Mehnat ta'tili bilan bog'liq turli masalalar

Mehnat ta'tili bilan bog'liq turli masalalar

uzasbouz
  1. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022-yil 7-iyuldagi 01/00-03/12-6023-son xati. Bu xatga 2022-yilga mo'ljallangan ish vaqti me'yorlari davomiyligining qayta to'g'rilangan shakli ilova qilingan. Unga ko'ra 2022-yilda 6 kunlik ish haftasida 293 ish kuni mavjud. Shu sababli UzASBO DMda ham 2022-yil 2-iyuldan (O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-iyuldagi Qurbon hayitini nishonlash to'g'risidagi PQ-304-son Qarori 2022-yil 2-iyuldan boshlab kuchga kirdi) boshlab mehnat ta'tili va foydalanilmagan mehnat ta'tili uchun kompensatsiyalarni hisoblashda o'rtacha bir kunlik ish haqi 24.4 ga bo'lingan holda hisoblab chiqariladi, chunki ish vaqtining o'rtacha oylik balansi 293/12≈24.4 ish kunini tashkil etyapti (Yillik mehnat ta’tili vaqtida saqlanib qolinadigan o‘rtacha ish haqi miqdorini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi yo'riqnomaning 18-bandi). 

2. Qo'shimcha dam olish kunlari UzASBO DMda mehnat ta'tili hisoblashda mehnat ta'tili davomiyligiga qo'shilishi bo'yicha avval ma'lumot bergandik. Shu masala bo'yicha Xalq ta'limi vazirligining tegishli murojaatiga O'zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining 2022-yil 22-iyuldagi BM-08/1020-son xatida va O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022-yil 22-iyuldagi 01/00-02/12-6467-son xatida berilgan javobdayam mazkur tartib qo'llanishi aytib o'tilgan. Shu sababli qo'shimcha dam olish kunlari hisoblangan 2 va 3-sentyabr ham mehnat ta'tili davomiyligiga qo'shiladi va bu bo'yicha e'tizor bildiradigan har qanday tashkilotlarning iddaolari asossizdir.

Shuningdek, iyul oyida 18 kunlik mehnat ta'tiliga chiqqan (mehnat ta'tili davriga 11 va 12-iyul kirgan holatda) xodimlarga tabelda yana 7 ish kuni chiqayotgani va aslida haftasiga olti kunlik ish rejasida 23 ish kuni borligi sababli 2 kun ortiqcha chiqib ketyapti deyilishi ham xato fikrdir. Chunki haftasiga olti kunlik ish rejimida qo'shimcha dam olish kunlari ishga chiqilmaydi, lekin mehnat ta'tili hisoblashda inobatga olinadi, ya'ni bu yerdayam hech qanday xatolik yo'q. UzASBO DMga qaysi ish vaqti grafigida qaysi kunlari va necha soatdan ish kuni ekanligini ko'rsatuvchi qism qo'shilgani bo'yicha avval ma'lumot bergandik.


3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-iyuldagi Qurbon hayitini nishonlash to'g'risidagi PQ-304-son Qarorida 2022-yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 9-iyul — shanba kuniga to‘g‘ri kelishi  2022-yil 9-iyul belgilandi. Lekin Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021-yil 23-dekabrdagi 01/00-03/12-14068-son xati bilan tasdiqlangan 2022-yil uchun ish vaqti me'yorining davomiyligida Qurbon hayiti 10-iyul — yakshanba kuniga to‘g‘ri kelishi taxmin qilingandi va shu sababli shu vaqtgacha bo'lgan ta'tillarda 9-iyul ham mehnat ta'tili davriga kirib ketgandi. Mazkur qaror chiqqandan so'ng mehnat ta'tili davriga 9-iyul ham kiradigan xodimlarning ishga chiqish sanasi bir kunga surilishi kerak bo'ladi (Dasturda mehnat ta'tilini hisoblashda ham 9-iyul sanasi ta'til davomiyligiga kirgan bo'lsa, agar mehnat ta'tili buyrug'i dasturga kech kiritilishi sababli 9-iyul sanasi ta'til davomiyligiga kirmagan bo'lsa, bu ishni qilish talab etilmaydi. Dasturning Dokumenti-Nachisleniye zarplati-Raschyot otpusknix qismida 2-iyul sanasidan keyin kiritilgan buyruqlarda 9-iyul sanasi ta'til davomiyligiga kirmagan). Buning uchun zp.mdm.uz'ning Dokumenti-Uchet kadrov-Prikaz ob otpuske bez soderjaniya qismida xodimning mehnat ta'tilidan keyingi kuniga o'z hisobidan ish haqi saqlanmagan ta'tilga chiqishi bo'yicha hujjat kiritib qo'yilsa, tabeldayam xodimning ish kunlari 1 kunga kamayib chiqadi.

Report Page