoki bank hisobini yopish uchun ishlatishi mumkin. App Store va Google Play'dan ilovalarni olib tashlash uchun ular Apple va Google ustidan boshqaruvidan foydalanishlari mumkin. Ha, haqiqatan ham, boshqa davlatlar o‘z hududlarida nimaga ruxsat berish, nimaga esa ruxsat bermaslik ustidan to‘liq mustaqillikka ega emaslar. Afsuski, biz — boshqa mamlakatlarda yashaydigan dunyo aholisining 96 foizi — AQSh aholisining 4 foizi saylaydigan qaror qabul qiladigan shaxslarga qarammiz.

Bu kelajakda o‘zgarishi mumkin. Ammo bugungi kunda biz noilojlikdamiz: juda markazlashgan dunyoga ko‘proq muvozanatni olib kelib bo‘lmaydi, chunki u nihoyatda markazlashgan. Ammo biz urinib ko‘rdik. Bayroqni ko‘tarish va xatolarimizdan saboq olish uchun biz buni keyingi avlod ishbilarmonlar va dasturchilar vakillariga qoldiramiz.

Men ushbu xabarni Telegram'ning TON'dagi faol ishtiroki tugaganligi haqida rasman e’lon qilish uchun yozyapman. Siz mening ismim yoki Telegram brendidan, shuningdek "TON" nomidan foydalanayotgan saytlarni ko‘rishingiz mumkin (balki allaqachon ko‘rgansiz). Ularga pulingiz yoki ma’lumotlaringizni ishonmang. Bizning jamoamizning na hozirgi, na oldingi a’zosi ushbu loyihalarning birortasida ham qatnashmaydi. TON uchun biz yaratgan texnologiyaga asoslangan tarmoqlar paydo bo‘lishi mumkin bo‘lsa ham, biz ular bilan aloqador bo‘lmaymiz va ularni qandaydir tarzda qo‘llab-quvvatlashimiz dargumon. Shuning uchun ehtiyot bo‘ling va hech kimga sizni aldashiga yo‘l qo‘ymang.

Men ushbu e’lonni dunyoda markazsizlashtirish, muvozanat va tenglikka intilganlarning barchasiga omad tilab yakunlamoqchiman. Siz adolatli maqsad uchun kurashayapsiz. Ushbu jang bizning avlodimizning eng muhim jangi bo‘lishi mumkin. Umid qilamizki, biz muvaffaqiyatsiz bo‘lgan joyda siz muvaffaqiyatga erishasiz.

2020-yil 12-may,
Pavel Durov

📢 Maqolani ulashish →

⬆️ Yuqoriga
@TeleUz — Telegram Uzbekistan

Чем был TON и почему всё кончено

Русскоязычная версия официальной статьи Павла Дурова.
Перевод от Telegram Uzbekistan.

Последние 2,5 года некоторые из наших лучших инженеров работали над платформой блокчейна нового поколения под названием TON и крипто-валютой, которую мы собирались назвать Gram. TON был разработан, чтобы разделить принципы децентрализации, изначально заложенные Bitcoin и Ethereum, но быть значительно превосходящим их по скорости и масштабируемости. 

Мы очень гордились результатом — созданная нами технология позволяла осуществлять открытый, свободный, децентрализованный обмен ценностями и идеями. Будучи интегрированным с Telegram, TON имел потенциал для революции в том, как люди хранят и переводят средства и информацию.

К сожалению, американский суд остановил TON. Как? Представьте себе, что несколько человек собрали свои деньги, чтобы построить золотодобывающую шахту, а потом поделили золото, которое из неё выходит. Потом приходит судья и говорит: "Эти люди вложили деньги в золотодобывающую шахту, потому что искали прибыль. И они не хотели этого золота для себя, они хотели продать его другим людям. Из-за этого им не разрешили добывать золото"

Если вы считаете, что это бессмыслица, то вы не одиноки — но это именно то, что случилось с TON (шахта) и Грамами (золото). Судья использовал эту аргументацию, чтобы постановить, что людям не должно быть позволено покупать или продавать Грамы, как они могут покупать или продавать Биткоины. 

Возможно, ещё более парадоксальным является то, что американский суд заявил, что Грамы не могут распространяться не только в США, но и по всему миру. Почему? Потому что, по его словам, гражданин США может найти какой-нибудь способ доступа к платформе TON после её запуска. Так что, чтобы предотвратить это, нельзя было бы позволять распространять Грамы где-либо в мире — даже если кажется, что все другие страны на планете прекрасно справляются с TON.

Это судебное решение подразумевает, что другие страны не обладают суверенитетом, чтобы решать, что хорошо, а что плохо для их собственных граждан. Если бы США вдруг решили запретить кофе и потребовали закрыть кофейни в Италии, потому что там может быть какой-нибудь американец — мы сомневаемся, что кто-то б согласился.

И всё же, несмотря на это, мы приняли трудное решение не продолжать работу над TON.

К сожалению, американский судья прав в одном: мы, люди за пределами США, можем голосовать за наших президентов и избирать наши парламенты, но мы все ещё зависим от США, когда речь идёт о финансах и технологиях (к счастью, не о кофе). США могут использовать свой контроль над долларом и глобальной финансовой системой, чтобы закрыть любой банк или банковский счёт в мире. Они могут использовать свой контроль над Apple и Google для удаления приложений из App Store и Google Play. Так что да, это правда, что другие страны не обладают полным суверенитетом над тем, что разрешать на своей территории. К сожалению, мы — 96% населения мира, живущего в других странах — зависим от принимающих решения лиц, которые избираются 4% жителей США.

Это может измениться в будущем. Но сегодня мы находимся в порочном круге: нельзя привнести больше равновесия в слишком централизованный мир именно потому, что он настолько централизованный. Но мы пытались. Мы оставляем это следующим поколениям предпринимателей и разработчиков, чтобы они подняли знамя и учились на наших ошибках.

Я пишу этот пост, чтобы официально объявить, что активное участие Telegram в TON закончилось. Вы можете видеть (или, возможно, уже видели) сайты, использующие моё имя или бренд Telegram, или аббревиатуру «TON» для продвижения своих проектов. Не доверяйте им свои деньги или данные. Ни нынешний, ни предыдущий член нашей команды не участвует ни в одном из этих проектов. Хотя сети, основанные на технологии, которую мы построили для TON, могут появиться, мы не будем иметь с ними никакой связи и вряд ли когда-нибудь будем поддерживать их каким-либо образом. Так что будьте осторожны и не дайте никому ввести вас в заблуждение.

Я хочу завершить этот пост пожеланием удачи всем тем, кто стремится к децентрализации, равновесию и равенству в мире. Ты сражаешься за правое дело. Эта битва вполне может быть самой важной битвой нашего поколения. Мы надеемся, что вы добьётесь успеха там, где мы потерпели неудачу.


12 мая 2020,
Павел Дуров


📢 Поделиться статьёй →

⬆️ Вверх


Report Page