Medcloud Scholarship - Graduate | Maryam
MedcloudMening ismim Maryam, men tibbiyot universitetining 5-kurs talabasi. 2025-yil iyun oyida men Medcloud kurslariga 3 oylik obuna yutib oldim va ushbu hisobotda o‘z taassurotlarim bilan bo‘lishmoqchiman.
Men Medcloud dasturi haqida ilk bor USMLE ga tayyorlanayotgan boshqa talabalar tavsiyasi orqali bildim. Ariza topshirishga meni Step 1 ga tayyorgarlik uchun aniq yo‘riqnoma va sifatli resurslarga ega bo‘lish istagi undadi.
Men bir tadbirda ishtirok etdim, u yerda Medcloud bir talabaga kitob sovg‘a qilmoqchi edi. Kitob menga nasib etmadi, ammo men 3 oy davomida Medcloud resurslaridan bepul foydalanish imkoniyatini qo‘lga kiritdim.
O‘qitish uslublari va Medcloud yordami
Medcloud menga aniq o‘quv rejasi va tayyorgarlik materiallarini taqdim etdi. Men video-ma’ruzalar va savollar bankidan foydalandim, bu esa o‘qishimni yanada tizimli va samarali qildi. Kurslar o‘qish tartibimga ham ta’sir ko‘rsatib, muntazamlik va intizomni shakllantirishga yordam berdi.
Mening rejalarim quyidagicha edi: avval video-ma’ruzani ko‘rib chiqish, konspekt qilish va mavzuni tushunish, keyin esa mashq savollariga o‘tish. Xatolarni tahlil qilgach, keyingi mavzuni o‘rganishda davom etdim. O‘qituvchi materialni juda tushunarli tarzda tushuntirardi va murakkab mavzularni ham sodda qilib yetkazib bera olardi.
Menga eng katta ilhom manbai — Medcloud talabalarining o‘zi, ya’ni allaqachon imtihon topshirib, rezidenturaga kirganlar. Ularning orzu-havaslarini qanday amalga oshirganlari haqidagi hikoyalarini eshitish menga juda yoqadi. Stereotiplarga to‘la muhitda ulg‘aygan bir qiz sifatida bu men uchun katta motivatsiya bo‘ldi. Men ham imtihonlarni topshirib, orzularimni amalga oshirishga chin dildan umid qilaman. Ma’ruzalarni tinglash imkoniyati uchun tashakkur — men juda ko‘p yangi narsalarni o‘rgandim va bu haqiqatan ham samarali bo‘ldi. Alohida minnatdorchilik Farhod aka va uning jamoasiga — bu imkoniyatni haqiqatga aylantirgani uchun.
Umuman olganda, Medcloud dasturi Step 1 ga tayyorgarligimda katta ta’sir ko‘rsatdi. U menga ishonch, intizom va oldinga borish uchun zarur resurslarni berdi.
Kelajakdagi ishtirokchilarga maslahat
Mening maslahat — agar sizda Medcloud ga qo‘shilish imkoniyati bo‘lsa, albatta foydalaning! Bu sizning tayyorgarlik yo‘lingizni haqiqatan ham o‘zgartirishi mumkin. Agar ikkilanayotgan bo‘lsangiz, qatnashishni qat’iy tavsiya qilaman — chin yurakdan maslahat beraman!
Yaqinda imtihonni topshirgan talabalar hisoboti:
- USMLE STEP 1 - PASS | Madina
...Har kimning ichida ichki turtgich bor: kimdir uni tez topadi, kimdir asta-sekin ochadi. Lekin aynan o‘sha “nimadir” sinov paytida hal qiluvchi bo‘ladi.
2. USMLE STEP 1 - PASS | Vladislav
...USMLE — bu iste’dod haqida emas. Bu — kundalik mehnat, taslim bo‘lmaslik va xatolarni muvaffaqiyat sari zinapoyaga aylantirish haqida.
3. USMLE STEP 1 - PASS | Savronbek
...Bu yo‘lga kirgan har bir stepteyker bebaho
Yangi tanlovlarda ishtirok etish uchun bizning ijtimoiy tarmoqlarimizga obuna bo‘ling:
Veb-sayt: https://www.medcloud.uz
Telegram: https://t.me/medcloud
Telegram bot: https://t.me/medcloudsbot
Instagram: https://www.instagram.com/medcloud_uz