Maktabga tashrif

Maktabga tashrif


Bugun Matematika fakulteti Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan muovini M.Mamatqulov, tyutor O.Jumaniyozova, Respublika va Xalqaro fan olimpiadalar g’olibi N.Nabixonov, fakultet Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti yetakchisi X.Ma’rufjonovlar fakultetga biriktirilgan Olmazor tumani Mustaqil Yurt MFYga tashrifi amalga oshirildi.

Mahorat darsi

Tashrif davomida MFY Yoshlar yetakchisi J.Tursunov bilan suhbat olib borilib, mahalla hududida joylashgan 134-maktabga borildi. Maktab o’quvchi yoshlari uchun fakultet iqtidorli talabasi N.Nabixonov tomonidan master klass dars mashg’uloti o’tkazildi!

hamkorlik

Tashrif yakunida MFY raxbariyati hamda 134-maktab ma’muriyati bilan kelgusida amalga oshiriladigan ishlar rejasi kelishib olindi.

Report Page