Tez-tez beriladigan savollar

Tez-tez beriladigan savollar


Ovozli ma'lumotlar nima sababdan yig'ilmoqda?

Ovozli yordamchi odam ovozini tushunish uchun sun'iy idrokka yetarlicha ovozli ma'lumotlar kerak bo'ladi.

Yetarlicha deganda qancha?

Umuman olganda, yaxshi ishlaydigan ovozli yordamchini qilish uchun kamida 10 ming soat ovozli ma'lumot kerak bo'ladi.

Agar men adabiy tilda gapirmasam, o'z hissamni qo'shsam bo'ladimi?

Ha, albatta! Chunki har bir viloyatning o'zining shevasi va talaffuzi bor, biz shuni inobatga olgan holatda ro'yxatdan o'tish jarayonida bilib, ma'lumotlar bazasiga saqlaymiz.

Mening shaxsiy ma'lumotlarim manfaat yo'llarida foydalanilmaydimi?

Aslo yo'q! Bizning loyiha aynan o'zbek tili ravnaqi uchun ko'zlagan bo'lib, sizning shaxsiy ma'lumotlaringiz manfaat yo'llarida foydalanmaydi.

Bu loyiha Open-source mi ?

Ha, albatta! Hamma kodlaramiz (bot, website va backend) open source, yig'ilgan malumotlar bazasi ham open source.

Agar ovozli ma'lumotda qandaydir so'z yoki harf qolib ketgan bo'lsa to'g'ri bo'ladimi?

Yo'q, albatta! Misol uchun: Matnda "Bu bola olma olayapti" , ovozli ma'lumotda " U bola olma olayapti" bo'lsa gapning ma'nosi o'zgaradi va shuning uchun Noto'g'ri deb hisoblanadi.

Matnda xatoliklar bo'lsa shundayligicha o'qish kerakmi?

Agar matnda xatoliklar bo'lsa xabar berish bo'limiga kirib Grammatik xato tugmasini bosing.

Imloviy belgilar o'qilish kerakmi?

Yo'q! Aslo o'qilishi shart emas!

Misol uchun: Men uyga bordim, keyin avtobusga chiqdim

Real bilan Barsa 2:1 (: bu belgi o'qilmaydi va 2 ga qo'shimcha qo'shilmaydi)

Valyuta belgilari o'qilishi kerakmi?

Ha, albatta! Misol uchun: Men $10 ga koptok sotib oldim

Abbreviaturalar ya'ni qisqartma so'zlar qanday o'qilishi kerak?

Qanday bo'lsa shundayligicha, aslo to'liq ma'nosi bilan o'qimang!

Misol uchun: IIB xodimi katta yo'l yoqasida to'rgan edi.

Chet tili so'zlarini qanday talaffuz qilish kerak?

Agar matnga qandaydir chet tili aralashgan bo'lsa, Xabar berish bo'limiga kirib Boshqa tillar tugmasini bosing.

Ovoz tekshirish va yozishga qancha ball beradi?

Ovoz yozishga va tekshirishga ham 1 ball dan beriladi.

Bitta odam ikki raqamdan qatnashib o'rin olsa, 2 ta sov'ga beriladimi ?

Ikkita kategoriyada yutsa ham, bitta odam bitta sovg'a oladi !




Report Page