PYTHON DASTURLASH TILIDA BACKEND ASOSLARI
mabrur
Assalomu alaykum, bugundan boshlab blogiming yangi o'rganuvchilari va Backend sohasini tanlamoqchi bo'lganlar uchun Python dasturlash tilida ushbu sohaga kerakli darslarni tayyorlab borishga harakat qilaman.
Backend - bu saytning 80% asosi desa ham bo'ladi. Sayt foydalanuvchilari saytning frontend qismidan yuborgan ma’lumotlarning serverga jo’natilishi, ularning qayta ishlanishi va foydalanuvchiga qaytarilishi – bularning barchasi backend dasturchilariga taaluqli jarayonlar hisoblanadi.
1. Internet qanday ishlaydi.
Birinchi kod satrlarini yozishni sabrsizlik bilan kutayotganingizni tushunib turibmiz. Ammo dasturlashga kirishdan oldin Internet qanday ishlashini aniqlash foydali bo'ladi. Brauzerda veb-sayt manzilini yozganda nima bo'lishini video orqali tomosha qiling.
Nimalarni o’rganib olasiz?
Boshlanishiga – Python asoslarini. Siz Internetdagi haqiqiy serverlara so’rov yuborishni, javob olishni va ularni qayta ishlashni o’rganib olasiz.
Oldindagi reja.
Siz Alise, Google Assistant, Siri, Alexa kabi shaxsiy yordamchingizni yaratasiz. Uni Anfisa deb ataymiz :) U biroz soddaroq, u faqat do'stlaringizni taniydi. Anfisa ularning qaysi shaharda ekanliklarini aniqlaydi va hozirgi vaqtda ulardagi ob-havo haqida aytib beradi.
Boshladik!
2. Python nima?
Python – sodda til bo’lib, bir vaqtning o’zida u ham ochiq, ham tushunarli sintaksisga ega.
Pythondan Yandex, Google, Facebook, Dropbox, Mozilla va Microsoft kabi AT gigantlari foydalanib kelishadi. Unda YouTube, Instagram, PayPal kabi ilovalar, Facebookning va Wargamingning ichki serverlari yozilgan.
Odatda, dasturlar Python buyruqlari yozilgan ko'plab satrlardan iborat bo’ladi. Buyruqlar ketma-ket, qati’y tartibda bajariladi va ularning bajarilishi kerakli natijaga olib keladi.
3. O’rnatish va sozlash
Avvaliga siz python dasturlash tilining 3-versiyasini yuklab olib, kompyuteringizga o'rnatishingiz kerak. Uni o'rnatish bo'yicha savollar bo'lmasa kerak, huddi Counter Strikeni o'rnatish kabi o'rnatib ketaverasiz :)
Dastur yozish uchun sizga yaxshi kod tahrirlovchisi kerak bo’ladi. JetBrainsning mutlaqo tekin bo’lgan PyCharm tahrirlovchisi maqsadimiz uchun eng yaxshi dasturlardan biri.
Uni bu yerdan yuklab olishingiz mumkin…

Yuklab bo’lib, uni o’rnatayotganingizda add to PATH ga galochka qo’yishni unutmang.
Agar sizda Sublime text yoki Atom kabi kod muharrirlari bo'lsa ulardan ham foydalanishingiz mumkin.
Keling Pythondagi ilk dasturimizni ishga tushirsak. Ushbu kodni o'z ekraningizga ko'chiring va Run bo'limini tanlang (Alt+Shift+F10):
import this
4. Python falsafasi.
Siz hozirgina import this buyrug’ini bajardingiz va kompilyatoringizda Python Zenini (zen of python) ko’rdingiz. Bu kodingizni hamkasblaringiz uchun o’qishga osonroq va chiroyliroq qilish maqsadida tavsiyalar holos. Bitta masalani turli yo'llar bilan hal qila oladigan bo’lib ketsangiz, ushbu qoidalarga amal qilishni unutmang.

