µTorrent 3.5.5 dasturi

µTorrent 3.5.5 dasturi

Shukhrat Makhmudov
µTorrent dasturi logotipi

Mundarija

Tarmoqdagi anonimlik

Dasturga o‘rnatilgan pleyer

Masofaviy boshqarish

Yangi torrentni yaratish

Dasturga o‘rnatilgan RSS-yuklagich

Magnet-havolalarning qo‘llab-quvvatlanishi

Ma’lumotlarni juda tez qayta ishlash

Afzalliklari

Kamchiliklari

µTorrent — peer-to-peer p2p-tarmoqlarida har qanday fayllarni yuklab olish uchun xizmat qiluvchi mashhur mijoz dastur. O‘zining barqarorligi va funksionalligi tufayli ushbu dastur torrent-mijozlari orasida yetakchi hisoblanadi.

Tizim: Windows XP, Vista, 7, 8, 8.1, 10.

Ishlab chiqaruvchi: BitTorrent, Inc.

Narxi: Bepul

O‘lchami: 4,91 MB

Tili: Ruscha

Versiyasi: 3.5.5

Dasturni yuklab olish.

Torrent fayllarini yuklab olish uchun dasturni tanlash, bir qarashda, osondek tuyuladi. Biroq, faol foydalanuvchilar uchun yuqori sifatli torrent-mijoz juda zarurdir. Uning yordamida nafaqat turli xil fayllarni qulay tarzda yuklab olish, balki kontentni osongina tarqatish ham mumkin.

µTorrent (“myutorrent” deb o‘qiladi) — BitTorrent protokoli bo‘yicha ishlovchi bepul utilit dastur. Ayni paytda u mavjud torrent-mijozlari orasida mashhurlik bo‘yicha yetakchi hisoblanadi. Aynan ushbu dastur muqobil mijoz dasturlarni yaratish uchun asos sifatida olinadi. Xo‘sh, uning o‘ziga xosligi aynan nimada?

Tarmoqdagi anonimlik

Dasturning ushbu funksiyasi — ko‘plab foydalanuvchilar uchun sevimlidir. Ichki o‘rnatilgan tizim proksi, protokolni shifrlash va internetda maxfiylikni ta’minlovchi boshqa vositalar bilan ishlaydi. Nimanidir yuklab olish paytida, ushbu jarayon uchinchi shaxslar tomonidan nazorat qilinishi oldini olish uchun anonimlikdan foydalanish dolzarb sanaladi. Shunday qilib, sizning µTorrent’dan foydalanayotganingizni nafaqat qaroqchilikka qarshi monitoring guruhlari, balki hattoki Internet-provayder ham aniqlay olmaydi.

Anonimlikni qanday qilib faollashtirish skrinshotda ko‘rsatib o‘tilgan: buning uchun yuklab olishdan oldin torrent xususiyatlariga o‘tish, barcha trekerlarni o‘chirish va “Другие настройки” bo‘limida tegishli belgilarni o‘rnatib chiqish yetarlidir.

µTorrent'da o‘chirilgan va faollashtirilgan anonimlik

mundarijaga qaytish

Dasturga o‘rnatilgan pleyer

Juda noyob bo‘lmasa-da, biroq chindan ham foydali funksiya. Boz ustiga, har bir torrent-mijozida pleyerlar turfadir, bu ularning sifati ham bir xil emasligini anglatadi. µTorrent’da hali faylning o‘zi to‘liq yuklanib olinmagan bo‘lsada, videoni tomosha qilish va audioni tinglash uchun ajoyib HD pleyer o‘rnatilgan. Mabodo dasturga o‘rnatilgan pleyer sizga ma’qul kelmasa, unda dastur sozlamalarida siz odatda foydalanadigan tizim pleyerini ko‘rsatib o‘tish imkoniyati ham mavjud.

µTorrent'ga o‘rnatilgan pleyer

mundarijaga qaytish

Masofaviy boshqarish

O‘z yuklamalarini har qanday vaqtda va har qanday joydan turib boshqarish muhim bo‘lgan foydalanuvchilarga Remote funksiyasi mavjud.

