Grafika, marketing, dizayn, dasturlash—Zamonaviy kasblarni oʻrganishni bugundan boshlang!

Grafika, marketing, dizayn, dasturlash—Zamonaviy kasblarni oʻrganishni bugundan boshlang!

Najot Ta'lim

Siz, grafika, marketing, dizayn, dasturlash kabi kelajak kasblariga qiziqasizmi? Agar javobingiz ha boʻlsa, biz sizni zamonaviy kasblarni oʻrgatishga ixtisoslashgan “Najot Taʼlim” markaziga taklif etamiz.

Najot Ta'lim binosi

Ushbu markazda siz oʻz kasbining egalari boʻlgan ustozlardan taʼlim olishingiz va yuqori daromad keltiradigan kasblardan birining mutaxassisi boʻlishingiz mumkin.

Hozirgi kunda ham yuqori daromad keltirayotgan, diplom talab qilmaydigan balki sizdan natija soʻraladigan kasblar, qaysi kasblar ekan, ularda nimalar oʻrgatiladi, qancha muddatda mutaxassisga aylanaman, deb soʻrasangiz, biz ularni quyida bayon qilamiz.

Ayni kunda “Najot Taʼlim” markazida grafik dizayn, web dizayn, web dasturlash, moushn grafika va video montaj, marketing asoslari kabi zamonaviy kasblardan taʼlim berilmoqda.

Dizayn deganda koʻpchilik rassomchilikni tushunadi. Kompyuter grafikasi esa boshqa bir yoʻnalish hisoblanadi. Grafik dizayner vazifalardan asosiysi kompaniyaning stilini yaratish. Yoki zamonaviy termin bilan aytganda firmaning brendini yaratishdir. Masalan, logotip, ranglar yondashuvi, shrift va boshqalar.

Grafik dizayner poligrafiya sohasida ham ishlashi mumkin. Poligrafik mahsulotlarning reklama maketlarini (buklet, flayer, kalendar kabi ) yasash. Qadoqlash dizayni bilan shugʻullanish. Veb saytlar dizayni, logo branding va unga talluqli barcha dizaynlar mahsulotlari, shuningdek kitob va jurnallar maketlarini tayyorlash.


Oʻqish muddati: 9 oy (tezkor: 3 oy)

Nimalar oʻrgatiladi: Photoshop, Illustrator, Adobe XD, Indesign, Corel Draw dasturlarini oʻrganish bilan birgalikda professional grafik dizaynerbilishi kerak boʻlgan barcha maʼlumot va koʻnikmalarga ham ega boʻlasiz!

Talab etiladi: notebook

Ushbu kasb egalari qancha daromad olishadi: Oʻzbekiston sharoitida oʻrtacha 4-6 mln soʻm. Professional grafik dizayerlar 10-20 mln soʻm atrofida. 

Grafik dizayn kasbi


Web dizaynerning asosiy vazifasi web, mobil va desktop ilovalar uchun dizayn loyihalari tayyorlash, buyurtmachi uchun eng maʼqul variantlarni taklif etish, sohaga oid eng soʻnggi yangiliklardan doimo xabardor boʻlish, har bir detalga kreativ yondashuvdan iborat.


Oʻqish muddati: 9 oy (tezkor: 3 oy)

Nimalar oʻrgatiladi: Web dizaynerning barcha vazifalarini toʻliq oʻrganasiz. Jumladan, Adobe XD dasturining barcha imkoniyatlaridan foydalanish, Adobe Photoshop dasturining web va mobil dizaynga asoslangan barcha funksiyalarini toʻliq qoʻllash, Dizaynda UI/UX ni toʻgʻri qoʻllash va ularni tayyorlash, Web, mobil, desktop ilovalari uchun dizayn tayyorlashni toʻliq nazariy va amaliy oʻrganish. Undan tashqari masofadan ishlash koʻnikmalari, tayyor boʻlgan dizaynni buyurtmachiga topshirish kabi biznes sirlarini ham mukammal oʻrgatiladi.

