Telegram. TON. Gram

Telegram. TON. Gram

Telegram Uzbekistan
🇷🇺 Версия на русском языке ниже.
🇬🇧 Original version of the article in English.

TON Blockchain va Gram'lar haqidagi ommaviy xabar

Telegram'ning rasmiy maqolasining o‘zbek tilidagi talqini.
Telegram Uzbekistan
tarjimasi.

Ehtimol, siz 2017-yildan beri Telegram jamoasi TON Blockchain deb nomlangan yangi blokcheyn-platformasini va Grams deb nomlangan o‘z kriptovalyutasini ishlab chiqayotganidan xabardorsiz. Ushbu loyiha natijasida Grams an’anaviy valyutalarga munosib qo‘shimcha bo‘ladi hamda dunyo bo‘ylab kundalik tijorat muolajalarining tezligi, samaradorligi va xavfsizligini oshiradi deb umid qilamiz. Biz TON Blockchain texnologiyasi barqaror ekotizimni yaratishiga va oldingi platformalarga nisbatan tezligi, ishlatilish qulayligi va kengayish qobiliyati jihatidan sezilarli darajada yaxshi bo‘lishiga ishonamiz.

OAVda ushbu loyiha tafsilotlari haqida ko‘plab chayqovchilik va mish-mishlar tarqalmoqda. Telegram ushbu mish-mishlar haqida ommaviy izoh bermaslikka harakat qilgan edi. U payt biz TON Blockchain platformasini qurishda davom etmoqdamiz va TON hamda Gram'ning barcha tegishli qonunlar va hujjatlarga muvofiq ishlashini ta’minlash uchun loyihaning aniq tafsilotlarini ishlab chiqmoqdamiz.

So‘nggi voqealar asosida biz loyihaning muvaffaqiyatli boshlashga tayyorgarlik ko‘rishimiz jarayonida TON va Gram'ning ba’zi jihatlarini oshkor etish uchun vaqt ajratish niyatimizni bildirmoqdamiz.

Sizning qulayligingiz uchun ushbu maqola matniga paragraflar uchun qisqacha xulosalarni oddiy shaklda vertikal chiziq bilan kiritdik, masalan, ushbu kichik paragraf 👈.

Gram'ni hozircha hech kim sotib ololmaydi yoki sota olmaydi

Birinchidan, ba’zi bir saytlar jamoatchilikka Gram taklif qilishini bildik. Ushbu saytlar ba’zida ushbu takliflarni "tokenlarning dastlabki sotuvi" deb atashadi va ba’zilari o‘zlarini Telegram'ga aloqador deb barchani aldab kelmoqdalar.

Biz sizni bir necha bor ogohlantirganimizdek, ushbu saytlar rasmiy Telegram saytlari EMAS, ular Telegram'ga hech qanday aloqasi YO‘Q va hozircha hech kimga HATTO BIR Gram ham berilmagan. Na Telegram, na u bilan bog‘liq kompaniya va shaxslar (maqolada qisqacha "UBKvaSH" deb o‘tamiz) biron bir ommaviy sotuvda yoki Gram'ning dastlab sotuvlarida qatnashmaydi. Aksincha, Gram'lar ishlaydigan TON blokcheyni hali ham beta-sinov bosqichida va siz beta-test veb-saytiga kirishingiz mumkin: https://test.ton.org/download.html. Gramlar faqat TON blokcheyn ishga tushirilgandan keyingina yaratiladi va sotib olinishi mumkin.

Eng muhimi qisqacha: Gramlar hali mavjud emas, biz TON blokcheyn ishga tushirilishini e’lon qilishimizdan oldin hech kim ularni sotib ololmaydi yoki sota olmaydi. Aldanmang.

TON markazlashtirilmagan va uchinchi shaxslar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi

Ikkinchidan, agar siz TON Blockchain platformasi ishga tushirilganidan so‘ng Gram'ni sotib olish haqida o‘ylayotgan bo‘lsangiz, siz ba’zi narsalarni bilishingizni xohlaymiz. Telegram va UBKvaSH, TON Blockchain platformasi ishga tushirilgandan keyin qilingan har qanday hissa singari, TON blokcheyni uchun biron-bir dastur yoki imkoniyatlarni ishlab chiqish uchun javobgar bo‘lmaydi. Aslida, Telegram buni hech qachon qilmasligi ham mumkin.

Aksincha, bu Telegram'ning maqsadi va uchinchi tomon dasturchilari va boshqa foydalanuvchilarning markazlashtirilmagan birlashmasi TON ekotizimiga ilova va smart-shartnomalar tuzish orqali hissa qo‘shishiga umididir. TON blokcheynidagi bunday ilovalarni yoki smart-shartnomalarni qabul qilish va amalga oshirish uchun ular tanlagan shaklda faqat uchinchi shaxslar va jamiyat javobgardir.

