“Printer” operatsiyasiga nuqta qo'yildi

“Printer” operatsiyasiga nuqta qo'yildi

https://t.me/Sirdaryo
Foto: customs.uz

| Кириллча | Lotincha |

Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qoidalari buzilishiga qarshi kurashish bo'limi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda qo'shni davlatdan O'zbekistonga “Xovosobod” chegara bojxona posti orqali tovar-moddiy boyliklarni mayda partiyalarda olib o'tilishiga qarshi kurashish bo'yicha tadbir o'tkazishdi.

Fuqaro X.Z. ning yashash xonadonidan chiqib, Xovos-Toshkent yo'nalishi bo'ylab harakatlanib ketayotgan fuqaro N.A. boshqaruvidagi “Opel” rusumli engil avtotransport vositasi kuzatuvga olinib, Yangier shahar IIB YHXB blok postida to'xtatilib, xolislar ishtirokida avtomashina saloni va yukxonasi ko'zdan kechirildi.

Natijada, ushbu avtomashinada xorijda ishlab chiqarilgan, hech qanday hujjatlari bo'lmagan umumiy qiymati 18 000 000 so'mlik, jami 12 dona “Canon 1/3” rusumli printerlar borligi aniqlandi.

Yuk egasi esa ashyoviy dalil sifatida olingan mazkur 12 dona printerlarni postdan birinchi marotaba harakatlanayotgan fuqarolarni ma'lum haq evaziga yollab, “Xovosobod” chegara bojxona posti orqali bo'lib-bo'lib olib o'tilishini tashkillashtirganligini ma'lum qildi. Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Report Page