𝑁𝑂 𝑆𝐼𝐺𝑁𝐴𝐿🚫

𝑁𝑂 𝑆𝐼𝐺𝑁𝐴𝐿🚫

• | 𝐘𝐎𝐍𝐀 | •

🚫𝑬𝑷𝑰𝑺𝑶𝑫𝑬 𝟏...




𝗞𝘂𝗻𝗱𝗮𝗹𝗶𝗸 𝟯𝟱-𝘀𝗮𝗵𝗶𝗳𝗮

"2011-yil 23 dekabr...

Men Seo Bora, 11 yoshdaman. Biz bugun oilam bilan bir doktor yoniga bordik, ammo bu doktor ham boshqa doktorlar singari meni dardimni davosi yoʻqligini aytishdi. Yuragim yana parcha-parcha boʻldi... Ammo aslo voz kechmayman, bir kun...bir kun men ham boshqa insonlar singari gapira olishimga ishonaman. Bu gapim kelajakdagi Bora uchun, agar mabodo bu gaplarni oʻqiyotgan payting ham gapira olmasang, aslo toʻxtama chunki men seni gapirishinga ishonaman...va .... Men ketishim kerak chunki onam meni ovqatga chaqiryapdi... Hayr...!!! "

Deyarli yarim tun. Qorongʻu honani derazadan tushgan oyning kuchsiz nurlari yoritar ekan, deraza yonida stulida qoʻlidagi kichkina daftarchani oʻqiyotgan qizni koʻzlari asta namlana boshladi. U qoʻlidagi ancha eskigan daftarni yangi sahifasini ochgancha qoʻliga ruchkasini olib daftar tomon olib bordi.

"2023-yil 24 avgust...

Men Seo Bora, 23 yoshdaman. Hamon gapira olmayman. Har bir dardning davosi bordir deyishadi, ammo mening dardimni davosi yoʻq. 23 yil... 23 yil gapira olmay yashadim. Kichik paytimda derazam tashqarisida tengim bolalar kulishib, qichqirishib oʻyinlar oʻynashardi, men esa faqat ularni havas qilgancha tomosha qilardim. Ammo oʻtmishdagi Bora aytganday aslo voz kechmayman, chunki men bir kun gapira olishimga ishonaman...Biroq uddalay olmasamchi? Bir umr gapirolmay qolsamchi...?"



Bora asta qoʻlidagi ruchkani stolga qoʻyar ekan, kundaligini sekin yopib qoʻydi. Koʻzlarini kundaligidan olib deraza tashqarisidagi oyga tikilar ekan, qora bulutlar asta oyni yopayotgandi. Bulutlar oyni butunlay yopib nurlarini yoqatar ekan, Bora ni honasida ham qorongʻulik hukm sura boshladi. Bora ustiga kiyim olgancha honasidan tezda chiqib ketdi...




Pov Avtor


Yigit stulda kaftlarini birlashtirgancha, qarshisida unga baqirayotgan otasiga qarar ekan, borgan sari asabi buzilardi.

-Nega kunlik haqingni soʻramading?!

-Kunlik berishmaydi ekan...

-Menga nima bundan, endi men bugun sen deb doʻstimni tugʻilgan kuniga borolmayman... ( Jin indamay kaftlarini siqar ekan, otasini oxirgi gapidan soʻng Jin oʻrnidan turib ketdi

-Onang kabi sen ham oʻsha kun oʻlib ketishing kerak edi(otasini ogʻzidan shu soʻzlar chiqar ekan, Jin uning yoqasiga yopishib oldi.

-Onam haqida ogʻiz ochmang!!!(Jin shunday deb otasiga baqirar ekan, uning yoqasini yuborib eshikni zarb bilan yopib uydan chiqib ketdi. Otasi uning izidan baqirib qolaverar ekan, Jin allaqachon uydan chiqib ketgandi. Jin yoʻlda, qoʻllarini choʻntagiga solgancha ketar ekan, koʻzidan yosh asta oqardi.


Pov Jin

Bari jonga tegdi. Onamning oʻlimi, otamning har kun mendan pul soʻrashi. Onam barini uddasidan qanday chiqardi. Hali 2 oy boʻlmadi, oyim meni bu shafqatsiz dunyoda yolgʻiz qoldirib ketganiga. Ammo men uddasidan kelolmayapman!!! Oʻlishni hohlayman...!! (Jin kafti bilan koʻz yoshlarini artib yugurib ketar ekan sohil yoniga kelib toʻxtadi. Shamol ancha kuchli esardi, yomgʻir yogʻishiga dalolat berardi.

