2022-yilda mehnat ta'tili hisobi

2022-yilda mehnat ta'tili hisobi

uzasbouz

2022-yilda mehnat ta'tili hisobi bilan bog'liq bir qancha noaniqliklar va tushunmovchiliklar mavjud. Quyida o'shalar haqida ma'lumot beriladi.

  1. Qarorning kechikib chiqqanligi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-dekabrdagi PF-5290-sonli Farmoniga muvofiq har yili 15-oktyabrgacha kelgusi yil uchun qo'shimcha dam olish kunlarini belgilash va dam olish kunlarini ko'chirish bo'yicha takliflarni kiritish, 15-noyabrgacha esa kelgusi yil uchun ish vaqti kalendarini ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi qo'yilgandi. Biroq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisidagi PF-35-sonli farmon 20-dekabrda chiqdi va bu paytga kelib yanvarga o'tadigan mehnat ta'tili buyruqlari chiqarib bo'lingan edi. Chunki Mehnat kodeksining 148-moddasiga asosan ta’til uchun haq to‘lash jamoa shartnomasida belgilangan muddatlarda, lekin ta’til boshlanmasidan oldingi oxirgi ish kunidan kechikmay amalga oshirilishi kerakligi belgilangan.
  2. Muddati 2021-yil dekabr oyida boshlanib, 2022-yil yanvar oyiga o'tgan mehnat ta'tillarining masalasi. Bu bo'yicha Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 2022-yil 14-fevralga kelib tushuntirish beryapti (PF-35-sonli Farmonni amaliyotda qo'llash yuzasidan O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining va O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining tushuntirishi quyida keltiriladi), tabiiyki, bu vaqtga kelib xodimlar yanvar oyi ish haqilarigacha olib bo'lishgandi. Shuningdek, bunda faqatgina xodimning ish vaqti grafigidan kelib chiqib uning ishga chiqish kuni surilishi bo'yicha xulosa qilingan. Tegishli farmon o'z vaqtida chiqqanda holat qanday bo'lishi kerakligiga e'tibor qaratilmagan, vaholanki, Mehnat kodeksining 139-moddasida ta’tillarning muddati olti kunlik ish haftasi yuzasidan kalendar bo‘yicha ish kunlari bilan hisoblab chiqarilishi belgilangan, bunda xodimning ish vaqti grafigiga qaralishi bo'yicha hech narsa qayd etilmagan. Ba'zi OAVlar ham mazkur masala bo'yicha o'z nuqtayi nazarlarini bildirishdi, afsuski, ularning dastlabki munosabati keyinchalik o'zgartirilgan bo'lsa-da, hozirga kelib ham o'rischa va o'zbekcha matnda nomuvofiqlik mavjud.
  3. Farmonning 3-bandi uchinchi xatboshida har yilgi mehnat ta’tili davrida saqlanadigan o‘rtacha oylik ish haqi miqdorini hisoblashda mehnat ta’tilining amaldagi davomiyligi hisobga olinishi, unga ushbu Farmonning 1-bandi “a” kichik bandida belgilangan qo‘shimcha dam olish kunlari qo‘shilishi belgilangan. Mazkur bandning amalda qo‘llanishi yuzasidan ham O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining qarashlari turlicha. O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi mazkur bandni asos qilib, biz yuqorida keltirgan 2-banddagi masalaga hech qanday ta'til muddati uzaytirilmasligini iddao qilishsa, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi esa buni ta’til to’lovi miqdorini aniqlashda byudjet tashkilotlari uchun qonunchilik hamda tizim hujjatlari bilan belgilangan mehnat ta’tili ish kunlarining soni qo’shimcha dam olish kunlarini ayirib tashlamagan holda hisobga olinadi, deb izohlanishini aytishgan.
  4. Ta’til kunlarini hisob-kitob qilishda mehnat ta’tili davriga to‘g‘ri keladigan qo'shimcha dam olish kunlarining hisobga olinishi masalasi. Bu bo'yicha ham O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi qo'shimcha dam olish kunlari ham mehnat ta'tili davomiyligiga qo'shilishini aytgan bo'lsa, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi esa qo'shilmaydi degan, lekin olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun belgilangan qo'shimcha dam olish kunlari ham qo'shilish yoki qo'shilmasligi bo'yicha vazilikning pozitsiyasi noma'lum. O'tgan yili Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Yillik mehnat ta’tili vaqtida saqlanib qolinadigan o‘rtacha ish haqi miqdorini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma 16-bandiga muvofiq ta’til kunlarini hisob-kitob qilishda mehnat ta’tili davriga to‘g‘ri keladigan dam olish (yakshanba), ish kuni bo‘lmagan bayram kunlari, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar hisobga olinmasligi, barcha xodimlar uchun ish haftasining turidan qat’i nazar, dam olish kunlari sifatida belgilangan kunlar esa hisobga olinishi aytilgandi. PF-35-son Farmonda esa qo‘shimcha dam olish kunlari bitta bandda umumiy keltirildi. UzASBO DMda hozirda qo'shimcha dam olish kunlari mehnat ta'tili davomiyligiga qo'shilyapti, chunki PF-35-son Farmonning 5-bandida Farmonning maqsadi, mazmun-mohiyati to‘g‘risida tushuntirish ishlarini tashkil etish O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga yuklatilgan va ular buni qo'shilmaydi deyishyapti.
  5. Mehnat ta'tili kunlari necha qo'shimcha dam olish kuniga kamaytirilishi. Bu bo'yicha ham O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi xodim nechta qo'shimcha dam olish kunlaridan foydalanganiga e'tibor qaratiladi degan bo'lsa, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi har qanday holatda besh ish kuniga kamaytiriladi degan. Ikkala qarashning ham o'ziga yarasha kamchiliklari mavjud. Misol uchun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining pozitsiyasida quyidagi masalalarda qanaqa yechim qilinishini aniqlash kerak bo'ladi:
  • xodim 2021-yil 31-yanvardan 2022-yil 30-yanvargacha ishlagan davri uchun 2022-yil yanvar oyida mehnat ta’tili olyapti va 2022-yil 31-yanvardan 2022-yil 30-yanvargacha bo‘lgan davri uchun aprel oyida mehnat ta’tili olyapti;
  • xodim yil boshida mehnat ta’tili oldi va bu tashkilotdan ishdan ketib, boshqa tashkilotda ham Mehnat kodeksining 143-moddasiga asosan olti oy ishlab mehnat ta’tili olyapti;
  • xodim olayotgan mehnat ta’tili davriga Farmonning 1-bandi “a” kichik bandida belgilangan qo‘shimcha dam olish kunlari ham kirib ketyapti, misol uchun xodim 1-martdan 31-martgacha mehnat ta’tiliga chiqyapti.