Tarjimasi:
Go’zallik xunuklikdan yaxshiroq.
Aniqlilik sirlilikdan yaxshiroq.
Soddalik murakkablikdan yaxshiroq.
Murakkablik chalkashlikdan yaxshiroq.
Ravonlik chigallikdan yaxshiroq.
Siyraklik zichlikdan yaxshiroq.
O’qiy olish ahamiyatga ega.
Maxsus holatlar qoidalarni buzadigan darajada maxsus emas.
Shu bilan birga, amaliylik benuqsonlikdan ko'ra muhimroqdir.
Xatolar hech qachon jimgina o'tkiz yuborilmasligi.
Agarda siz buni istamasangiz.
Noaniqliklarga duch kelganda, taxmin qilish vasvasasidan voz keching.
Biror narsani qilishning bitta aniq uslubi bo'lishi kerak.
Balki dastlab golland bo'lmagan bo'lsangiz, bu aniq bo'lmasligi mumkin.
Hozir har qachongidan ham yaxshi.
Garchi hozirgi paytda hech qachon yaxshiroq bo'lmasada.
Agar tatbiq qilishni tushuntirish qiyin bo'lsa, bu fikr yomon.
Agar uni tushuntirish oson bo’lsa, ehtimol g'oya yaxshi.
Nom bo'shliqlari - bu ulkan g'oyaning joyi - keling, bundanda ko'prog'ini qilaylik!
5. Pythondagi ilk kodingiz.
Pythondagi eng sodda operatsiya bu ekranga chiqarish:
print("Salom, Dunyo!")
Keling bu yerda nima yozilganini batafsil tushunib olaylik.
print()- bu Python-da ekranda namoyish qilish uchun o'rnatilgan tag dasturi. Dasturchilarda muayyan harakatlardan tashkil topgan kichik tag dasturlari uchun o’z nomi bor. Ular – Funksiya deb ataladi.
"Salom, dunyo!" – bu print funksiyasi chop etadigan matn. print() funksiyasi o’z ichiga kiritilgan har qanday ma’lumotlarni chiqara oladi. Dasturchilar bunday ma’lumotlarni “argumentlar” yoki “parametrlar” deb atashadi. Ularda funksiya nomidan so’ng qavs qatnashgan bo’ladi.
Aytishlaricha, argumentlar funksiyaga o'tkaziladi, funksiya esa ularni qabul qilib oladi. Qavslar yordamida funksiya nomini yozganingizda, siz unga murojaat qilasiz.
# salomlashish — deyarli barcha dasturchilar yozgan eng birinchi satrlar
print('Salom, dunyo!')
# dasturda ‘Salom, dunyo!’ argumentiga ega print funksiyasi qo’llanilgan.
"#" Belgisidan boshlanadigan satr sharh deyiladi, ular dasturchilar eslatmalar uchun kerak bo’ladi. Python "#" dan keyin satrdagi har qanday belgilarni e'tiborsiz qoldiradi, ularni kod sifatida hisoblamaydi. Ushbu matn siz uchun. Sharhlarni o'qing, ular siz uchun ko'rsatmalar bo'ladi.
Vazifa:
Hozir siz Alisa, Google Assistant, Siri, Alexa kabi shaxsiy yordamchingizni yaratishga kirishasiz. Uni ismini Anfisa qo’yamiz 😊
Sizning yordamchingiz – Anfisaga salomlashishni o’rgating.
# "Salom, mening ismim Anfisa!" argumentidan foydalanib print() funksiyasini chaqiring. # Kodni ushbu satr tagiga yozing:
Yo’llanma: Dasturni ishga tushirganingizda u - “Salom, mening ismim Anfisa!” deb yozsin.
Diqqat! Python shunday tilki, undagi registrlar ahamiyatga ega, ya'ni funksiyalarning katta va kichik harfda yozilishi qat'iy belgilangan.