Sizning barcha tarqatma va yuklamalaringiz Android, iOS, Windows Phone, BlackBerry kabilar uchun qurilma mavjud bo‘lgan taqdirda, mobil ilova orqali nazoratingiz ostiga olinishi mumkin. Bundan tashqari, µTorrent Remote’da o‘z qayd yozuvingizni yaratib, mijozni har qanday brauzerdan turib boshqarishingiz ham mumkin.

µTorrent'da masofaviy boshqaruv

mundarijaga qaytish

Yangi torrentni yaratish

Agar siz tarqatma (раздача)ni yaratmoqchi bo‘lsangiz, buni µTorrent yordamida qulay tarzda amalga oshirish mumkin. Buning uchun Файл menyu panelida Создать новый торрент bandi tanlanadi va ushbu jarayon amalga oshiriluvchi oyna ochiladi.

µTorrent'da yangi torrentni yaratish

Kerakli maydonlarni to‘ldirib, so‘ngra “Создать” tugmasini bosib, siz .torrent-faylga ega bo‘lasiz, uni keyinchalik mos keluvchi portallarga joylashtirish mumkin bo‘ladi.

mundarijaga qaytish

Dasturga o‘rnatilgan RSS-yuklagich

Sevimli serialning yangi qismlarini chiqishi va boshqa muhim yangilanishlar e’tibordan chetda qolmaydi. RSS-tasma yordamida tarqatmalardan avtomatik rejimda yangilanishlarni yuklab borish uchun sizga muayyan tarqatmalarga obuna bo‘lish yetarli. Файл menyu panelida Добавить RSS-ленту'ni tanlash orqali RSS-tasmani yaratish mumkin.

µTorrent'da RSS-tasmani yaratish

mundarijaga qaytish

Magnet-havolalarning qo‘llab-quvvatlanishi

Ushbu imkoniyat tufayli .torrent faylining o‘zini kompyuteringizga yuklab olishning mutlaqo keragi yo‘q. Magnet-havola har qanday faylni xuddi foydalanuvchi ilgari .torrent faylini yuklab olgandek yuklab olish imkonini beradi. Файл > Добавить торрент из URL'ni tanlagan holda ilgaridan yuklab olingan magnet-havola bilan yuklash jarayonini boshlash mumkin. U avtomatik ravishda dasturning tegishli maydonida paydo bo‘ladi:

µTorrent'da magnet-havola

mundarijaga qaytish

Ma’lumotlarni juda tez qayta ishlash

Torrent orqali yuklab olishning o‘zi tezlik oshirilishini nazarda tutsa-da, har bir mijoz dastur uchun eng yaxshi natija turlichadir. Filmlar, yuqori sifatli musiqiy to‘plamlar va boshqa “og‘ir fayllar”ni yuklab oluvchilar uchun tezkor yuklagichdan foydalanish ayniqsa yoqimli. Shu nuqtai nazardan, µTorrent'ning ishlash tezligi juda sezilarli va ko‘plab raqiblarini ortda qoldiradi.

mundarijaga qaytish

Afzalliklari

1. Ixchamlik va tizim resurslariga bo‘lgan talabning pastligi. µTorrent qattiq diskdan taxminan 25 Mb joy egallaydi va xattoki kuchsiz kompyuterlarda ham muammosiz ishlaydi;

2. Intuitiv tushunarli interfeys;

3. Rus tilining mavjudligi;

4. Fayllarni yuklab olishda farqlash. Nafaqat tezlik bo‘yicha prioritetlar o‘rnatish, balki fayllarni navbat bilan yuklab olish mumkin;

5. Krossplatformalilik va mobil operatsion tizimlarning qo‘llab-quvvatlanishi;

6. Fayllarni jadval bo‘yicha yuklab olish;

7. Fayllarni tezkor yuborish uchun drag&drop texnologiyasining qo‘llab-quvvatlanishi.

mundarijaga qaytish

Kamchiliklari

1. Bepul versiyasida reklamaning mavjudligi.

µTorrent — turli xil operatsion tizimlar uchun yengil va ko‘p funksiyali torrent-mijoz. Aynan barqarorlik va yoqimli yuzabiliti bilan uyg‘unlashgan foydali opsiyalar to‘plami tufayli µTorrent shunday mashhurlikka erishgan.

•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•

🚀 “IT specialist” kanali

Report Page