O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining qarashida ham quyidagi jihatlar ochib berilmagan:

  • xodim 2021-yil 10-iyundan 2022-yil 10-iyunga bo'gan davr uchun mehnat ta'tili olyapti va bundan avvalgi ta'tilda esa 2021-yil 14-maydagi qo'shimcha dam olish kuniga mehnat ta'tili kuni kamaytirilmagan. Bunda u mazkur berilayotgan ta'tildan kamaytiriladimi?
  • xodim 2021-yilda aprel oyida mehnat ta'tiliga chiqqandi, 2022-yilda esa oktaybr oyida chiqyapti. Bunda mehnat ta'tili 7 kunga kamaytiriladimi?
  • xodim qo'shimcha dam olish kunlari vaqti o'z hisobidan ish haqi saqlanmagan ta'tilda, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrida bo'lgan bo'lsayam, mehnat ta'tili kunlari kamaytiriladimi va h.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi PF-35-sonli Farmonni amaliyotda qo'llash yuzasidan qo'shma xat shaklida tushuntirish ishlab chiqishligini so'rab qolamiz. Shuningdek, bugungi kundagi mavjud zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda zum yoki telegram ijtimoiy tarmog'ida majlis o'tkazilishi va unda nafaqat poytaxt, balki viloyatlardagi mazkur masalaga aloqador shaxslar ham ishtirok eta olishini ta'minlash maqsadga muvofiqdir.


O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining PF-35-sonli Farmonni amaliyotda qo'llash yuzasidan tushuntirishi

O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining PF-35-sonli Farmonni amaliyotda qo'llash yuzasidan tushuntirishi













Report Page