Boyovut tumanida taniqli kino va teatr aktyorlari bilan ijodiy uchrashuv

Boyovut tumanida taniqli kino va teatr aktyorlari bilan ijodiy uchrashuv

@Boyovutliklar
Foto: Boyovut tumani hokimligi

Кирилл алифбосида ўқиш

Joriy yilning 15-aprel kuni “Yangi Oʻzbekiston va milliy kinomatografiya” shiori ostida Sirdaryo viloyatidagi tuman-shaharlarda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazildi.

Jumladan Boyovut tumanining “Sohil”, “Istiqlol” va “Markaz” mahallalarida taniqli kino va teatr aktyorlari ishtirokida ijodiy uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda yoshlar, ota-onalarlar ishtirok etishdi.

Foto: Boyovut tumani hokimligi

Tadbirda Oʻzbekiston xalq artisti Lutfulla Saʼdullayevning Alimardon Toʻrayev obrazida yaralgan “Ketmoqdaman” qoʻshigʻi uchrashuv qatnashchilari tomonidan iliq kutib olindi.

Foto: Boyovut tumani hokimligi

Samimiy ruhda kechgan uchrashuvda Lutfulla Saʼdullayev milliy kinomatografiyamizning rivojlanish bosqichlari va oʻzining koʻp yillik ijodi davomida orttirgan tajribalari bilan oʻrtoqlashdi.

Boyovut tumani hokimligi Axborot xizmati

Report Page