MyGov ro'yxatdan o'tish va kirishni faollashtirish

MyGov ro'yxatdan o'tish va kirishni faollashtirish

OVI UNICORN


  1. MyGov-ni o'rnating va Mobile-ID-ni ro'yxatdan o'tkazing

2. Ilovalar do'konida (Google Play yoki App Store) MyGov ilovasini toping, "O'rnatish" tugmasini bosing.

3. Keyin "Ochish" tugmasini bosing.

4. Ilovani birinchi marta ishga tushirganingizda, o‘zingizga qulay tilni tanlang, Maxfiylik siyosatiga rozilik belgisini qo‘ying va "Boshlash" tugmasini bosing.

5. Asosiy ekranda menyuni (yuqori chap burchakdagi uchta gorizontal chiziqcha) bosing va "Tizimga kirish" bo‘limini tanlang.


6. Pasport seriyasi va raqamini (yoki JShShIRni), tug‘ilgan sanangizni kiriting. "MyID tizimiga kirish" tugmasini bosing va yuzingizni kamera ekranidagi maxsus doira ichiga joylashtirib, tezkor tekshiruvdan o‘ting.


7. Siz muvaffaqiyatli kirdingiz! Endi pastki menyudan "Xizmatlar" bo‘limini tanlang va yuqori o‘ng burchakdagi lupa belgisini (qidiruvni) bosing.

8. Qidiruv satriga "Mobile-ID" deb yozing.

9. "Jismoniy shaxslarni Mobile-ID orqali ro‘yxatga olish" xizmatini tanlang va "Xizmatdan foydalanish" tugmasini bosing.

10. Tizim ma’lumotlaringizni (pasport raqami va tug‘ilgan sanangizni) avtomatik ravishda yuklaydi.

11. Uchinchi bo‘sh maydonda o‘z nomingizga rasmiylashtirilgan telefon raqamini ko‘rsating.

12. SMS orqali kelgan tasdiqlash kodini kiriting.

1-qadam. MyGov orqali 3

13. "MyID orqali tekshirish" tugmasini bosing.

14. Tasdiqlash uchun selfi oling.

15. Muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tishning tasdig‘ini kuting.


Video yo‘riqnoma: Mobile-ID tizimidan ro‘yxatdan o‘tish

Ushbu havola orqali video yo‘riqnomani tomosha qilishingiz mumkin


👉OneID mobile ilovasi orqali ruxsat berish

Report Page