Davlat foydasiga undirilgan 584,1 mln soʻm pul mablagʻining 50 foizi proporsional, teng ravishda “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltiriladi

Davlat foydasiga undirilgan 584,1 mln soʻm pul mablagʻining 50 foizi proporsional, teng ravishda “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltiriladi

@Boyovutliklar
Foto: Google images

Кирилл алифбосида ўқиш

Barchamizga maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrda “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6118 sonli Farmonni imzolangan edi. Oʻz navbatida bu Farmon byuro organlari faoliyatini tartibga soluvchi va samaradorligini mustahkamlashga qaratilgan juda muhim hujjat ekanini va Farmon amalga oshirayotgan ishlarimizda dasturilamal boʻlishini ham alohida taʼkidlash lozim.

Hujjatga kengroq yondashadigan boʻlsak, Majburiy ijro byurosi organlari sud hamda boshqa organ hujjatlarini ijro etadi va odil sudlovning amalda taʼminlanishiga xizmat qiladi. 

Byuroning Boyovut tuman boʻlimi xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasiga koʻra, belgilangan reja-grafik asossida 2021-yilning yanvar-fevral oylarida jami boʻlim ish yurituvida boʻlgan ijro hujjatlari boʻyicha 17,8 mlrd. soʻm undirilishigi erishildi. Shundan, davlat foydasiga 3,5 mlrd. soʻm undirilgan.

Davlat foydasiga undirilgan qarzdorliklarning 2,9 mlrd. soʻmini soliq qarzlari tashkil etsa, 57,3 mln. soʻmi jinoiy jarima va davlatga yetkazilgan zarar, shuningdek, 358,7 mln. soʻmi maʼmuriy jarimalar va 168,1 mln. soʻmi davlat boji hamda davlat foydasiga boshqa undiruvlarni tashkil etadi. Soliq qarzlaridan tashqari 584,1 mln soʻm mahalliy byudjet hisobiga oʻtdi.

Jumladan, boʻlim ish yurituviga 17.02.2021-yilda kelib tushgan Boyovut tumanlar iqtisodiy sudining 16.02.2021-yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor “Boyovut bunyodkor” xususiy ishlab chiqarish firmasidan davlat foydasiga solidar tartibda 214 495 672 (ikki yuz oʻn toʻrt million toʻrt yuz toʻqson besh ming olti yuz yetmish ikki) soʻm davlat boji undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjati boʻyicha 119 400 000 (bir yuz oʻn toʻqqiz million toʻrt yuz ming) soʻm davlat boji qarzdordan undirildi.

Bundan tashqari, Byuroning Boyovut tuman boʻlimi xodimlari tomonidan 14 mlrd. 307 mln. soʻmlik boshqa undiruvlar bilan bogʻliq qarzdorliklar amalda undirilishi taʼminlandi.

Endilikda ushbu undirilgan 584,1 mln soʻm pul mablagʻining 50 foizi Farmon talablariga asosan alohida gʻaznachilik hisob-raqami bilan proporsional tartibda teng ravishda “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltiriladi.

Farruh BABATAYEV,
Majburiy ijro byurosi Boyovut tuman boʻlimi boshligʻi, 1-darajali yurist.

Report Page