Jin u yerdagi oʻrindiqlardan biriga borib otirar ekan, koʻzlarini yumgancha yuziga urilgan yoqimli dengiz havosini sezardi. Qoʻlini asta yuragi tomon olib borar ekan, koʻzidan yoshlar yuzini yuvgancha yerga tushardi. Jin ancha vaqt u yerda otirdi, qoʻl soatiga qarab yarim tun boʻlganini angladi. Oʻrnidan turib endi ketmoqchi edi, uning yonidagi orindiqda uxlab yotgan qizga koʻzi tushdi. Jin yon atrofga qarab u tomon borar ekan, bir yosh qiz oʻrindiqqa malika kabi uxlab yotardi. Jin asta qizni yelkasidan turtib koʻrdi

-Honim uygʻoning... (Qiz uygʻonmas ekan, Jin ham ortiga aylangancha ketib qolaverdi. Uyga qaytish yoʻlida ketar ekan yomgir yogʻa boshladi. Jin ortiga sohil ga qaytar ekan qiz hamon oʻsha joyda yotardi. Jin borib qizni koʻtarib oldi va u yerdan uzoqlashdi. Uyiga borguncha Jin ham qoʻlidagi qiz ham ezilgandi. Jin asta uyga kirar ekan , ichkari jim jit boʻlgani uchun otasi uxlaganini angladi. Jin asta honasiga otar ekan, qizni yotogʻiga yotirib qoydi. Oʻzi ho'l kiyimini oʻzgartirish uchun yuvinish honasiga kirib ketar ekan, chamasi 30 daqiqa larga chiqdi. Jin qoʻlidagi sochiq bilan sochini qurutardi, yotogʻida yotgan qizga koʻzi tushdi. Jin shkafdan oʻzining bir futbolkasini olib Bora tomon yaqinlashdi, Jin ikki koʻzini ham yumib oldi. Asta uni turgʻizib hoʻl kiyimini yechib tashab, o'zining futbolkasini kiygʻizdi. Bora malikalar kabi uxlab yotar ekan, Jin o'rnidan turib kreslosiga borib o'tirib Bora ni uxlab yotishini tomosha qila boshladi.


Pov Avtor

Bora koʻzini ochgancha uygʻonar ekan, oʻrnidan turib ikki qoʻlini ikki tarafga keng yoyar ekan, begona honadaligini anglashi koʻp vaqt olmadi. Bora oldin honani keyin ustidagi kiyimga qarar ekan, shu payt eshik tutqichi pastga tushib honaga Jin kirdi, u Bora ni koʻrishi bilan mayin jilmaydi

-Demak uygʻonding... (Bora Jin ni koʻrib orqaga tisarilar ekan koʻrpa bilan ustini yopib oldi. Jin uning qarshisiga kelib otirdi


-Qoʻrqma...senga hech narsa qilmayman, kecha sohilda uxlab qolganding, so'ng yomgir yogʻdi, uygʻonmaganing uchun uyimga olib keldim, hohlasang uyinga ovorib kelishim mumkin (Jin shunday deb Bora ga qarar ekan, Bora chaqaloq day yashnab turgan koʻzlari bilan Jinga qaraganda ikki nigoh to'qnashar ekan, Jin ni yuragi boshqacha qilib ura boshladi

-Haligi isming nima?!(Bora Jinni bu gapidan soʻng bir nuqtaga tikilgancha qolar ekan, koʻzlari ham yosh to'play boshladi

Pov Bora

Birov dendan savol sorasa javob berolmasang, ismingni soʻrasa ismingni aytolmasam, bu qanaqa hayot oʻzi... Bunday azoblar chekishga loyiq edimmi? Kecha ham biroz yengil tortish uchun dengiz ga borgandim, ammo bu qarshimda Menga qarab turgan yigit meni yomgir ga qoishimni istamay uyiga olib kelibdi. Insonlik o'lmagan ekanda....



Davomi bor......



Author: @Park_Yonaa

Chanel: @Saturn_fanfic

Report Page