Telegram hech kim istagan vaqtda yoki umuman olganda bunday imkoniyatlarni qabul qilish yoki amalga oshirish yoki bunday xizmatlarni taqdim etish kafolatini bermaydi va kafolat bera olmaydi.

Eng muhimi qisqacha: Biz hamma uchun markazlashtirilmagan platformani yaratmoqdamiz. Uni ishga tushirgandan so‘ng, Telegram ushbu platformani qo‘llab-quvvatlashi yoki unga biron-bir ilova yaratishi shart emas. Ehtimol, biz hech qachon bunday qilmaymiz.

Telegram TON'ni nazorat qila olmaydi

TON blokcheyn kodi har doim ochiq va ommaga taqdim etilgan bo‘ladi. U ishga tushirilgandan so‘ng, Telegram TON Blockchain'ga nisbatan boshqa tomonlar qatori bir xil pozitsiyani egallaydi hamda hech qanday boshqaruvga va ichkarida hech qanday noyob huquqlarga ega emas va TON blokcheynni boshqarish uchun javobgar bo‘lmaydi.

Telegram yoki uning xodimlari TON blokcheyni ishga tushirilgandan keyin biron bir Gram'ni ushlab turishlari mumkin, ammo bu shart emas aslo. Ular buni amalga oshiradigan darajada, ular TON Blockchain aloqasida ovoz bermaydilar yoki tasdiqlashda ishtirok etmaydilar. Ushbu ixtiyoriy qaror Telegram yoki uning xodimlari TON blokcheyni ishga tushirilgandan keyin uni nazorat qilishi yoki qilishi mumkinligi haqidagi har qanday fikr tug‘ilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qabul qilindi.

Eng muhimi qisqacha: Telegram blokcheyn va ekotizimni ishga tushirgandan so‘ng uni boshqara olmaydi. Xuddi osmono‘par binoni yaratgan me’mor, u qurilish tugagandan so‘ng nima sodir bo‘lishini, shu jumladan uning atrofida, ichkarisida yoki uning tepasida qurilayotgan narsalarni nazorat qila olmasligi singari.

Gramlar sizni boy qilmaydi

Uchinchidan, siz Gram'larni sotib olganingiz yoki egaligingizdan kelib chiqqan holda biron bir daromadga umid qilmasligingiz kerak va Telegram sizga biron-bir foyda olishingizga va’da bermaydi. Gram'lar TON ekotizimidagi foydalanuvchilar o‘rtasida almashish vositasi sifatida xizmat qilish uchun yaratilgan. Gram'lar sarmoyaviy mahsulot emas va Gram'larni sotib olish, sotish yoki egalik qilishdan kelajakda foyda kutmaslik kerak.

Gram'lar sizga:

• Telegramda yoki UBKvaSH'larda har qanday aksiyalar yoki ishtirokchi hissa manfaatlarni bermaydi.

• Telegram yoki UBKvaSH'lardan har qanday dividendlarga bo‘lgan huquqlar yoki ularni tarqatish uchun boshqa huquqlarni bermaydi.

• Telegram yoki UBKvaSH'larda har qanday boshqaruv huquqlarini bermaydi.

Eng muhimi qisqacha: Agar kelajakda Gram'larni xarid qilsangiz, bu sizning "Telegram'ning bir qismiga egalik qilishingiz"ni anglatmaydi. Gram'lar o‘z egalariga hech qanday maxsus huquqlarni bermaydi, xuddi yevroga ega bo‘lish sizga Yevropa Ittifoqidagi aksiya, ulushlarni bermasligi kabi.

Gram'larni sotib olish to‘g‘risida qaror qabul qilayotganingizda, vaqt o‘tishi bilan Gram'larning narxlari tushib ketishi yoki hatto ularning barcha pul qiymatlari yo‘qolishi xavfi borligini anglashingiz kerak. Gram kabi kriptovalyuta sotib olish bilan bog‘liq bir qator xavflar, jumladan, kriptovalyuta bozorlaridagi o‘zgaruvchanlik, kriptovalyuta birjalarida tartibga solish kuchaytirilishi imkoniyati va boshqa xatarlar mavjud.

Eng muhimi qisqacha: Kriptovalyuta bilan ishlash xavfli va aslida sizni ko‘plab tashqi omillar tufayli kambag‘alroq qilishi mumkin.

Agar siz allaqachon TON haqida eshitgan bo‘lsangiz...

