ᅠᅠ

ᅠᅠ

1R.MEDIA

SHIMOLIY MUZ OKEANI

Maydoni 14,75 mln km2
Eng chuqur nuqtasi 5527 m
Oʻrtacha chuqurligi 1225 m
Shimoliy yarimsharda, Yevrosiyo va Shimoliy Amerika oraligʻida joylashgan okean. Dunyo okeanlari orasida chuqurligi va maydoni jihatidan eng kichigi.
Muzli Tog'lar - aysberglar
1650 yilda geograf Vernius tomonidan "Giperbor okeani - “Eng shimoliy chekkadagi okean” nomi bilan alohiga okean sifatida ajratilgan. “Shimoliy okean”, “Skiflar okeani”, “Muz okeani” nomlari bilan ham qayd etilgan. 1845 yilda London geografiya jamiyati “Arktika okeani”, 1935 yilda Sovet Ittifoqi Shimoliy Muz okeani nomini bergan.
Dengizlari va koʻrfazlari 10,28 mln2 (okean maydoning 70% i) ni tashkil etadi. Barens, Chukotka, Linkoln, Grenland dengizi kabi 11 ta dengiz Shimoliy Muz okeanining tarkibiga kiradi.
Grelandiya kiti 210 yilgacha umr koradi, uning uzunligi 22 metrgacha va vazni 100 tonnagacha bo'ladi
Orollar soni boʻyicha Tinch okeandan keyin 2-oʻrinni egallaydi (4 mln km2). 100 km2 dan ortiq hududga ega orollarining soni 250 tani tashkil etadi. Eng yiriklari Grenlandiya (dunyo okeanida eng kattasi, 2 176 000 km2), Islandiya (Atlantika okeani bilan chegarada joylashgan). Eng yirik arxipelaglari- Kanada Arktik arxipelagi, Yangi Yer, Shpitsbergen, Novosibirsk va Shimoliy Yer.
Shimoliy qutb yog'dusi - tabiatning eng chiroyli manzarasi
Shimoliy Muz okeani faqat 6 ta davlat qirgʻoqlari bilan tutashadi: 1. Rossiya 2. Kanada. 3. AQSh (Alyaska shtati hisobiga) 4. Norvegiya 5. Islandiya 6. Daniya (Grenlandiya oroli hisobiga)
Bilasizmi…?
Shimoliy muz okeani dunyo okeanlari orasida eng sovuq, eng kichik va eng sayoz okeandir.
Okean markazida suzib yuruvchi va deyarli erimaydigan muz joylashgan.
Okean hududida Faqat Rossiya, AQSh va Kanada kemalar qatnovini yoʻlga qoʻyishgan.
Okean tubidagi suvlar juda sekin harakatlanadi, ularning aylanish davriyligi 700 yilni tashkil etadi.
Qutb tunining 50-150 kun, qishning 6,5 oy davom etishi va yozning ham sovuq boʻlishi muzlarning erib ketmasligiga sabab boʻladi.
Global iqlimning isishi oqibatida Arktika muzlari butunlay erib ketishi mumkin. Hozirgacha aniqlangan eng kam muz qatlami 3,61 mln km2 (2012 y) boʻlgan.
Shimoliy Muz okeani havzalaridagi koʻpchilik qush, hayvonlarning terisi va patlari oq rangda.
Tayyorladi: Imomov Xurshid

Report Page