Danning-Kryuger effekti

Danning-Kryuger effekti


Danning-Kryuger effekti haqida eshitganmisiz?


Ushbu ikki olimning nomiga qo‘yilgan bu nazariyaning asosiy mohiyati shundaki, odamlarda kognitiv xato ko‘rish mavjudligini aniqlashgan. Yaʼni biron bir sohada kam ilm va tajribaga ega insonlar odatda ushbu sohada nimalarni bilmasligini anglamaganlari uchun o‘ziga ishonchi baland bo‘ladi, va buning aksi, ilm va tajriba yig‘ishi bilan odam qancha kam bilishini anglay boshlagach, o‘ziga ishonch kamayib boraveradi. Eng qizig‘i atrofdagilar xam kam bilishini anglashadi degan fikr o‘rnay boshlaydi va o‘ziga ishonch yanada paslayveradi. 


Ushbu effektni hayotimizda ko‘p ko‘rsak bo‘ladi, o‘zimizda, farzandlarimizda. Men bu effektni tadbirkorlarda xam ko‘p ko‘raman (ayniqsa yoshlarda), baʼzida umuman yangi proyekt, yangi sohaga qo‘rqmasdan kirib ketishadi. Vaqt o‘tgach, bilim va tajriba ortirgach, o‘sha tadbirkordan hozir shu loyihaga kirgan bo‘larmidingiz deb so‘rasam yo‘q degan javob keladi:) Ushbu yosh tadbirkorlarda manashu ilm va tajriba yetmasligi qaysidir maʼnoda ularning yutug‘idir, chunki ilm va tajriba bo‘lganida hozirda rivojlanib ketgan ko‘plab proyektlar balki bo‘lmasmidi…


Ozroq ilm va tajribaga ega insonlarga eng qiyini, chunki hali ilm va tajribasi uzoqni ko‘roladigan darajada ko‘p emas, lekin ko‘p narsalarni bilmasligini anglagan payti va o‘zining ilmiga va umuman o‘ziga ishonchi tushgan payti? Va ushbu paytlarda yangi loyihalar ochilishi juda kam bo‘lsa kerak. Imkon qadar ushbu davrdan tezroq o‘tish taraddudida bo‘lishi kerak odam. Qanday? Eng avvalo yuqoridagi “grafikda” qayerdaligimizni anglash orqali va soha haqida imkon qadar tezroq ilm va maʼlumotlar olish orqali.


Siz qanchalik ushbu gaplarga qo‘shilasiz?


©️Azizjon Gapparov, Marketolog, Biznesni tizimlash bo’yicha konsultant, BNC rahbari va asoschisi. PDP Ecosystem strategik rivojlanish bo’yicha maslahatchi


Blog: @OdilbekMirzayev


Report Page