"Leaders" jamoasi haqida | О команде "Leaders"

"Leaders" jamoasi haqida | О команде "Leaders"

"Leaders"


🇺🇿O'zbek tilida o'qish uchun👈

🇷🇺Читать на русском языке👈


Assalomu alaykum!


📜Mana Xudoga shukurkim bir yoshga ham to'ldik, ana endi bir-ikki narsalarni gapirsak ham bo'lsa kerak.


Qisqagina holda jamoa haqida tanishtirib o'tamiz, hamda yangi qo'shilgan fanlar bo'yicha kanal hamda guruhlarni keltirib o'tamiz.



🇺🇿O'zbek Tibbiyot Talabalaridan tashkil topgan "Leaders" jamoasi.


📆Jamoa rasman 28.05.2020y. sanasida tashkil topgan.


Savol bo'lishi mumkin nega aynan "Leaders" ?!


Ya'ni Yetakchilar, hech qanday qo'shimchasiz.


•Jamoa boshida 8 ta guruh bilan birgalikda tashkil topgan, hozirda bu guruhlar soni ortgan, Insha'Allah bundan keyin ham ortib boradi.

•Jamoada Tibbiyotga endi qadam qo'ygan 1-kurs talablaridan tortib, bitiruvchi kurs Talabalarigacha Liderlar mavjud.

•Va aynan qaysidir Institut yoki shaxs nomi bilan bog'liq emas, O'zbekistonda mavjud bo'lgan deyarli barcha Tibbiyot OTM vakillaridan Liderlar mavjud, shuningdek aynan bir fakultet miqyosida ham emas.


🏥Toshkent Tibbiyot Akademiyasi
🏥Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch Filiali
🏥Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Termiz Filiali
🏥Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Farg'ona Filiali
🏥Andijon Davlat Tibbiyot Instituti
🏥Buxoro Davlat Tibbiyot Instituti
🏥Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti
🏥Qoraqolpog'iston Tibbiyot Institutu
🏥Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti
🏥Toshkent Davlat Stomatologiya Instituti
🏥Toshkent Davlat Farmatsevtika Instituti
Insha'Allah bu qator hali kengayib boradi...


🌐Liderlar - nafaqat Tibbiyot sohasida, o'z fanlarini o'zlashtirishda yetakchi:
°Hayotda ham
°Sportda ham
°Oilada ham
°Odamgarchilikda ham
°Tashkiliy ishlarda ham
°Uy ishlarida ham
°Dala ishlarida ham :)
Xullas barchasini o'z o'rniga qo'yadigan Talabalar jamoasi, mana shuning uchun ham jamoa nomi aynan "Leaders".


•Jamoa faoliyati kichik-kichik guruhlar tashkil qilingan holda, tegishli fan bo'yicha, mavzularni muhokama qilish, shu mavzu bo'yicha materiallar tayyorlash va erkin fikr orqali mavzu mohiyatiga imkon qadar chuqurroq yondashish orqali o'raganiladi va bu bilimlarni umumiy kanal va guruhlarda ulashib boriladi.


Nafaqat tayyor materiallardan foydalanadi, har bir Lider o'zi uchun konspekt hamda uning izohini tayyorlaydi.


📜Har bir jamoa a'zosiga bir narsa ta'kidlab o'tilgan:


"Hech kim bizdan kuchli emas, shunchaki avval boshlagan yoki koʻproq oʻqigan va uqgan".


Bu fikrlarni kichik doirada emas, butun jahon miqyosidagi o'z tengdoshlarimizga nisbatlab olganmiz, hamma biz kabi inson, kuchli bilimga ega ekani, bizdan ko'ra ko'proq mehnat qilgani, shunga yarasha ilmdan o'zga narslardan kechgani (balki ma'lum vaqtga), o'rganayotgan narsasiga chin dildan yondashganining samarasi deb bilamiz va qo'limizdan kelgancha biz ham harakat qilamiz Insha'Allah.



Faqatgina "Leaders" jamoasi a'zolari mavjud bo'lgan, shaxsiy kanal.



📊Maqsad


•Maqsad avvalo ilmda o'zimizni isloh qilish (jamoa bo'lib)

•So'ngra Yurtimiz Tibbiyoti rivojlanishiga kichik bo'lsa-da sababchilardan bo'lish

•Dunyo miqyosida barchaga birdek foydasi tega oladigan Tibbiyot vakili bo'lib yetishib chiqish

•Barcha Tibbiyot sohasi vakillari bilan fikr-mulohaza almashinish.



Qo'limizdan kelgancha maqsadga erishish uchun birgalikda harakat qilamiz.


Yuqoridagi fikrlarni "Tushida ko'rib aytyapti shekilli" - deganlar. Insha'Allah bu maqsadlarning kichik bo'lsada qismiga erishganimiz-da, bunga erishish uchun tunlari uyqudan kechganimizni va "Tush ko'rmaganimiz"ni guvohi bo'lishadi, Yaratganning o'zi kuch-quvvat bersin va shu kunlarga yetkazsin.


🎯 Bu kichik maqsadlarimizdan, oldimizdagi katta maqsadlarimizni vaqti kelsa bayon etamiz Insha'Allah.


🌐Leaders Jamoasi tarkibida hozirda mavjud bo'lgan bazaviy kanal, hamda uning muhokama guruhlari:


📎Umumiy kanal:

Leaders official


📎Farmakologiya:

Kanal | •Discuss guruh


📎Фармакология:

Канал | •Дискуссионная группа


📎Normal Fiziologiya:

Kanal | •Discuss guruh


📎Нормальная Физиология:

Канал | •Дискуссионная группа


Fanlar kesimi ortib borayotganini bilmoqchi bo'lsangiz umumiy kanal orqali bilasiz. Hozircha rus va o'zbek tilidagilari, Insha'Allah boshqa tillarda ham tashkillanib, fikr almashinuv doirasi kengaytirib boriladi.



Hozirda mavjud kanallar (va uning muhokama guruhlari). 📎Linklari yuqorida keltirildi.



📜Xulosa



Bu aforizm shunchaki tasdiq xolos, haqiqiy isbotni amalda ko'riladi.



⏹️Eng so'ngiga kelganda siz uchun kerakli qismini keltirib o'tiladi.


Agar sizga boshlash (yoki davom etish) uchun kuch yetishmayotgan bo'lsa jamoa topib birlashing va kuchli bo'ling, aynan bizga qo'shiling deb da'vat qilmaymiz, bu hammasi ixtiyoriy, Yaratgan ko'nglingizga solgan ishni qiling, qachondir boshlasangiz ham oxirigacha boring, qaytmang, qandaydir kuch kamlik qilsa mana biz ham siz bilanmiz, Qaysi davlat, qaysi millat, qaysi jins va qaysi irq bo'lishingizdan qat'iy nazar Tibbiyot Ilmi yo'lida sizni holis qo'llaymiz va bundan hech qanday moddiyat ko'zlamaymiz Insha'Allah.


Unutmang "Hech kim sizdan kuchli emas..."


Jamoa Shiori:👉KuCh-Birlikda👈


Ajratgan vaqtingizga rozi bo'ling!



🎞️🎼Eng yaxshi musiqa va unga ishlangan rolik

Tasvirni sifatli holda ko'rish uchun📎: Video 👈



Ulanish uchun Link📎: Leaders.uz



Report Page