Pavel Durov • How to manage to look younger than your age

Pavel Durov • How to manage to look younger than your age

Telegram Uzbekistan
🇷🇺 Версия на русском языке ниже.
🇬🇧 Original version of the article in English.

Qanday qilib sog'lom va yosh ko'rinishga ega bo'lish mumkin

Pavel Durov rasmiy maqolasining o‘zbek tilidagi talqini.
Telegram Uzbekistan tarjimasi.

Men 36 yoshdaman va ba’zi odamlar men o‘z yoshimdan yoshroq ko‘rinishga qanday erishganimni so‘rashadi. Men xuddi shu savolni yaxshi ko‘rinishga ega bo‘lgan ko‘p odamlarga bergan edim (Jared Letodan tortib 50 yoshda 25 yoshga o‘xshagan ba’zi fitnes-murabbiylarigacha). Barcha yosh ko‘rinadigan odamlar quyidagi qoidalarga rioya qilmoqdalar:

1. Spirtli ichimliklar ICHMASLIK.

Bir-bir istisnolar bo‘lishi mumkin, ammo umuman olganda, spirtli ichimliklar (o‘ziga o‘rgatib qo‘yadigan boshqa moddalar singari) odamlarning sog‘lig‘ini zaiflantiradi va yoshini kattaroq ko‘rsatadi.

2. KO‘P uxlash.

Uyqu paytida tana o‘zini qayta tiklaydi. Shunday ekan bu vaqtni undan ayrmang: hafta davomidagi uyqusizlikni, dam olish kunlaridagi to‘yib uxlash bilan qoplab bo‘lmaydi.

3. Keragidan ortiqcha YEMASLIK.

Ortiqcha vazn odamlarni yoshi kattaroq qiladi va o‘nlab kasalliklarga olib keladi. Men odatda kuniga ikki marta 6 soatlik tanaffuz bilan yoki kuniga bir marta hech bir tamaddisiz ovqatlanaman. Kuniga uch martadan ortiq ovqatlanish shunchaki (yomon) odat.

4. Jismoniy MASHQ QILISH.

O‘rtacha, ammo muntazam jismoniy mashqlar odamga sog‘lom va uzoq umr ko‘rishga imkon beradi. Shaxsan men ko‘p kardiomashq qilmayman (men toza havoda yurishni/velosipedda uchishni/suzishni xush ko‘raman) va o‘rtacha vazndan foydalanishni afzal ko‘raman.

5. Stressni CHEKLASH.

Bir yaxshi fikrni tushunishga yordam beradigan psixologik yondashishlar mavjud: barcha sodir etayotgan voqealar faqat yaxshilikkadir. Salbiy vizualizatsiya va umumiy beparvolik kabi stoik usullar ham ishlaydi. Tabiatga yaqin yashash yuqorida aytilganlarga qo‘shilib yordam beradi.

6. Go‘shtni ISTE’MOL QILMASLIK.

Dengiz mahsulotlari va yovvoyi ovlangan baliqlarni iste‘mol qilish yaxshi, lekin yetishtirilgan qizil go‘sht — bu yoshroq ko‘rinishga ega bo‘lgan odamlarning aksariyati voz kechadigan tanlovdir. Menimcha, bunday go‘shtning zararli xususiyati chorva mollarini ko‘paytirish va o‘ldirish (o‘sish gormonlari, ozuqa va hkz) bilan bog‘liq.

7. YOLG‘IZLIKda yashash.

Ajablanarlisi shundaki, men suhbatlashgan barcha o‘rta yoshli yoshlar umrining ko‘p qismini yolg‘iz yashagan. Bu ularning boshqa odamning uxlash/ovqatlanish/xulq-atvoridan mustaqilligi natijasi bo‘lishi mumkin. Yoki, ehtimol, zararli ijtimoiy normalardan mustaqil bo‘lgan odamlar shunchaki shaxsiy hayotlarida ham mustaqil bo‘lishadi.

Qizig‘i shundaki, ushbu tavsiyalarning aksariyatiga ilmiy jihatdan asoslar topish mumkin (hatto so‘nggi maslahat ham asosli: yolg‘iz uxlash uyqu sifatini yaxshilaganligini ko‘rsatadigan bir nechta tadqiqotlar mavjud). Men 10 yildan ko‘proq vaqt davomida ushbu ko‘rsatmalarga rioya qilib kelmoqdaman. Tan olaman, ishimning mohiyati tufayli «ko‘proq uyqu» degan ko‘rsatmaga rioya qilish men uchun eng qiyindir.

