Banu Musa aka ukalari - Mexanik daholar

Banu Musa aka ukalari - Mexanik daholar

Muhammad Ikrom

9-asrdagi 3 aka uka musulmonlarning ajoyibotlarga qiziqishini yaqqol na'munasi. Muhammad ibn Muso ibn Shokir, Ahmad ibn Muso ibn Shokir va al-Hasan ibn Muso ibn Shokir aka-uka Banu Muso deb atalgan. Bog'doddagi Bayt ul-Hikmaning a'zolari. "Aqlli qurilmalar kitobi" mualliflari. Ushbu kitobda juda murakkab bo'lgan mexanik qurilmalar o'yinchoq tarzida ko'rsatilgan. Ularni ko'p ishlari suvni boshqarish, aerostatika, pneumatika (gaz yoki bosim berilgan havoni boshqaruvchi injinerlik yo'nalishi) bo'yicha. Banu Musa aka-ukalari al-Jazarining ishlaridan qattiq ta'sirlanishgan. (Jazari haqida shu yerda o'qing : https://telegra.ph/Islom-olimlari-robototexnika-haqida-01-29). Quyida suratlarda keltirilgan rasmlar gidroquvvatli qurilmalarni asoslarini ular keltirishganligini ko'rsatadi.

Yuqorida aytilgan kitobning inglizcha tarjimasidan olindi.

Kitobning asl holidan rasm
Qon bosimini o'lchash uskunasi. (Ushbu rasm 2 xil manbada 2 xil keldi, birida Banu Musa va ikkinchisida al-Jazariy)

Ularning ixtirolari ichida chiroqlarning har xil turlari, mexanik boshqaruv qurilmalari, avtomatik kranlar, boshlang'ich suv bosimini o'lchash qurilmalari, avtomatik fontanlar, musiqiy mexanik uskunalar, suv dispanserlari va boshqalar mavjud. Ular tugmani bosish orqali issiq suv tushadigan qurilma yasashdi. Daryo, dengizlardan narsalar olish uchun tutqich ixtiro qilishdi.

Issiq suv, sovuq suv chiqaradigan qurilma.

2009 yilda yaponiyada quyidagicha nay chaluvchi avtomatik robot tayyorlashdi (ixtiro qildi emas).

Ammo avtomatlashtirilgan musiqa asboblariga 9-asrda Banu Muso aka-ukalari tomonidan asos solingan edi. Ushbu dasturlasa bo'ladigan (programmable) gidroquvvat bilan ishlovchi qurilma.

Report Page