📊Effektiv taqdimot tayyorlash | Эффективная подготовка презентации | Preparing an effective presentation.

📊Effektiv taqdimot tayyorlash | Эффективная подготовка презентации | Preparing an effective presentation.

"Leaders"

🇺🇿O'zbek tilida o'qish uchun 👈

🇷🇺Для чтения на русском языке👈

🇬🇧For reading in English language 👈


Assalomu alaykum!


Birinchi bor ommaviy maqola yozayotganimiz uchun, xato va kamchiliklar bo'lsa ma'zur tutasiz.


♻️O'rganish va o'rgatish jarayoni, bu ikki jarayon bir-birini kompleks tarzda to'ldirib keladi.


📃Yuqoridagi piramida sizni o'rganishda qaysi uslublardan foydalansangiz qanday effekt berishi haqida, bundan eng yuqori ko'rsatkich "o'rgatish", ya'ni kimnidir ilm olishiga sababchi bo'lish.


📜O'rgatish jarayonida siz tanlagan uslub, sizdan ilm olayotganlarning o'zlashtirish effektini baholaydi.


•Siz matn ko'rinishidagi taqdimot tayyorlasangiz, uni o'qib o'rganish uchun havola etishingiz kerak (1-xolat).


•Matnga qo'shimcha rasm va/yoki sxemalardan foydalansangiz, leksiya o'qish jarayoningizda sizni effektiv tushuntirish imkoningizni oshiradi (2-xolat).


•Rasm va sxemalarga qo'shimcha tarzda matn (izoh) lardan foydalansangiz leksiya orqali erishish mumkin bo'lgan effektni imkon qadar maksimalga yetkazib beradi (3-xolat).


Yuqoridagi 3-xolatga videoroliklarni ham qo'shish mumkin. Lekin tayyor holatdagi videolarni emas, chunki ularning o'zi alohida bir taqdimot.


Nega 3-xolat nisbatan eng maksimal effekt beradi?


Imkon qadar barchamiz uchun tushunarli bo'lgan misol keltiramiz.


⚖Buyuk Sarkarda Amir Temur


Biz Tibbiyot sohasi vakili bo'lganimiz uchun Yuqoridagi rasmga qarab Ot ustida turgan Amir Temurni ko'ryotganimizni. Uning holatlarini ta'riflay olamiz xolos, chunki bizning mutaxassisligimiz Tarixshunos yoki Muzeyshunos emas.


Endi Haqiqiy mutaxassis ta'rifini ko'rsak.


Haykal Amir Temurning o‘tirgan holatini ifoda etadi. Hukmdor jangovar kiyimda, go‘yoki g‘alabali yurishdan qaytmoqda, chap qo‘li bilan olovli otini jilovlamoqda xuddiki davlat nazorati va xavfsizligini o'z qo'liga olgani kabi, o‘ng qo‘li uni kutib olayotgan odamlar uzra ko‘tarilgan va mamlakatda tinchlik, osoyishtalik hukm surishini ma’lum qilmoqda. Hukmdorning viqorli salobati va yarim bukilgan qo‘li farovonlik va taraqqiyot ramzidir. Otning 3 oyog'i yerda ekani Amir Temur barpo etgan davlat bayrog'ida ham 3 xalqa bor ekani bilan uyg'un, buning qaysidir jihatdan 3 qit'ani bosib olgani bilan ham bog'lanadi.


Mana yuqoridagi Ta'rifni o'qidik, e'tibor bering o'qidik. Yuqoridagi rasmga qarab bu ma'lumotlarni bila olmagan edik, mana shu kichik ta'rifning o'ziyoq taqdimot va uning izohida mutaxassis ahamiyatini ko'rsatib beradi, ya'ni taqdimot uchun mutaxassis fikri zarur ekanini bildiradi.


Taqdimot uchun tanlangan 1 chi va 2 chi uslubda (ko'proq matnga e'tibor berilganda) esa ilm oluvchi mutaxassissiz ham uni tushunib oladi.


O'rganishning samarali ko'rsatkichlari



📜Xulosa


Bu fikrlar Tibbiyot sohasidagi talabalar nuqtai nazari bilan yoritildi, bu uslubni boshqa sohalarda ham effektli ekanini ko'rish mumkin, va bizning fikrimiz matn ma'lumotlaridan foydalanmaslik emas, leksiyada qanday taqdimotdan foydalanish effektli ekani haqida edi xolos. Bu albatta bizning shaxsiy fikrlarimiz, qayerdadir bu fikrlar inkor etilsa yoki fikrlarga mos kelmasa, u fikrlarga qarshi fikr ekan deb qabul qilmaysiz.


📊Foydali taqdimot tayyorlaganingizdan so'ng, uni yetkazib berishingiz uchun kichik ko'nikma.

Video link📎


Ajratgan vaqtingizga rozi bo'ling!


O'zbek Tibbiyot Talabalari tomonidan tuzilgan "Leaders" jamoasi.


Ulanish uchun link📎: Leaders.uz



Report Page