Va nihoyat, biz TON blokcheynining ba’zi texnik va boshqaruv jihatlariga aniqlik kiritmoqchimiz. E’tibor bering, quyidagi ma’lumotlar barcha to‘qnashuvlar yoki potentsial to‘qnashuvlar yuz berganda TON Blockchain va Gram'larga oid barcha materiallar yoki xabarlarni shu jumladan TON texnik hujjatlarida yoki Telegram'ning avvalgi xabarlari yoki materiallarida yoki boshqa joylarda keltirilgan ma’lumotlar va tafsilotlarni o‘zi bilan almashtirish uchun mo‘ljallangan:

(1) Telegram kelajakda TON Foundation yoki shunga o‘xshash tashkilotni tuzishga hech qanday majburiyat olmaydi va hech va’da bermaydi.

(2) TON Blockchain'ning ishga tushirilishi mo‘ljallan paytida Telegram'dan TON Wallet ilovasi faqat mustaqil ravishda taqdim etilishi va Telegram Messenger ilovasi bilan birlashtirilmasligi kutilmoqda. Shu munosabat bilan, TON Wallet uchinchi shaxslar tomonidan ishlab chiqilgan va taklif qilingan boshqa hamyon-ilovalar bilan raqobatlashishi kutilmoqda. Telegram kelajakda TON Wallet dasturini Telegram Messenger'ga amaldagi qonunlar va davlat idoralari tomonidan ruxsat etilgan darajada birlashtirishi mumkin.

Telegram TON Blockchain yoki Gram'larning shu yoki boshqa jihatlarini qo‘shimcha qilish, aniqlashtirish yoki qayta ko‘rib chiqish uchun barcha huquqlarni o‘zida saqlab qoladi. TON blokcheynining kutilayotgan boshlanishiga yaqinlashgan sari biz ko‘proq ma’lumot berishga umid qilamiz.

2020-yil 6 yanvar
Telegram jamoasi

Maqolani ulashish →

⬆️ Yuqoriga
@TeleUz — Telegram Uzbekistan

Публичное извещение о блокчейне TON и Грамах

Русскоязычная версия официальной статьи от Telegram.
Перевод от Telegram Uzbekistan.

Возможно вы в курсе, что с 2017 года команда Telegram разрабатывает новую блокчейн-платформу под названием TON Blockchain и собственную криптовалюту под названием Grams (Грамы). Мы надеемся, что в результате этого проекта Грамы станут достойным дополнением к традиционным валютам, повысив скорость, эффективность и безопасность ежедневных коммерческих операций во всём мире. Мы верим, что технология TON Blockchain создаст стабильную экосистему и представляет собой значительное улучшение по сравнению с предыдущими платформами с точки зрения скорости, удобства использования и масштабируемости.

В СМИ ходит много слухов и спекуляций о деталях этого проекта. Telegram старался не комментировать эти слухи публично, пока мы продолжаем строить платформу TON Blockchain и прорабатывать точные детали проекта, чтобы гарантировать, что блокчейн TON и Грамы могут работать в соответствии со всеми соответствующими законами и нормативными актами.

В свете недавних событий, мы хотели бы найти время, чтобы публично прояснить некоторые аспекты блокчейна TON и Грамов по мере того, как мы продолжаем готовиться к успешному запуску проекта.

Мы включили в текст данной статьи краткие резюме для абзацев в простом виде с вертикальной линией, как этот мини-абзац 👈.

Никто пока не может купить или продать Грамы

Во-первых, нам стало известно, что некоторые сайты предлагают публике Грамы. Эти сайты иногда называют эти предложения "предварительными продажами токенов", а некоторые притворяются причастными к Telegram.

Как мы неоднократно предупреждали вас, эти сайты НЕ являются официальными сайтами Telegram, они НЕ имеют никакого отношения к Telegram, и никому пока не было выдано НИ ОДНОГО Грама. Ни Telegram, ни её аффилированные лица ни в каких публичных продажах или предпродажах Грама не участвуют. Напротив, блокчейн TON, на базе которого будут функционировать Грамы, всё ещё находится в фазе бета-тестирования, и вы можете зайти на сайт бета-теста: https://test.ton.org/download.html. Грамы будут созданы и доступны для покупки только после запуска блокчейна TON.

Важное кратко: Грамов пока ещё не существует, никто не может купить или продать их до того, как мы объявим о запуске блокчейна TON. Не обманывайтесь.

TON будет децентрализованным и поддерживаемым третьими сторонами

Во-вторых, если вы размышляете, стоит ли покупать Грамы после запуска платформы TON Blockchain, мы хотим, чтобы вы знали некоторые вещи. Telegram и её аффилированные лица не дают никаких обещаний и не берёт на себя обязательства по разработке каких-либо приложений или функций для блокчейна TON, как и любой иной вклад в платформу TON Blockchain после её запуска. Фактически, возможно, что Telegram никогда не сделает этого.

