OVI Pro qo'llanma

OVI Pro qo'llanma

OVI UNICORN

OVI Pro ilovasi bo'yicha bosqichma-bosqich qo'llanma


DIQQAT! OVI Pro ilovasini ishlatishdan oldin quyidagilarni bajaring:

  • Agar siz hali MyGovUz ilovasida Mobile ID orqali jismoniy shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz, u holda 👉ushbu havola orqali o‘tib ro‘yxatdan o‘ting.
  • Agar siz Mobile ID orqali ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsangiz, u holda "The Able Technologies" platformasiga ruxsat berish uchun 👉ushbu havolaga o‘ting.

Bularning barchasi nima uchun kerak? Ushbu amallar tizimda shaxsingizni FaceID (yuzni aniqlash) orqali tasdiqlash, shuningdek, shaxsiy ma’lumotlaringiz va ish joyingiz haqidagi ma’lumotlarning OVI Pro ilovasida avtomatik ravishda aks etishi uchun zarurdir


Video yo‘riqnoma: OVI Pro tizimidan ro‘yxatdan o‘tish

Ushbu havola orqali video yo‘riqnomani tomosha qilishingiz mumkin


  1. Ilovani o'rnatish:

Quyidagi havolalardan birini bosing:


3. Tilni tanlash va Telefon raqamni terish:

  • Ilovani oching va o'zingizga qulay tilni (masalan, "O'zbekcha") tanlang.
  • "Xush kelibsiz" oynasida telefon raqamingizni kiriting va "Davom etish" tugmasini bosing


4. SMS kodni tasdiqlash va shaxsni tasdiqlash (PINFL):

  • Telefoningizga yuborilgan 6 xonali tasdiqlash kodini kiriting
  • O'zingizning JShShIR (PINFL) ma'lumotingizni va tug'ilgan sanangizni kiriting.


5. Shaxsni tasdiqlash va FaceID (Yuzni aniqlash) jarayoni

  • Ruxsatnoma muvaffaqiyatli berilgach hamda ma'lumotlarni kiritgach, "Davom etish" tugmasini bosing.
  • "Tayyormisiz?" oynasida ko'rsatilgan shartlar bilan tanishib chiqing (yorug'lik yaxshi bo'lishi, niqob va ko'zoynaklarsiz, kamera ko'z balandligida).
  • "Boshlash" tugmasini bosing va yuzingizni aylananing ichiga qarating



5.1. Shaxsni tasdiqlash - Agar ish joylarini tanlashda 2 yoki undan ortiq klinika chiqsa, asosiy klinikani tanlang


6. Shaxsni tasdiqlash

  • Agar faqat bittasi chiqsa, "Davom etish" tugmasini bosing



7. Olingan ma’lumotlarni tasdiqlash:

  • Agar ma’lumotlaringiz to‘g‘ri bo‘lsa, “Tasdiqlash” tugmasini bosing.

8. Agar FaceID orqali shaxsni tasdiqlashda ish joyingiz haqidagi ma’lumotlar bazadan chiqmasa, ma’lumotlarni qo‘lda kiritishingiz kerak bo‘ladi.

9. Ish joyini (Qabul joyi) tanlash:

  • "Klinika nomi" yozilgan katakchani bosing

10. Ish joyini (Qabul joyi) tanlash:

  • Klinika nomini qidiruv orqali toping
  • Agar qidiruv natijasida kerakli klinika chiqmasa, pastdagi "Klinikangiz ro‘yxatda yo‘qmi?" savoli yonidagi "Shu yerni bosing" tugmasi orqali davom etish mumkin

11. Ish joyini (Qabul joyi) tanlash - Ish boshlash sanasini kiritish:

  • "Klinikadagi ish boshlash sanasi" bo'limiga kiring va kalendardan tegishli oy hamda yilni tanlab, "Tayyor" tugmasini bosing



12. Ish joyini (Qabul joyi) tanlash - Mutaxassislikni tanlash:

  • "Klinikadagi ish boshlash sanasini va kim bo‘lib ishlashingizni (Shifokor yoki Hamshira) tanlab bo‘lganingizdan so‘ng, 'Davom etish' tugmasini bosing."
  • "Mutaxassisligingiz nima?" oynasida ro'yxatdan o'z sohangizni tanlang yoki qidiruv satridan foydalaning

12. Ma'lumotlarni tasdiqlash

  • "Mutaxassisligingizni tanlaganingizdan so'ng, "Davom etish" tugmasini bosing va arizangiz qabul qilinishini kuting."

13. Holatni tekshirish va Yakunlash

  • Arizangiz holatini bilish uchun "Holatni tekshirish" tugmasidagi vaqt tugashini kuting
  • Belgilangan vaqt o'tgandan so'ng, arizangiz holatini yangilash va tekshirish uchun "Holatni tekshirish" tugmani bosin
  • Moderatsiya muvaffaqiyatli o'tgach, ilovaning asosiy ishchi sahifasi ochiladi va siz undan foydalanishni boshlashingiz mumkin


14. Holatni tekshirish va Yakunlash

  • Agar "Holatni tekshirish" tugmasini bosganingizda "Hali ko‘rib chiqilmoqda" xabari chiqsa, yana bir necha daqiqa kutishingiz va qayta urinib ko‘rishingiz kerak.

Agar savollaringiz bo‘lsa yoki ro‘yxatdan o‘tishda qiyinchiliklarga duch kelsangiz, quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin:

📞 Yagona call-markaz:

  • +998 78 150 88 56

📱 Menejerlar bilan bog‘lanish:

  • Shahobiddin: +998 95 050 90 30
  • Soxib: +998 99 885 96 25
  • Oybek: +998 99 006 44 17
  • Shaxbos: +998 97 492 67 00

"Bizning mutaxassislarimiz sizga yordam berishdan mamnun!"











Report Page