Medcloud Scholarship - Graduate | Malika
MedcloudSalom! Men TMA 5-kurs talabasi, Asqaraliyeva Malika. 2025-yil iyun oyida men Medcloud kurslariga 3 oylik obunani yutib oldim va ushbu hisobotda o‘z taassurotlarim bilan bo`lishmoqchiman.
Umumiy hisobda men qariyb bir yildan buyon Medcloud platformasida shug‘ullanib kelaman (tayyorgarlik jarayonida kichik tanaffuslar bo‘lgani uchun muddat shunday cho‘zildi). Dastur haqida men Medcloud kanalidan bildim. Avvaliga o‘z kuchimga juda ko‘p shubhalandim, chunki ilgari deyarli hech qanday tanlovlarda qatnashmaganman va albatta yutib ham ko‘rmaganman. Shuning uchun grantni yutganim haqidagi xabar men uchun ulkan quvonch va kuchli motivatsiya bo‘ldi.
USMLE ga qiziqishim menda 3-kursdayoq paydo bo‘lgan. O‘shanda men birinchi marta Medcloud haqida eshitib, qo‘shilishka qaror qilganman. Step imtihonlarini topshirish istagim haqiqiy professional bo‘lish va AQSh tibbiyotini chuqurroq o‘rganish orzusi bilan bog‘liq.
Grant va ta’limga tayyorgarlik
Medcloud menga eng avvalo ortiqcha qo‘rquvlar va kelajak haqidagi “shovqin”lardan xalos bo‘lishimga yordam berdi. Men bilimlarimga ancha ishonchliroq bo‘ldim. Kurslar barcha zaruriy materiallarni taqdim etadi — ular aniq tuzilgan va ortiqcha ma’lumotlarsiz. Video-darslar sodda, tushunarli va qiziqarli, shu sababli o‘qish aslo zerikarli emas.
Medcloud qo‘llab-quvvatlaydigan o‘qitish usullari
Menga yoqqan jihati shuki, dasturda turli formatlar uyg‘unlashgan: nazariy mashg‘ulotlar, videolar, qo‘shimcha materiallar. Bularning barchasi bilimlarni mustahkamlashga va tayyorgarlikni izchil hamda samarali qilishga yordam beradi.
Medclouddagi muammolar va qo‘llab-quvvatlash
Tayyorgarlik jarayonida jiddiy qiyinchiliklarga duch kelmadim. O‘qituvchilar har doim materialni iloji boricha sodda va samimiyat bilan tushuntirishga intilishadi. Ularning talabalar uchun jarayonni yengillashtirish istagi sezilib turadi. Bu esa ma’naviy jihatdan katta qo‘llab-quvvatlaydi.
Kelajakdagi ishtirokchilarga maslahat
Agar siz USMLE ga tayyorlanmoqchi bo‘lsangiz, Medcloud kurslari haqiqatan ham “oltinday qimmatli”. Kuchingizga shubhalansangiz ham, sinab ko‘rishdan qo‘rqmang.
Xulosa
Umuman olganda, Medcloud mening tayyorgarligimga katta ta’sir ko‘rsatdi: men o‘ziga ishonchliroq, xotirjamroq bo‘ldim va o‘qishda aniq yo‘nalishga ega bo‘ldim. Talabalarga shu qadar samimiyat bilan yordam beradigan insonlar bilan tanishganimdan chin dildan xursandman.
Yaqinda imtihonni topshirgan talabalar hisoboti:
- USMLE STEP 1 - PASS | Madina
...Har kimning ichida ichki turtgich bor: kimdir uni tez topadi, kimdir asta-sekin ochadi. Lekin aynan o‘sha “nimadir” sinov paytida hal qiluvchi bo‘ladi.
2. USMLE STEP 1 - PASS | Vladislav
...USMLE — bu iste’dod haqida emas. Bu — kundalik mehnat, taslim bo‘lmaslik va xatolarni muvaffaqiyat sari zinapoyaga aylantirish haqida.
3. USMLE STEP 1 - PASS | Savronbek
...Bu yo‘lga kirgan har bir stepteyker bebaho
Yangi tanlovlarda ishtirok etish uchun bizning ijtimoiy tarmoqlarimizga obuna bo‘ling:
Veb-sayt: https://www.medcloud.uz
Telegram: https://t.me/medcloud
Telegram bot: https://t.me/medcloudsbot
Instagram: https://www.instagram.com/medcloud_uz