PYTHONDA BACKEND ASOSLARI │ 2-DARS

PYTHONDA BACKEND ASOSLARI │ 2-DARS


Assalomu alaykum, Python dasturlash tilida backend sohasini o'rganish uchun darslarni boshlagan edim. Bugun ushbu darsimizning ikkinchi qismini sizlarga taqdim etmoqchiman. Bugungi darsimizda asosan o'zgaruvchilar, ularning turlari va turlarni o'zgartirish haqida gaplashamiz. Marafonimizni birinchi qismini o'tkazib yuborganlarga kirib ko'rishlarini maslahat beraman.

Navbatdagi darsimizni boshlashdan oldin bir narsani eslatib o'tmoqchiman. Agar yaxshiroq natijaga erishmoqchi bo'lsangiz, maqolani o'qish davomida berilgan vazifalarni bajarib boring va tushunmagan narsalaringizni telegram guruhimizda bemalol so'rayvering :)

O'zgaruvchilar va ularning turlari

Oldingi darsimizdagi "Salom, dunyo!" satri - bu kompyuter xotirasida saqlanishi mumkin bo'lgan ma'lumotlarning namunasi edi.

O'zgaruvchi ma'lumotlarga xotiradan nom beradi. O’zgaruvchining nomi, dasturda saqlangan ma'lumotlarga murojaat qilish uchun ishlatiladi.

O'zgaruvchi qiymat bilan bog'langan nom, yoki yorliq sifatida taqdim etilishi mumkin.

O'zgaruvchi nomini birinchi marta yozishingiz – e’lon qilish deb yuritiladi. Pythonda o’zgaruvchi har doim biron bir qiymat berish orqali e'lon qilinadi. Buning uchun, shunchaki nomni kiritib, tenglik belgisini (=) qo'yishingiz (o’zlashtirish operatori deb ataladi) va o'zgaruvchida saqlanadigan qiymatni yozishingiz kerak.

# message nomli o’zgaruvchini e’lon qildik va unga 'Salom, dunyo!' satrini o’zlashtirdik 
message = 'Salom, dunyo!'

Endi, dasturda o’zgaruvchi nomini yozsak, dasturimiz uning o’rniga qiymatini ko’rsatadi.

# message nomli o’zgaruvchini e’lon qildik va unga ‘Salom, dunyo’ satrini o’zlashtirdik’ 
message = ‘Salom, dunyo!' 
print(message)

Ekranda ushbu yozuv paydo bo’ladi.

Salom, dunyo!

O'zgaruvchilarning qiymati mohiyatiga ko'ra farq qiladi. Masalan, ular raqamlar yoki satrlar bo’lishi mumkin. Bular o’zaro har xil ma'lumotlar. Pythonda raqamlar va satrlardan tashqari yanada ko’roq narsa mavjud. Ammo hozircha bu ikki turni o’rganib turamiz.

Satr 'bitta' yoki "qo’sh" tirnoq ichida belgi yoki belgilar to'plami sifatida yoziladi. 

# number nomli o’zgaruvchiga 100 raqami yozilgan qiymat o’zlashtirildi
number = 100
# symbol va dollar nomli o’zgaruvchilarning qiymatlari esa satrdan tashkil topdi
symbol = '$'
dollar = " dollar"

Python tilidagi operatorlar har xil turdagi qiymatlar bilan bir xil ishlamasligi mumkin. Masalan, + operatori ma'lumot turiga qarab harakat qiladi: agar raqamlar bo'lsa - bir-biriga qo'shadi, satrlarni esa birlashtiradi:

one_hundred = 100 
five_hundred = 500 
print(one_hundred + five_hundred) 
a = 'xa' 
print(a + a + a + a)

Natija:

600
хахахаха

1-vazifa:

Anfisa samimiy va do’stona bo’lishi uchun o’zi haqida gapirib berishni o’rgatamiz. Boshlanishiga name va job o’zgaruvchilaridan foydalanib, ekranda ‘Salom, mening ismim Anfisa, men sening shaxsiy yordamchingman!’ deb chiqarsin.

Kod: 

name = 'Anfisa' # ism
job = 'shaxsiy yordamchi' # kasb
# kodingizni shu yerga yozing:
print(Salom, mening ismim ' + ... + ', kasbim - ' + ... + 'ngman!')

2-vazifa:

Agar, Anfisa fitnes-trekerga joylashtirilsa, u foydalanuvchi qadamlarining sonini hisoblashi mumkin. Anfisaga ikki kun ichida qilingan qadamlar yig'indisini hisoblashni o'rgating.

steps_today va steps_yesterday nomli o’zgaruvchilar yordamida sizgan noma’lum bo’lgan shaxs kecha va bugun yurgan qadamlari ko’rsatilgan. Kodni shunday o’zgartiringki, ekranda ikki kun ichida qiligan qadamlar soni nechtaligi haqidagi savolga javob chiqsin.

steps_today = 6783
steps_yesterday = 8452

steps_sum = steps_tody + steps_yesterday; # yig’indini shu yerga kiriting

print('Ikki kun ichida jami nechta qadam tashlandi?')
print(steps_sum)

Natija shunday bo'lishi kerak:

Ikki kun ichida jami nechta qadam tashlandi?
15235

Turlarni o'zgartirish

Oldinroq Python operatorlari har-xil turdagi qiymatlar bilan bir-xil ishlamasligini aytib o’tgan edik. Ikkita xar-hil turdagi o’zgaruvchilarni birlashtirishda ehtiyot bo’ling:

# ikkita har-xil turdagi o’zgaruvchi kiritdik
number = 100 
dollar = " dollar" 
# bunday kod ishlamaydi
print(number + dollar) 
# xatolik chiqarib beradigan matnda + operatori matnni butun sonlar bilan qo’shmaydi deb chiqarayapti.

Natija:

TypeError: unsupported operand type(s) for +: 'int' and 'str'

Xavotir olishga hojat yo’q: Python sizga o'zgaruvchining qiymatini bir turdan ikkinchisiga (ma'lumot turini o'zgartirish) o’tkazish imkonini beradi. O’zgartirish bilan maxsus funksiyalar shug'ullanadi. Biz raqamni satrga aylantirishimiz uchun str() funksiyasini chaqirishimiz kerak:

# raqamni satr ko’rinishiga o’tkazilgan kod xatosiz ishlamoqda.
 print(str(number) + dollar)

Natija:

100 dollar

Satrdan butun songa esa int() funksiyasini chaqirish orqali o’tishimiz mumkin.

# '100' va '500' satrlari bor; ulardan 600 sonini olmoqchimiz 
one_hundred = '100' five_hundred = '500' 
print(one_hundred + five_hundred)

Natija:

100500  # Natija yuzbeshyuz chiqdi. Bu biz istagan narsa emas.
# bizga 600 sonini olish muhim — shuning uchun satrni butun songa o’tkazamiz
print(int(one_hundred) + int(five_hundred))

Natija:

600

Nihoyat kutgan natijamizni chiqara oldik.

3-vazifa:

Anfisaga sizga kelgan xabarlar sonini hisoblab aytib berishni o’rgating.

Ekranga "Sizda " satri, qiymati 8 ga teng bo’lgan count o’zgaruvchisi va " ta o’qilmagan xabar bor!" satri chiqarilsin. Natija shunday bo’lishi kerak:

Sizda 8 ta o’qilmagan xabar bor!

Kod:

count = 8
message = ... # kodingiz bu yerga yozing
print(message)

Shu bilan bugungi darsimiz yakuniga yetdi.


Report Page