CEFR B2

CEFR B2

Shaxzod To'rayev

Xalq tilida 'CEFR B2' deb yuritiladigan chet tilini bilishning B2 darajasi haqida umumiy ma'lumot.

B2 darajadagi talabgor:

- mavhum va konkret mavzulardagi murakkab matnlarni, shu jumladan mutaxassislikka oid matnlarni tushuna oladi.

- tayyorgarliksiz ravon gapira oladi.

- xorijiylar bilan muloqot qilish jarayonida ikkala tomon uchun ham qiyinchilik tug‘dirmaydigan darajada tez gaplashadi.

- turli mavzularda aniq, batafsil xabarlar tuza oladi.

- muammoga o’z fikrini bildirib, turli fikrlarning afzalliklari va kamchiliklarini ko’rsata oladi.


B2 daraja imtihoni 3 soat 20 daqaiqa davom etadi va quyidagi bo‘limlardan iborat:

1-bo‘lim: Tinglab tushunish (taxminan 35 daqiqa / 4 qism / 30 savol)

2-bo‘lim: O‘qish (1 soat / 3 qism / 30 savol)

3-bo‘lim: Leksik va grammatik kompetensiyalar (30 daqiqa / 3 qism / 30 savol)

4-bo‘lim: Yozish (1 soat / 2 topshiriq)

5-bo‘lim: Gapirish (15 daqiqa / 3 qism / 30 ball)


1-bo‘lim: Tinglab tushunish (taxminan 35 daqiqa / 4 qism / 30 savol)

Tinglab tushunish bo‘limida har bir matn ikki martadan eshittiriladi va matn eshittirilishidan oldin matnga tegishli savollar bilan tanishib chiqish uchun 30 soniya vaqt beriladi.


Matn turi: bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan qisqa dialoglar, e’lon va xabarlar, radio va tele-reportajlardan parchalar.

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: umumiy mazmunni tushunish uchun tinglash.

Savollar turi: yopiq test.


Matn turi: dialog(ijtimoiy mavzulrdagi muloqot)

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: ayrim ma’lumotlarni olish va tafsilotlarni tushunish uchun tinglash.

Savollar turi: yopiq test.


Matn turi: radio- va tele – reportajlar, intervyular.

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: radio, internet va televideniye dasturlari, intervyularning aksariyat qismini tushunish.

Savollar turi: yopiq test.


Matn turi: ma’ruzalar, bayonotlar, taqdimotlar, munozaralar hamda ilmiy va ixtisoslikka oid boshqa turdagi nutqlar.

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: keng kolamli nutq va murakkab fikrlar bayonini kuzatib tushunish, ilmiy va ixtisoslik taqdimotlari mohiyatini tushunish.

Savollar turi: yopiq test.


2-bo‘lim: O‘qish (1 soat / 3 qism / 30 savol)

Matn turi: zamonaviy badiiy matndan parcha (matn hajmi - taxminan 800 so‘z).

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: chet tilidagi autentik matnning tafsilotlarini tushunish.

Savollar turi: yopiq test.


Matn turi: murakkab ommabop materiallar - gazeta, jurnal, Internet maqolalari (matn hajmi - taxminan 800 so‘z).

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: kattaroq hajmdagi maqolalardan tegishli ma’lumotlarni ajrata olish.

Savollar turi: yopiq test; gapni tugallash.


Matn turi: murakkab ilmiy-ommabop materiallar – kasbiy sohalarga oid kattaroq hajmdagi maqola va ma’ruzalar (matn hajmi - taxminan 800 so‘z).

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: chet tilidagi murakkab matnlarning tafsilotlarini tushunish va tegishli matnlarni ajrata olish, tanish va notanish mavzulardagi matnlarning ayrim jihatlarini tushunish.

Savollar turi: yopiq test (to‘g‘ri/noto‘g‘ri/berilmagan); moslashtirish.


3-bo‘lim: Leksik va grammatik kompetensiyalar (30 daqiqa / 3 qism / 30 savol)

Matn turi: ommabop matn (matn hajmi - taxminan 200 so‘z).

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: leksik birliklarni (polisemik so‘zlar va sinonimlarni) berilgan kontekstda to‘g‘ri qo‘llay olish.

Savollar turi: yopiq test.


Matn turi: ilmiy matn (matn hajmi - taxminan 100 so‘z).

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: murakkab sintaktik strukturalarni to‘g‘ri qo‘llay olish.

Savollar turi: grammatik xatolarni topish.


Matn turi: badiiy matn (matn hajmi - taxminan 150 so‘z).

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: so‘z turkumlarining turli morfologik shakllarini va leksik birliklarni berilgan kontekstda to‘g‘ri ishlatish olish.

Savollar turi: yopiq test (tushirib qoldirilgan so‘zlarni qo‘yish.


4-bo‘lim: Yozish (1 soat / 2 topshiriq)

berilgan vaziyat va tayanch savollar asosida rasmiy xat yozish (150 so‘z / 10 ball).

berilgan muammoli mavzu yuzasidan esse yozish (250 so‘z / 20 ball).


5-bo‘lim: Gapirish (15 daqiqa / 3 qism / 30 ball)

kundalik va mavhum mavzularda savol-javob.


berilgan mavzu bo‘yicha taqdimot qilish, fikr bildirish va asoslash.


maqolani umumlashtirish, xulosa qilish, berilgan mavzuga oid qarash yoki fikrlarni rivojlantirish, misollar keltirish orqali dalillash.


CEFR B1 haqida umumiy ma'lumot



👉 Kanal: @shaxzodtorayev

Report Page