CHALLEGRAM' tezkor, qulay va yangicha Telegram

CHALLEGRAM' tezkor, qulay va yangicha Telegram

© Ovoza

O'ZBEKCHA || РУССКИЙ || ENGLISH

Yangi Challegram dasturi Telegram Database Library (TDLib) asosida ishlab chiqilgan bo'lib, 64 razryadga ega Android moslamalar uchun bir nechta qulayliklar bilan paydo bo'ldi. Ushbu dastur ma'lumotlar yuborish, fayllar yuklash va dasturning ishlashi borasida Telegramning rasmiy dasturiga nisbatan tezroqdir.

Dasturda o'z didingizga moslab uning ko'rinishini o'zgartirish imkoni ham mavjud. Istalgan suhbatlar haqida ma'lumotolish uchun esa uning ustiga bosib turishingiz kifoya. Dasturning yuqori qismidan qo'ng'iroqlar uchun alohida bo'lim ham ajratilgan

Stikerlar sozlamalarida esa mashxur, o'rntilgan hamda arxivlangan stikerlarni qayerda ko'rinishi kerakligi haqidagi sozlamalar ham o'rin olgan.

Challegram dasturi Telegramning norasmiy talqinlaridan farqli o'laroq, har bir ulanish uchun vaqtinchalik shifrlash kalitlaridan foydalanadi. Shuningdek, fayllar yuklashni qulaylashtirish maqsadida Wi-Fi yoki tarmoqdan uzilgan vaqtda yuklanayotgan fayllarni vaqtinchalik to'xtatib turib, yana tarmoqqa ulanganda fayl yuklash kelgan joyidan davom etadi.

Challegram dasturini esa albatta @Ovoza kanalida Telegram dasturidan chiqmagan holda yuklab olishingiz mumkin.

⬇️ CHALLEGRAM'ni YUKLAB OLISH

@OVOZA - zamonaviy, ilmiy-ommabop, qiziqarli, ko'ngilochar va samimiy kanal

Report Page