Islom olimlari robototexnika haqida.

Islom olimlari robototexnika haqida.

Muhammad Ikrom

Suv nasoslarida musiqiy avtomatlargacha, Ismoil al-Jazariyning g'ayrioddiy ilmiy ishlari haqida.

Yoqiladigan va o'chiriladigan fantanlardan avtomatik sochiq taklif qiladigan robotlargacha. Bular 12-asrdagi musulmon olimi al-Jazarining, kimki zamonaviy muhandislik, gidravlika va hatto robototexnikaga asos solgan, ajabtovur ishlaridan. U ba'zi ixtirolarini badavlat insonlarga o'yinchoqlar sifatida yasagan bo'lsa, yana ba'zi ixtirolari oddiy odamlarga amaliy yordam bera oladigan holda yaratildi. U buyuk olim, mexanik, ixtirochi, matematik.

Jazariy haqida

Al-Jazariy 1136 yilda Turkiyaning hozirgi markaziy-janubiy qismidagi Diyarbakirda tug‘ilgan. Kamtar hunarmandning o'g'li bo'lib, u mahalliy hokimiyat uchun kurashlar, shuningdek, salib yurishlari oqibatlari natijasida siyosiy notinchlik davrida tug'ilgan. Ammo u Atruqiy (Artuqid) hukmdorlarining muhandisi sifatida ish olib borgani uchun nisbatan tinch hayot kechirgan. O'z davrining ixtirochilaridan farqli ravishda u ixtirolarini hujjatlashtirgan va tavfsiflab yozgan. Ushbu shaxs haqidagi ma'lumotlar faqatgina aqlli mexanik qurilmalar haqidagi bilimlar kitobida keladi.


Ishlari

Aqlli mexanik qurilmalar haqidagi bilimlar kitobida(arabcha: كتاب في معرفة الحيل الهندسية,  Kitab fi ma'rifat al-hiyal al-handasiya, 50 dan ortiq mexanik qurilma va ixtirolarining katalogini va instuksiyasi qanday qurish va qanday ishlatish qoidalarini keltiradi. Shu kabi ba'zi ishlari Topkapi Sarayi muzeyida (Istanbulda joylashgan) saqlanadi.

Favvora

Al-Jazariy kitobidagi qurilmalar ham amali ham ko'ngil-ochar edi, soatlardan to ichimlikni avtomatik tarqatuvchi kemalargacha. U qon quyish moslamalari, favvorlar, suv ko'tarish mashinalari, o'lchov qurilmalarini yaratgan.

Suv soati


Uning eng mashhur qurilmalaridan biri bu ulkan suv soati. Unda o'z haydovchisini ko'tarib turgan fil va mavjudotlar bilan to'ldirilgan minora tasvirlangan. Qadimgi Misr va Bobilda oddiy suv soatlari keng tarqalgan, lekin al-Jazariyning murakkab ixtirosi ularni takomillashtirgan.

Turli hayvonlar har yarim soatda harakatlanadi va turli hil mavjudodlarni tavfsiflaydi. Ajdarho Xitoyni, fil Hindistonni vhkz. Har yarim soatda ichki mexanizmlar ishga tushadi. Gumbaz tepasidagi qush hushtak chaladi, odam ajdahoning og'ziga to'p tashlaydi va fil haydovchisi hayvonning boshiga uradi.

Tarixdagi birinchi robot

Al-Jazariyning yana bir fantastik ishi tarixchilar uchun alohida qiziqish uyg'otadi, chunki ko'pchilik uni tarixdagi birinchi dasturlashtiriladigan "robot" deb biladi. Bu qurilma musiqa qutisiga o'xshaydi. 4 musiqachilar (harpist, naychi va 2 do'mbirachi) kemada bo'lishadi. Bu musiqa chiqaruvchi ko'ngil ochar qurilma edi.


Shunday qurilmalar bilan boylar va zodagonlarning ko'nglini olgan bo'lsa, oddiy insonlarning kundalik yumushlarini yaxshi bilar edi. Davlatning iqtisodiy barqarorligi asosan qishloq xo'jaligiga bog'liq bo'lgani uchun hammi kitobida kamida 5 ta suv boshqarish qurilmalari ko'rsatiladi.

Sigir kuchidan foydalanib suv tortib olish mexanizmi
Qo'l yuvishni avtomatiklashtiruvchi qurilma.
Gidrokuch bilan doimiy harakatlarnuvchi qurilma diagrammasi
Robot xizmatkor

Jazariy 1206 yil vafot edi. Shu yili sultonga kitobini sovg'a qilgan edi. Bu buyuk olim asosan shu kitobi bilan esalanadi. Bu kitobidagi qo'llanmalar esa yuzlab yillar davomida yuz minglab insonlar hayotini osonlashtirdi. Ular orasida Diyarbakir (Turkiyadagi shahar) va Suriya masjid va kasalxonalarida foydalanilgan tishli va gidravlik energiyadan foydalanadigan suv ta'minoti tizimi ham bor.

Uning ko'pchilik ixtirolari yevropa ilm-fanidan ancha oldinda edi. Uning ilmiy ishlaridagi "konusli klapanlar" 2 asrdan keyin yevropada da Vinci tomonidan tilga olinadi.

Bugungi kunda ham ko'plar ixtirochilar va mexaniklar uning ishlarida ilhom olishadi. Muxandis va texnik tarixchi Donald R. Hill (Jazariy kitobnining ingliz tilidagi tarjimoni) kitobning kerakliligini inkor etib bo'lmaydi deya ta'riflaydi. U robotlarning otasi va g'arbda "sharq da Vincisi" deya tariflashadi. Lekin Jazariyning avval yashaganligini inobatga olib da Vinci "g'arb Jazariysi" desak maqsadga muvofiq bo'ladi.

Report Page