Botdan foydalanish qo'llanmasi

Botdan foydalanish qo'llanmasi


1-chi qadam

@UzbekVoicebot kirishingiz bilan start tugmasini bosing

2-chi qadam

Ro'yxatdan o'tish tugmasini bosing

3-chi qadam

To'liq ism-sharifingizni yozib jo'nating(misol uchun Anvar Kamolov)

4-chi qadam

Raqamni jo'natish tugmasini bosing

5-chi qadam

Jinsingizni belgilang va tugmani bosing

6-chi qadam

Shevangizni belgilang va tugmani bosing

7-chi qadam

Yoshingiz oralig'ini tanlang

8-chi so'ngi qadam

Ona-tilingizni tanlang



Ovoz yozish tugmasini bosib turgan holatda matnni o'qing va botga jo'nating.
Undan so'ng ovozli ma'lumot to'g'ri yozilgan bo'lsa To'g'ri✅ belgilang noto'g'ri bo'lsa Noto'g'ri❌ belgilang va jo'natish tugmasini bosing.
Iltimos agar matnda grammatik xato yoki boshqa tushunarsiz belgillar bo'lsa Xabar berish tugmasini bosing, muammoni turini tanlang va jo'natish tugmasini bosing.
Agar talaffuz qilishga qiynalgan so'zlaringiz bo'lsa Tashlab ketish tanlang va jo'natish tugmasini bosing.


Ovozli ma'lumotni tinglab ko'ring, agar ovozli ma'lumot to'g'ri yozilgan bo'lsa To'g'ri✅ tugmasini noto'g'ri bo'lsa Noto'g'ri belgilang va jo'natish tugmasini bosing.
Iltimos agar nutqda haqoratli nutq yoki matnga to'g'ri kelmaydigan ovozli ma'lumot bo'ladigan bo'lsa Xabar berish bosing, Haqoratli nutq tanlang va jo'natish tugmasini bosing.
Agar ovozli ma'lumotda odam biron so'zni aytishda qiynalgan bo'lsa, Xabar berish bo'limdan Talaffuz muammosini tanlang va jo'natish tugmasini bosing.


Lider ro'yxati ikki bo'limga bo'linadi biri eng yaxshi Matn o'quvchilar biri esa eng yaxshi Tekshiruvchilar.
Eng yaxshi Matn o'quvchi hamma qoidalarga amal qilgan va yozgan ovozli ma'lumotlari boshqalarnikiga qaraganda ko'proq bo'lishi lozim.
Eng yaxshi Tekshiruvchi hamma qoidalarga amal qilgan va tekshirgan ovozli ma'lumotlari boshqalarnikiga qaraganda ko'proq bo'lishi lozim.
Har bir yozilgan yoki tekshirlgan ovozli ma'lumotga 1 ball beriladi.
Har bir Noto'g'ri yozilgan yoki tekshirlgan ovozli ma'lumotdan 1 ball ayrildi.
Natijangiz so'ngida o'nlik sonlarni ko'rsangiz, bu nima digani va qanday hisoblanadi? Bu qanchalik darajada to'g'ri hisoblaganizdan dalolat.
Hisoblash formulasi:
Tekshiruvdan to'g'ri o'tkan barcha ovozli ma'lumotlar / (qoldirilib ketilganlar + Noto'g'ri bo'lganlar + Tekshiruvdan to'g'ri o'tkanlar + Xabar berilgan ) * 100%
Misol uchun: 1000 / (70 +20 +1000 + 1) * 100 = 91.6%


Matn o'qilganda har bir so'z o'qilishi shart, agarda qandaydir qo'shimchalar qo'shib o'qilgan bo'lsa, u xato hisoblanadi va ma'lum bir miqdorda bali ayriladi.
Misol uchun matnda: Men uyga bordim
Ovozli ma'lumotda: Men uyga borardim, Men uyni bordim yoki Men uyga borgandim
Keltirgan misol holatida bu ovozli ma'lumot noto'g'ri, agar shunday ovozli ma'lumotni tekshirayotgan bo'lsangiz Xabar bering bo'limida tegishli muammo turini tanlang va bizni ogoh qiling.


Agar kun hisobiga foydalunvchi 10 martadan ko'p marotaba noto'g'ri ovozli ma'lumotlar yozgan yoki tekshirgan bo'lsa usha kuni olingan ballari 0 ga aylantiriladi.
Agar kun hisobiga foydalunvchi 15-20 martadan ko'p marotaba noto'g'ri ovozli ma'lumotlar yozgan yoki tekshirgan bo'lsa, u holda u qora ro'yxatga joylashtiriladi va olingan ballari 0 ga aylantiriladi.
Agar foydalanuvchi bo'lar bo'lmas gaplarni, haqarotli nutq yoki musiqa yozgan bo'lsa biz shu foydalanuvchini qora ro'yxatga joylashtiramiz va ballarini 0 ga tenglaymiz.

Quyidagi havola orqali Tez tez so'raladigan savollar tanishib chiqishingiz mumkin bo'ladi:

https://telegra.ph/Tez-tez-beriladigan-savollar-10-29

Report Page