Скорее, это цель Telegram и надежда, что децентрализованное сообщество сторонних разработчиков и других пользователей будет вносить свой вклад в экосистему TON посредством разработки приложений и смарт-контрактов. Ответственность за принятие и реализацию таких приложений или смарт-контрактов в блокчейне TON в том виде, в каком они выберут, будет исключительно лежать на третьих лицах и сообществе.

Telegram не гарантирует и не может гарантировать, что кто-либо будет принимать или внедрять такие функции или предоставлять такие услуги, в любой заданный срок или вообще.

Важное кратко: Мы создаём децентрализованную платформу для всех. После её запуска Telegram не будет обязан поддерживать эту платформу или создавать какие-либо приложения для неё. Возможно, мы никогда этого не будем делать.

Telegram не будет иметь никакого контроля над TON

Код блокчейна TON всегда будет открытым и общедоступным. Как только он будет запущен, Telegram будет занимать ту же позицию, что и любая другая сторона в отношении TON Blockchain, и не будет иметь никакого контроля, каких-либо уникальных прав внутри или какой-либо ответственности за управление блокчейном TON.

Telegram или её сотрудники могут, но не обязуются держать какие-либо Грамы после запуска блокчейна TON. В той степени, в какой они это делают, они не будут принимать участие в голосовании или валидации в связи TON Blockchain. Это добровольное решение было принято для того, чтобы избежать любого представления о том, что Telegram или её сотрудники могут или будут осуществлять контроль над блокчейном TON после его запуска.

Важное кратко: Telegram не сможет контролировать блокчейн и экосистему после её запуска. Почти как архитектор, который спроектировал небоскрёб, не может контролировать то, что происходит со зданием после его завершения — в том числе и то, что строится вокруг него, внутри него или поверх него.

Грамы не сделают вас богатым

В-третьих, вы НЕ должны рассчитывать на какую-либо прибыль, основанную на вашей покупке или владении Грамами, и Telegram не даёт никаких обещаний о том, что вы получите какую-либо прибыль. Грамы предназначены для того, чтобы служить средством обмена между пользователями в экосистеме TON. Грамы НЕ являются инвестиционным продуктом, и НЕ следует ожидать будущей прибыли от покупки, продажи или владения Грамами.

Грамы НЕ дают вам:

• Какие-либо акции или другие доли участия в компании Telegram или её аффилированных лицах.

• Какие-либо права на дивиденды или другие права на их распространение от компании Telegram или её аффилированных лиц.

• Какие-либо права управления в компании Telegram или её аффилированных лицах.

Важное кратко: Если когда-либо в будущем вы купите Грамы, это не будет означать, что вы "владеете частью Telegram". Грамы не дают своим владельцам никаких особых прав, так же, как владение евро не даёт вам акции в Европейском Союзе.

Принимая решение о покупке Грамов, вы должны полностью осознавать риск того, что со временем Грамы могут упасть в цене или даже потерять всю свою денежную стоимость. Существует ряд рисков, связанных с покупкой криптовалют, таких как Грамы, в том числе волатильность на криптовалютных рынках, возможность усиления регулирования на криптовалютных биржах и другие риски.

Важное кратко: Работа с криптовалютой является рискованной и может на самом деле сделать вас беднее, чем вы есть на самом деле из-за множества внешних факторов.

И если вы уже слышали о TON...

Наконец, мы хотели бы внести дополнительную ясность в некоторые технические и управленческие аспекты блокчейна TON. Пожалуйста, обратите внимание, что нижеследующая информация предназначена для замены собой всех предыдущих материалов или сообщений, касающихся TON Blockchain и Грамов, в случае любого конфликта или потенциального конфликта, включая информацию и детали, изложенные в технических документах TON или любых предыдущих сообщениях или материалах компании Telegram или где-либо ещё:

(1) Telegram не несёт никаких обязательств и не даёт каких-либо обещаний по созданию TON Foundation или подобной организации в будущем.

(2) На момент предполагаемого запуска TON Blockchain, ожидается, что приложение от Telegram TON Wallet будет доступно исключительно на автономной основе и не будет интегрировано с приложением Telegram Messenger. В связи с этим ожидается, что TON Wallet будет конкурировать с любыми другими приложениями-кошельками, разработанными и предлагаемыми третьими лицами. Telegram может в будущем интегрировать приложение TON Wallet в Telegram Messenger в той степени, в которой это будет разрешено действующим законодательством и государственными органами.

Telegram оставляет за собой все права на дальнейшее добавление, уточнение или пересмотр этих или любых других аспектов TON Blockchain или Грамов. Мы с нетерпением ждём предоставления дополнительной информации по мере приближения к ожидаемому запуску блокчейна TON.

6 января 2020 года
Команда Telegram



Поделиться статьёй →

⬆️ Вверх


Report Page