Men sotsiopatman! Yoki sotsiofobmi? Balki introvert...

Men sotsiopatman! Yoki sotsiofobmi? Balki introvert...


Bularning barchasi bir jamoa haqida ekanligi aniq, ammo farqi bormi?

Keling, aniqlaymiz.

Sotsiopatiya - bu shaxs antisotsial buzilishining eskirgan nomi, uni dissotsial deb atash ham mumkin, ilgari esa psixopatiya deb atashgan.

Ha-ha, " Amerikalik psixopat" ("American psycho" IMDb.com 7.6/10) – sotsiopatiya haqida.

So‘zdagi “anti” qo‘shimchasidan taxmin qilgan bo‘lsangiz kerak, bu buzilish – jamiyatga qarshi yo‘nalgan odamga xosdir.

 

Antisotsiallik qanday namoyon bo‘ladi?

Avvalo – o‘zini (yuqori) va boshqalarni (quyi) baholashda. Bunday buzilishga ega odam odatda normalarga amal qilmaydi, ko‘pincha agressiv, o‘zini bunday tutishga haqli deb biladi, chunki o‘zining o‘zgacha ekanini his qiladi. Bunday odamda empatiya va ijtimoiy intellekt rivojlanmagan, shuningdek, o‘zaro bog‘liqlik o‘rnatishga deyali qodir emas.

Antisotsial odam ko‘pincha impulsiv, agressiv, affektiv bo ‘ladi. O‘z istaklarini qondirish yo‘lida har qanday xatti-harakatlarni amalga oshirsa ham bo‘ladi, deb hisoblaydi, bu xatti-harakatlarning atrofdagilarga qanday ta’sir qilishi haqida o‘ylamaydi. Ko‘pincha bunday odam boshqalarni “jazolash”ni adolatdan deb hisoblaydi. Ajrimdan so‘ng xotinini o‘ldiradigan yoki jismonan mayib qiladigan erlar – antisotsial buzilishga egadir.

Ba’zida bu buzilish karyera va ijtimoiy hayotning yomonlashuviga olib keladi, ba’zan esa bunday bo‘lmaydi. Antsiosotsial buzilish ko‘pincha jinoyat olami vakillarida kuzatilsa-da, u normal hayot kechiruvchilarda ham uchrashi mumkin.

 

Sotsiofobiya haqida nima deyish mumkin?

Fobiya – bu qo‘rquv. Ya’ni kishining boshqa odamlardan qo‘rqishi, aniqrog‘i boshqa birovdan salbiy baho olishdan qo‘rqishidir.

 

Sotsiofobiya – xavotir buzilishining alohida bir ko‘rinishi bo‘lib, boshqa fobiyalar singari xavotirli vaziyatdan qochish bilan ifodalanadi. Sotsiofob – odamlar bilan muloqot qilishni xohlaydi, lekin qo‘rqqani uchun gaplashmaydi. U boshqalarni o‘zidan yomonroq yoki pastroq hisoblamaydi, aksincha o‘zini hammadan past deb biladi. Sotsiofob vaqt yetishmasligi, zerikish va hokazolarning ortiga bekinsa-da – bu bilan u baribir salbiy baholashlari haqidagi xavotirli o‘ylardan yashirinayotgan bo‘ladi.

Sotsiofobiya qanday namoyon bo‘ladi?

Odatda, kishining boshqalar bilan aloqalari keskin kamayadi va bu ko‘p hollarda uning hayotida aks etadi – ishga bog‘liq, shaxsiy munosabatlariga oid vaziyatni og‘irlashtiradi. Sotsiofobiyaning simptomlari – odamlar bilan uchrashish, omma oldida gapirish, ishga oid suhbatlar, taqdimotlar, ommaviy tadbirlar, tanishuvlar – ayniqsa qarama-qarshi jins vakillari bilan tanishuvlardan qochish. Kishi zerikarli ekani, jozibadir emasligi va o‘zi haqida shu kabi bir dunyo irratsional (noto‘g‘ri) tasavvurlarga ega.

 

Introvertlar haqida nima deyish mumkin?

Bu umuman shaxs buzilishi emas, balki xarakter xususiyati xolos. Introvert – boshqa odamlar bilan birgalikdan ko‘ra, o‘zi bilan yolg‘iz qolishni qiziqroq deb hisoblaydigan odamdir. Shunga qaramay, introvert biror davrada o‘tirganida kafti terlamaydi va yuz berishi mumkin bo‘lgan suhbat haqidagi xayollardan qo‘llari titramaydi. U bemalol taqdimot o‘tkaza oladi, suhbatda o‘zi haqida gapirib beradi yoki kerak bo‘lsa biror qiz bilan ham tanishadi. Introversiyaga qo‘shimcha ravishda sotsial (ijtimoiy) xavotir yoki fobiyasi yo‘q.

 

Umid qilamizki, bu qisqacha tavsif siz uchun foydali bo‘ldi va o‘zingiz yoki boshqalarni tushunishda yordam berdi.

 

Mavzuga yaqin maqolalar:

"Toʻxtating samolyotni, tushib qolaman!" — Toʻsatdan vahima huruji nega paydo boʻladi?

Sotsiofobiyadan aziyat chekuvchi introvertlar haqida


Kanalga ulanish:

@psixologningqaydlari


 

Report Page