Talab etiladi: notebook

Ushbu kasb egalari qancha daromad olishadi: Oʻzbekiston sharoitida oʻrtacha 6-8 mln soʻm. Professional web dizayerlar 15-20 mln soʻm atrofida.


Veb sayt tuzish, unga turli bezaklar berish, animatsiyalar qoʻshish, sayt koʻrinishini turli uskunalarga moslashlashtirish, JavaScript tili asosida dasturlash asoslarini oʻrganishingiz mumkin boʻladi.


Oʻqish muddati: 5 oy

Nimalar oʻrgatiladi: HTML, CSS, Sass, Bootstrap kutubxonasi, Git - talqinlarni boshqarish tizimi, JavaScript - brauzerlarda ishlovchi yagona dasturlash tili, JQuery - JavaScript kutubxonasi, Gulp - vazifalar bajaruvchisi, Ishga kirishga oid maʼlumotlar.

Talab etiladi: notebook

Ushbu kasb egalari qancha daromad olishadi: ushbu kasb egalari oʻrtacha 2-3 mln soʻm oylik olishadi. Professional frontend dasturchilar 6-8 mln soʻm atrofida daromad qilishadi.


Moushn grafikaning asosiy maqsadi mahsulot haqida maksimal darajada axborot yetkazgan holda diqqatni oʼzida jalb qilish va ushlab turishdir. Moushn grafika multfilm yoki videodan tortib, uzun yoki qisqa tugallangan boʼlishi ham mumkin. Video tayyorlash uchun animatsiyaning turli xil koʼrinishlarida video va audio effektlar hamda grafik dizayn vositalaridan foydalaniladi. Moushn grafika yangi, talabgor, ehtiyoj yuqori, kelajagi bor zamonaviy kasblardan biridir. Zamonaviy televideniye, internet, mobil dastur, reklama, oʻyinlar moushn grafikaning asosiy talabgorlaridir.


Oʻqish muddati: 5 oy

Nimalar oʻrgatiladi: Adobe after effect, Adobe primer pro orqali materiallarni kesish, kadrlarni joylashtirish, ovoz bilan tasvirni moslashtirish, maxsus effekt va 3D modellardan foydalanish, moushn grafikali videolar tayyorlash, shuningdek titr matnlar bilan ishlash oʻrgatiladi.

Talab etiladi: notebook

Ushbu kasb egalari qancha daromad olishadi: ushbu kasb egalari oʻrtacha 4-5 mln soʻm oylik olishadi. Professional video montajchilar 15-20 mln soʻm atrofida daromad qilishadi. Maʼlumot sifatida aytib oʻtish kerak, moushn grafikada tayyorlangan 3D holatdagi videoning bir sekundi 100 ming soʻm boʻladi.

Marketing reklamadan tortib to bozorni oʻrganishgacha boʻlgan barcha bilim va koʻnikmalarni oʻz ichiga oladi;

Kursda - reklama qilish, isteʼmolchi odobi, bozorni oʻrganish, brend menejmenti kabi bilimlar zamonaviy marketing texnikalari va tushunchalari orqali oʻrgatiladi;

Kursni yakunlagandan soʻng reklama, internet-marketing, bozor tadqiqoti mutaxassislari, boʻlim va loyiha rahbarlari, direktor va tadbirkorlar kabi yoʻnalishlarda ish boshlash imkoniyati paydo boʻladi.

Oʻqish muddati: 1 oy

Talab etiladi: qiziqish

Ushbu kasb egalari qancha daromad olishadi: 2-3 mln soʻm atrofida.


Shu bilan birgalikda Najot Ta'lim markazida siz, ingliz tili, arab tili va rus tillarini ham o'rganish imkoniyatiga egasiz!


Hoziroq ushbu kurslarga yoziling va zamonaviy, daromadli kasb egasiga aylaning!

Tel: +998998280011

Administratorga bogʻlanish: http://t.me/najoteduadmin


Telegram: https://t.me/najotedu

Facebook: https://www.fb.com/najotedu

Instagram: https://instagram.com/najottalim

Twitter: https://twitter.com/najottalim



Report Page