Web va mobil dizayn kurslariga marhamat!

Web va mobil dizayn kurslariga marhamat!

Najot Ta'lim


Zamon talabidagi zamonaviy kasb egasi bo'lishni istaysizmi? Unday bo'lsa, Najot Ta'lim markazi sizni O'zbekistonda birinchi bor tashkil etilgan Web va mobil dizayn kurslariga taklif etadi.


Keling, avvalo, ushbu kasb egalarining vazifalari nimalardan iborat ekanligi haqida tushunchaga ega bo'lib olsak.

Web dizaynerning asosiy vazifasi web, mobil va desktop ilovalar uchun dizayn loyihalari tayyorlash, buyurtmachi uchun eng ma'qul variantlarni taklif etish, sohaga oid eng so'nggi yangiliklardan doimo xabardor bo'lish, har bir detalga kreativ yondashuvdan iborat.

Bizning web dizayn kursimizda siz web dizaynerning barcha vazifalarini to'liq o'rganasiz. Undan tashqari masofadan ishlash ko'nikmalari, tayyor bo'lgan dizaynni buyurtmachiga topshirish kabi biznes sirlarini ham mukammal o'rgatiladi. Quyida, ushbu kasb haqida siz bilan savol-javob tarzida suhbatlashamiz.

●     Firma va kompaniyalar;

●     Har qanday yangi start up tashkilotlar;

●     IT kompaniyalar;

●     Onlayn magazin va servislar;

●     Web sahifaga ehtiyojmand ta'lim markazlari;

●     Web va mobil ilovalar dizaynini tayyorlatishni maqsad qilgan har qanday jismoniy va yuridik shaxslar;

●     O’z mahsulotlarini xorij bozoriga olib chiqishni xohlagan kompaniyalar;

1.  Adobe XD dasturining barcha imkoniyatlaridan foydalanish;

2.  Adobe Photoshop  dasturining web va mobil dizaynga asoslangan barcha funksiyalarini to’liq qo’llash;

3. Dizaynda UI/UX ni to’g'ri qo’llash va ularni tayyorlash;

4. Web, mobil, desktop ilovalari uchun dizayn tayyorlashni to’liq nazariy va amaliy o’rganish;

5. Google, Apple, Microsoft kompaniyalarining dizayn tillarini to’laqonli o’rganib amalda qo’llash;

6. UI kit’lar bilan ishlash va tayyorlash;

7.  Wireframing, Prototyping, Sketching asoslari;

8. Web, mobil va desktop ilovalari uchun dizayn loyihalarini tayyorlash; (amaliyot, natija ko’rsatish vaqti).

9. “Real time interaction” web va mobil ilovalari dizaynini test qilish;

10. Zamonaviy rang va shriftlarni tanlash va ulardan foydalanish;

11. Buyurtmachi bilan ishlashda ahamiyat berish kerak bo'lgan qoidalar;

12. Masofaviy tarzda ishlash uchun ko'nikma va tajriba;


●   O’zbekistonda ilk marotaba UI/UX | web va mobil ilovalari dizaynerligi bo’yicha tashkil qilingan kurs;

●  Qisqa vaqt ichida yuqori natija va daromadga kirish;

●    Muhim mavzular video darslar shaklida tayyorlanib uyda chuqurroq o’rganish va vaqtdan yutish uchun yo’lga qo’yiladi;

●     Pluralsight.com, LinkedIn.com/learning platformalari orqali dunyoning nufuzli kompaniyalari Microsoft, Google, Adobe dizaynerlari kurslarini onlayn tarzda o’rganib borish imkoniyati;

●     Kursda o’qishingiz davomida sizga 1 oydan 3 oygacha bepul foydalanish huquqini beruvchi akkauntlar ochib beriladi;

●     Har bir dars aniq o’quv dasturi asosida tashkil qilinadi;

●     Darslarda taqdimot, video dars, kitob va zamonaviy dizayn ishlaridan keng foydalaniladi;

●     Yurtimizning boshqa biron-bir shahrida bu kabi kursni uchratmaysiz, sababi kuchli mutaxassis kam lekin talab yuqori;



Web dizayn kurslari jami 7 oy davom etadi. Siz 7 oy davomida ta'lim olish uchun 3 300 000 so’m sarflaysiz. Agar kursni muvaffaqiyatli tamomlasangiz oyiga o'rtacha 3 000 000 - 15 000 000 oylik daromad olishingiz mumkin bo'ladi.

Kursni tamomlaganingizdan soʻng maxsus sertifikat beriladi. Va eng asosiysi talabga javob bergan barcha oʻquvchilar taniqli dizayn studiyalariga ishga taklif etiladi.
Eslatma: Oʻquvchilar suhbat asosida qabul qilinadi.

Tel: +998998280011

Administratorga bogʻlanish: http://t.me/najoteduadmin

Telegram: https://t.me/najotedu

Facebook: https://www.fb.com/najotedu

Instagram: https://instagram.com/najottalim

Twitter: https://twitter.com/najottalim



Report Page