CEFR B1

CEFR B1

Shaxzod To'rayev
Cefr levels

Xalq tilida 'CEFR B1' deb yuritiladigan chet tilini bilishning B1 darajasi haqida umumiy ma'lumotlar:

B1 darajadagi talabgor:

-ommabop tanish mavzulardagi matnlarda muayyan ma’lumotlar olish uchun o‘qib, tushuna oladi;

- shaxsiy hayot mavzularida qaydlar va xabarlarni yoza oladi;

- shaxsiy qiziqishlar, kundalik hayot mavzularida suhbat qiladi;

- ommabop masalalar boyicha ma’lumot bera oladi va fikrini bildiradi.


B1 daraja imtihoni 3 soat 5 daqaiqa davom etadi va quyidagi bo‘limlardan iborat:

1-bo‘lim: Tinglab tushunish (30 daqiqa / 4 qism / 30 savol)

2-bo‘lim: O‘qish (70 daqiqa / 4 qism / 30 savol)

3-bo‘lim: Leksik va grammatik kompetensiyalar (30 daqiqa / 3 qism / 30 savol)

4-bo‘lim: Yozish (45 daqiqa / 2 topshiriq / 30 ball)

5-bo‘lim: Gapirish (15 daqiqa / 3 qism / 30 ball)


1-bo‘lim: Tinglab tushunish (30 daqiqa / 4 qism / 30 savol)

Tinglab tushunish bo‘limida har bir matn ikki martadan eshittiriladi va matn eshittirilishidan oldin matnga oid savollar bilan tanishib chiqish uchun 30 soniya vaqt beriladi.


Matn turi: ommabop tanish mavzularda 10 ta qisqa monologlar, har bir monologning davomiyligi 30 soniya.

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: aniq normativ nutqning asosiy ma’nolarini tushunish.

Savollar turi: moslashtirish.


Matn turi:: davomiyligi 3 daqiqali ommabop tanish mavzularda dialog.

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: muayyan ma’lumotlar olish uchun tushunish va ma’lumotlarni to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini aniqlay olish.

Savollar turi: yopiq test.


Matn turi: davomiyligi 3 daqiqali shaxsiy qiziqish va kasb-hunarga oid sodda tele yoki radio dastur.

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: muayyan ma’lumotlar olish uchun tushunish.

Savollar turi: yopiq test.


Matn turi: monolog-prezentatsiya.

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: muayyan ma’lumotlar olish uchun tushunish.

Savollar turi: yopiq test.


2-bo‘lim: O‘qish (70 daqiqa/ 4 qism / 30 savol)


Matn turi: chet tili muhitida kundalik hayotda uchraydigan qisqa matnlar: e’lon, reklama (3-4 jumla), asbob-uskunalar va qurilmalarni ishlatish bo‘yicha yozma yo‘riqnomalardan parcha (4-5 jumla), xatlar, elektron xatlardan parcha (5-6 jumla), gazeta va internet matnlardan parcha (6-7 jumla).

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: chet tilidagi materiallarning umumiy mazmunini tushunish.

Savollar turi: yopiq test.


Matn turi: ommabop materiallar - gazeta, jurnal, internet maqolalari.

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: gazeta va internet matnlarida tegishli fikrlarni tushunish.

Savollar turi: yopiq test: to‘g‘ri/noto‘g‘ri/berilmagan.


Matn turi: ommabop materiallar – qisqa hikoya.

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: ommabop matnlarning asosiy fikr va detallarni tushunish.

Savollar turi: yopiq test (savol va 4 ta javob varianti).


Matn turi: ommabop materiallar – ensiklopediya yoki internet manbalaridan olingan matn.

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: matndagi asosiy fikrni tushunish.

Savollar turi: moslashtirish.


3-bo‘lim: Leksik va grammatik kompetensiyalar (30 daqiqa / 3 qism / 30 savol).


Matn turi: ommabop matn (matn hajmi - 150 so‘z).

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: leksik va grammatik birliklarni berilgan kontekstda to‘g‘ri ishlata olish.

Savollar turi: yopiq test (tushirilib qoldirilgan so’zni berilgan 4 muqobil variantdan tanlash).


Matn turi: ommabop matn (matn hajmi - 150 so‘z).

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: so‘z turkumlarning turli morfologik shakllarini to‘g‘ri qo‘llay olish, leksik birliklarni berilgan kontekstda to‘g‘ri ishlata olish.

Savollar turi: gapdagi xatoni topish (4 muqobil variantdan togrisini tanlash, xato yoq bolgan taqdirda D tanlanadi).


Matn turi: ommabop matn (matn hajmi - 150 so‘z).

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: so‘z turkumlarning turli morfologik shakllarini to‘g‘ri qollay olish, leksik birliklarni berilgan kontekstda to‘g‘ri ishlata olish.

Savollar turi: yopiq test (tushirilib qoldirilgan sozni berilgan 4 muqobil variantdan tanlash).


4-bo‘lim: Yozish (45 daqiqa / 2 topshiriq)

Yozma nutq bo‘limining maqsadi: nomzodning fikrini chet tilida yozma ravishda to‘g‘ri va ravon ifodalay olish qobiliyatini tekshirishdir.

Nomzod berilgan mavzu va tayanch savollar asosida xat yozishi lozim (60-80 soz/10 ball). Mavzuda muammo ko‘tariladi va xatda nomzodning ushbu muammo yuzasidan nuqtai nazarini bildirishi so‘raladi.

Nomzod tayanch savollar asosida berilgan mavzuda qisqa insho yozishi kerak.


5-bo‘lim: Gapirish (15 daqiqa / 3 qism / 30 ball)

Og‘zaki nutq bo‘limining maqsadi nomzodning fikrini chet tilida og‘zaki tarzda to‘g‘ri va ravon ifodalay olish qobiliyatini tekshirishdir.


shaxsiy qiziqishlarga oid yoki tanish, kundalik mavzularda tayyorgarliksiz suhbat; ommabop masalalar boyicha ma’lumot bera olish va fikrni bildirish. Bunda suhbat tarzida talabgorga kundalik mavzularda, shaxsiy hayotiga oid savollar beriladi va talabgor berilgan savollarga tayyorgarliksiz javob bera olishi lozim.

Bu qism 4 daqiqa davom etadi.


Talabgorga berilgan muammoli vaziyat asosida 2 daqiqali monolog tuzishi talab qilinadi. Talabgor nutqi davomida muammoga o‘z yondashuvi (muammoga yechim)ni ifodalashi kerak. Savollar nomzodning shaxsiy hayotiga oid mavzulardan olinishi kerak.

Talabgorga tayyorgarlik uchun 1 daqiqa vaqt beriladi.


Talabgorga 2-qism (monolog) mavzusidan kelib chiqqan holda qo`shimcha savollar beriladi. Talabgorga tayyorgarlik uchun vaqt berilmaydi. Og‘zaki nutq bo‘limi ikki nafar imtihon oluvchi tomonidan o‘tkaziladi.


CEFR B2 haqida umumiy ma'lumot



👉 Kanal: @shaxzodtorayev

Report Page