O'ZBEK TILI QOIDALARI 4-QISM

 O'ZBEK TILI QOIDALARI 4-QISM

TRENING ADMIN

3-QISMNI KO'RISH UCHUN MANZIL

https://telegra.ph/OZBEK-TILI-QOIDALARI-3-QISM-10-02

76.      O'zbek alifbosi. Harflarning ma'lum bir tartibda joylashuviga alifbo deyiladi. Alifbo so'zi arab yozuvidagi harflar tartibining birinchi va ikkinchi harflari - alif va bo (be) nomlarining qo'shiluvidan hosil bo'lgan. Hozirgi o'zbek alifbosi lotin yozuviga asoslangani tufayli lotin yozuvidagi yangi o'zbek alifbosi deyiladi.

Aa Bb Dd Ее Ff Gg Hh Ii Jj Kk LI Mm Nn Oo Pp Qq Rr Ss Tt Uu Vv Xx Yy Zz O'o'

77.      Yangi o'zbek alifbosi:          Sh sh Ch ch Ngng ' (tutuq belgisi)

78.      Talaffuz va imlo me'yorlari. Og'zaki nutqda bir necha xil talaffuz qilinuvchi tovush, qo'shimcha va so'zlardan adabiy tilga qabul qilingan bittasi to'g'ri talaffuz me'yori sanaladi. Yozma nutq bir necha xil yoziluvchi tovush, qo'shimcha va so'zlardan adabiy tilga qabul qilingan bittasi imlo me'yori sanaladi. To'g'ri talaffuz me'yorlarini o'rganuvchi tilshunoslik bo'limiga orfoepiya (yun: orfo - "to'g'ri", epos - "so'zlamoq", "nutq") deyiladi. To'g'ri yozish me'yorlarini o'rganuvchi tilshunoslik bo'limiga orfografiya (yun: orfo - "to'g'ri", grafo - "chizmoq") deyiladi.

79.      Unlilar talaffuzi va imlosi. So'zlarning birinchi bo'g'inida r, l undoshlaridan oldin kelgan i unlisi bilinar-bilinmas talaffuz qilinsa ham, yozuvda i harfi bilan yoziladi: biroq, sira, bilan. Ikki bo'g'inli so'zlarning birinchi bo'g'inida lablangan u unlisi ta'sirida ikkinchi bo'g'indagi i unlisi u holida talaffuz qilinsa ham, yozuvda i yoziladi. Shunday yozilishi bilan ikkinchi bo'g'inida u yoziladigan otlardan farqlanadi: urish - urush, yumush -yumish, burush - burish.

80.      A va o unlilari talaffuzi va imlosi. A, a harfi savob, zamon singari so'zlarda o kabi aytilsa ham, a yoziladi. O, o harfi tonna, noyabr kabi so'zlarda o' kabi aytilsa ham, o yoziladi.

81.      Qator kelgan unlilar talaffuzi va imlosi. Adabiy talaffuz va imlo me'yoriga asosan qator unlilar oa, ao, ia, ai, io, aa tarzida aytiladi va shunday yoziladi. Qator kelgan unlili so'zlar boshqa tillardan kirib kelgani tufayli bunday so'zlardagi qator unlilarni og'zaki nutqda yo bir cho'ziq unliga aylantirish (masalan, muallimni malim) yoki qator kelgan unlilar o'rtasiga ayrim undoshlarni qo'shish yo'li bilan tilimizga moshlashtirishga harakat qilinadi. Masalan: soat so'zi Farg'onada sohat, Toshkentda sog'at tarzida talaffuz qilinadi.

82.      O' unlisining talaffuzi va imlosi. O' tovushi ko'l, o's, cho'l, jo'ra, mo'tabar kabi so'zlarda torroq, bo'ri, qo'ri, xo'roz, ro'mol kabi so'zlarda esa kengroq eshitiladi, ammo har vaqt bir xil shaklda yoziladi. Mo'tadil, mojiza, mo'tabar kabi so'zlardagi tutuq belgisi yozuvda tushirib qoldiriladi.

83.      E unlisining talaffuzi va imlosi. E harfi kecha, ekran, ne'mat kabi so'zlarda to'liq talaffuz qilinadi. Telefon, teatr, okean, material kabi so'zlrda i ga monand aytiladi, lekin e yoziladi.

84.      Ayrim undoshlar talaffuzi va imlosi. So'z oxirida b - p, d - t, z - s singari jarangli va jarangsiz undoshlar o'rtasidagi farq yo'qolib, bir xil - jarangsiz undosh tovush holida talaffuz etiladi, lekin b, d, z yoziladi.

85.      G - K, Q - G' undoshlari talaffuzi va imlosi. So'z oxirida g va k hamda g' va q jarangli va jarangsiz undoshlari o'rtasidagi farq yo'qolib, har ikki undosh bir xil k va q holida talaffuz qilinsa ham yozuvda g va k, q va g' harflari orqali yoziladi.

