“Temurbeklar” maktabiga uslubiy koʻmak

“Temurbeklar” maktabiga uslubiy koʻmak


2024-yil 29-mart kuni OʻzR MG Toshkent “Temurbeklar maktabi”da temuriy shahzoda, davlat arbobi va taniqli astronom olim Mirzo Ulugʻbek tavalludining 630-yilligi munosabati bilan 2 bosqich oʻquvchilari orasida “Brein-ring” intellektual tanlovi oʻtkazildi. Unda oʻquvchilar Mirzo Ulugʻbekning hayoti va ijodi, davlat boshqaruvi, astronomiya va kosmonavtika hamda mantiqiy savollar yoʻnalishida oʻz bilimlarini sinashdilar.

tashrif

Oʻquvchilarning bilimlari OʻzMU fizika fakulteti katta oʻqituvchisi, f.-m.f.n. F.T. Shamsiyev, oʻqituvchi F.Oʻ. Botirov, oʻqituvchi D.A. Rashidov hamda tayanch doktoranti D.X. Bekov tomonidan baholab borildi.

tanlov

OʻzR Prezidentining 2019-yil 28-iyundagi PQ-4375-sonli qarori talablarini bajarish boʻyicha OʻzMU hamda Milliy gvardiya “Temurbeklar maktabi” oʻrtasidagi hamkorlik rejasi asosida mehmonlar harbiy-akademik litsey faoliyati, oʻquvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, oʻquv jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Fizika fani oʻqituvchilariga mazkur fanni oʻqitish yuzasidan uslubiy maslahatlar berdilar.




Report Page