Boyovut tuman hokimi joriy yilda foydalanishga topshiriladigan 3 ta xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotidagi qurilishi jarayoni bilan tanishdi

Boyovut tuman hokimi joriy yilda foydalanishga topshiriladigan 3 ta xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotidagi qurilishi jarayoni bilan tanishdi

@Boyovutliklar
Foto: Boyovut tumani hokimligi axborot xizmati

кирил I лотин

2019 yilda Boyovut tumanida 3 ta nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari foydalanishga topshiriladi.

Boyovut tumani hokimi O‘.Mamadaminov ana shu 3 ta xususiy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalaridagi qurilish-ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdi.

Foto: Boyovut tumani hokimligi axborot xizmati

Oldin xabar berganimizdek, tumanda 2017 yilda ishlab chiqilgan rejaga ko‘ra tumanning maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud bo‘lmagan yoki mavjud tashkilotning qamrovi mazkur hududdagi maktabgacha yoshdagi bolalar sonidan kam bo‘lgan hududlar belgilab olinib, u yerda bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish yuzasidan yo‘l xaritasi ishlab chiqilgan edi.

Yo‘l xaritaga asosan tumandagi 10 foiz maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’limning xususiy sektori imkoniyatlaridan foydalangan holda ta’lim-tarbiya bilan qamrab olish rejalashtirilgan.

Joriy yilda ana shunday xususiy, nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarining 3 tasi foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, mazkur tarbiya maskanlari 20 noyabrdan bolajonlarni qabul qilishga tayyorlanmoqda.

Foto: Boyovut tumani hokimligi axborot xizmati
Foto: Boyovut tumani hokimligi axborot xizmati
Foto: Boyovut tumani hokimligi axborot xizmati
Foto: Boyovut tumani hokimligi axborot xizmati
Foto: Boyovut tumani hokimligi axborot xizmati
Foto: Boyovut tumani hokimligi axborot xizmati
Foto: Boyovut tumani hokimligi axborot xizmati

Bu maskanlar ishga tushishi bilan tumandagi yana 250 nafarga yaqin 3-7 yoshli bolalar ta’lim-tarbiya bilan qamrab olinadi.

Ushbu nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari Boyovut shaharchasining "Sohil" mahallasida, "Hosilobod" mahallasi va "Laylakko‘l" mahallasida joylashgan muassasalardir.


Boyovut tumani hokimligi axborot xizmati

Report Page