86.      Q, G' undoshlari bilan tugagan so'zlarga qo'shimchalarning qo'shilishi va ularning imlosi. Q

undoshi bilan tugagan asosga jo'nalish kelishigi qo'shimchasi qo'shilsa, bu qo'shimcha -qa tarzida aytiladi va shunday yoziladi. Masalan: qaymoqqa, toshloqqa kabi. Xuddi shunday asoslarga egalik qo'shimchasi qo'shilsa, o'zak oxiridagi q undoshi g'ga aylanadi va shunday yoziladi. Masalan: bulog'i, qishlog'i. G' undoshi bilan tugagan so'zlarga jo'nalish kelishiga qo'shimchasi qo'shilsa, asos va qo'shimcha qanday aytilishidan qat'i nazar o'zgarmaydi. Masalan: bug'ga, bog'ga.

87.      B, m undoshlaridan oldin kelgan n undoshining talaffuzi va imlosi. B, b va M, m harflaridan oldin kelgan n harfi m holida o'qiladi, lekin n yoziladi: manba, tanbur,

88.      Ayrim harflar izohi. J, j harfi jo'ja, jajji kabi so'zlarda til oldi, portlovchi, jarangli tovushni ifodalaydi. Jurnal, jirafa kabi so'zlarda esa til oldi, sirg'aluvchi, jarangli tovushni ifodalash uchun qo'llaniladi.

89.      X,X va H, h harflari. X, x harfi q, g' tovushlari bilan bir xil o'rinda, tilning orqa qismida hosil bo'ladigan undosh tovushni ifodalaydi. H, h harfi esa bo'g'izda hosil bo'ladigan undosh tovushni ifodalaydi.

90.      F, g undoshining talaffuzi va imlosi. F undoshi fil, futbol singari so'zlarda p holida o'qilsa ham, f bilan yoziladi. Afzal, afg'on kabi so'zlarda f undoshi, p yoki v holida o'qilsa ham, f bilan yoziladi.

91.      Ng, ng harflar birikmasi va uning vazifalari. Ng harflar birikmasi bitta til orqa undoshini ifodalaydi. Bu harflar birikmasini ikkita alohida n va g undoshlarini ifodalovchi harflarning yonma-yon kelishidan farqlash lozim. Ng harflar birikmasi bir bo'g'in tarkibida, n va g harflari boshqa-boshqa bo'g'inlar tarkibida keladi. Solishtiring: shudring, ko'-ngil, si-ngil, ko'rdin-giz, men-ga, osmon-ga, kon-gress, shtan-ga.

92.      Sh, sh va Ch, ch harflar birikmalari hamda ularning vazifalari. Sh, sh harflar birikmasi bitta til oldi, sirg'aluvchi, jarangsiz undoshni ifodalaydi. Eslatma: S va h yonma-yon kelib, alohida tovushlarni ifodalaganda, ular orasiga tutuq belgisi (') qo'yiladi. Ch, ch harlar birikmasi bitta til oldi, portlovchi, jarangsiz undoshni ifodalaydi.

93.      Qo'sh undoshlar talaffuzi va imlosi. Tarkibida yonma-yon bir xil undoshlar kelgan so'zlar qo'sh undoshli so'zlardir. Ikki, chaqqon kabi so'zlarda qo'sh undosh qismlari aniq talaffuz qilinadi va shunday yoziladi. Million, artilleriya kabi so'zlarda kelgan qo'sh undoshlar bir undoshdek talaffuz etiladi, lekin qo'sh undosh bilan yoziladi. Gramm, metall kabi so'zlar oxirida kelgan qo'sh undoshlardan biri talaffuzda tushirib qoldirilsa ham, yozuvda hamisha ifodalanadi. Bunday undosh bilan tugagan so'zlarga xuddi shu tovush bilan boshlanadigan qo'shimchalar qo'shilganda, qo'sh undoshning biri yozilmaydi.

94.      Tutuq belgisining ishlatilishi. Tutuq belgisi a'lo, ra'no kabi so'zlarda unlidan keyin kelib uning cho'ziqroq aytilishini ifodalaydi. San'at, in'om singari so'zlarda tutuq belgisi unlidan oldin qo'yiladi va unlini undoshdan ajratib talaffuz etilishini ifodalaydi. Mo'jiza, mo'tadil kabi so'zlarda o' unlisi cho'ziq talaffuz qilinsa ham, tutuq belgisi qo'yilmaydi.

95.      Qator undoshlarning talaffuzi va imlosi. Bir bo'g'inda yonma-yon ikki xil undosh kelgan so'zlar qator undoshli so'zlardir. So'z boshidagi qator undoshlar o'rtasiga yoki oldiga bir qisqa unli qo'shib talaffuz qilinsa ham, bu qisqa unli yozilmaydi. Go'sht, barg, do'st kabi so'z oxirida kelgan qo'sh indoshlardan biri talaffuzda tushib qolsa ham, yozuvda ifodalanadi. Paxta, nimcha, o'simlik so'zlarida ham yonma-yon kelgan ikki undosh bor, lekin bu undoshlar bir bo'g'inda bo'lmaganligi uchun qator kelgan undoshlar hisoblanmaydi.

Report Page