Agar siz mening yoshimning yarmida bo‘lsangiz va eng muhim narsa nima deb o‘ylayotgan bo‘lsangiz, unda:

HECH QACHON SPIRTLI ICHIMLIK ICHMANG.

Spirtli ichimliklardan voz kechganingizdan so‘ng, siz o‘zingiz uchun nima yaxshi va nima yomon ekanligini aytib beradigan sezgiingizni (ichki his, intuitsiya) bo‘g‘ishni toxtatasiz. Siz o‘zingiz bilishingiz kerak bo‘lgan hamma narsaga o‘zingiz yetib olasiz va boshqalarning maslahatiga bog‘liq bo‘lmaysiz.


10-oktyabr 2020-yil,
Pavel Durov


📢 Maqolani ulashing →
👍🏻 Telegram Uzbekistan'ga obuna bo‘ling.
🧠 Mavzu bo‘yicha o‘qing:
Pavel Durov: Aql — bu bizning eng kuchli vositamiz.
Hayotdagi 3 ta yetarli baho berilmagan va 7 ta ortiqcha baho berilgan narsa.

⬆️ Yuqoriga
@TeleUz — Telegram Uzbekistan

Как выглядеть моложе своего возраста

Русскоязычная версия официальной публикации Павла Дурова.
Перевод от Telegram Uzbekistan.

Мне 36, и некоторые спрашивают, как мне удаётся выглядеть моложе своего возраста. Я задавал тот же вопрос многим людям, которые хорошо выглядят (от Джареда Лето до какого-нибудь фитнес-тренера, который выглядит в 50 лет на 25). Вот что делают (и не делают) все эти молодо выглядящие люди:

1. НЕ пить алкоголь.

Могут быть некоторые редкие исключения, но в целом алкоголь (как и другие вызывающие привыкание вещества) делает людей менее здоровыми и визуально более взрослыми.

2. Спать МНОГО.

Во время сна организм сам себя восстанавливает. Не стоит забирать у него это время: недосыпание в течение недели не получится компенсировать пересыпанием в выходные.

3. НЕ переедать. 

Чрезмерный вес заставляет людей выглядеть старше и приводит к десяткам болезней. Обычно я ем два раза в день с 6-часовым окном или один раз в день, без перекусов. Питаться более трёх раз в день — это просто (плохая) привычка.

4. УПРАЖНЯТЬСЯ. 

Умеренные, но регулярные физические упражнения позволяют людям быть более здоровыми и жить дольше. Лично я не делаю много кардио-упражнений (люблю ходить/кататься на велосипеде/плавать на свежем воздухе) и предпочитаю умеренные отягощения.

5. ОГРАНИЧИТЬ стресс.

Есть психологические установки, которые помогают понять: всё, что происходит, всё — к лучшему. Стоические техники, такие как негативная визуализация и пофигизм в целом, тоже работают. Жизнь вблизи природы помогает наряду со всем вышеперечисленным.

6. НЕ есть мясо.

Употребление морепродуктов и рыбы, пойманной в дикой природе — это хорошо, но выращенное красное мясо — это то, чего большинство людей, выглядящих моложе своего возраста, избегают. Я подозреваю, что нездоровый характер такого мяса связан с тем, как выращивают и убивают домашний скот (гормоны роста, корм и т.д.).

7. Жить В ОДИНОЧЕСТВЕ.

Удивительно, но все молодые люди среднего возраста, с которыми я разговаривал, большую часть своей жизни прожили в одиночестве. Возможно, это было результатом их независимости от моделей сна/питания/поведения другого человека. Или, возможно, люди, независимые от нездоровых социальных норм, просто независимы и в своей личной жизни.

Интересно, что большинству этих советов можно найти научные объяснения (даже последний является оправданным: есть несколько исследований, показывающих, что сон в одиночку улучшает качество сна). Я следую этим правилам уже более 10 лет, при этом принцип «больше сна» является самым трудным в силу характера моей работы. 

Если вы вдвое моложе меня и задаётесь вопросом, что является ключевым моментом, то вот оно:

НИКОГДА НЕ ПЕЙТЕ АЛКОГОЛЬ.

Как только вы откажетесь от алкоголя, вы перестанете заглушать свою интуицию, которая скажет вам, что хорошо, а что плохо для вас. Вы сами разберётесь во всем, что вам нужно знать, и не будете зависеть от советов других людей.


10 октября 2020 года,
Павел Дуров


📢 Поделитесь статьёй →
👍🏻 Подпишитесь на Telegram Uzbekistan.
🧠 Читайте по теме
Павел Дуров: Разум — наш самый мощный инструмент.
3 недооцененных и 7 переоцененных вещей в жизни.

⬆️ Вверх


Report Page