Yangiyer shahar "Navro‘zobod" mahallasida "Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!" mavzusida tadbir o‘tkazildi 

Yangiyer shahar "Navro‘zobod" mahallasida "Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!" mavzusida tadbir o‘tkazildi 

@yan_pressa
Foto Yangiyer shahar hokimligi

Barchamizga ma’lumki 2021 yilgi Mustaqillik umumxalq bayrami "Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!" degan g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, madaniy-ma’naviy tadbirlar ruhida o‘tmoqda. 

Foto Yangiyer shahar hokimligi

Yangiyer shahar "Navro‘zobod" mahallasida Mahalla va oilani qo‘llab –quvvatlash bo‘limi tomonidan ishsiz yurgan xotin-qizlarimiz va ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarimiz o‘rtasida "Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!" degan g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, madaniy-ma’naviy tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir mahallaning eng faol va ibratli oilasi Mamatovlar xonadonida tashkil etildi. Tadbirda sektor rahbarlari, mahalla targ‘ibot guruhi a’zolari, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar, ajrim yoqasida turgan oilalar taklif etildi.

Foto Yangiyer shahar hokimligi

Ayniqsa jamiyatda xotin-qizlarning o‘rni va nufuzini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash, oila, onalik va bolalikni har tomonlama himoya qilish, xotin-qizlarimizni zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi uchun barcha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. 

Foto Yangiyer shahar hokimligi

Istiqlol yillarida erishilgan yutuq va marralar zamirida Mustaqillik atalmish bebaho ne’matning qadr-qimmati namoyon. Yurt ravnaqi, hududlarni rivojlantirishga qaratilgan islohotlar inson baxtu-saodatiga, farovonlikka xizmat qilayotganini yurtdoshlarimiz o‘zlari erishayotgan yutuqlarida ko‘rib, chuqur his qilmoqda, o‘zlari guvoh bo‘lmoqdalar.

Foto Yangiyer shahar hokimligi
Foto Yangiyer shahar hokimligi

Bir so‘z bilan aytganda o‘zimizda xoxish va istak bo‘lsa farovon yashashimiz uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Lekin ayrim yurtdoshlarimiz bunday imkoniyatlardan foydalanmay boqimandalik kayfiyatida yuribdilar. Yoki arzimas sabablar tufayli oilada kelishmovchiliklarni keltirib chiqarib, o‘z oilasini “jar” yoqasiga olib kelib qo‘ymoqda.

Foto Yangiyer shahar hokimligi

Ushbu tadbirni o‘tkazishdan maqsad Mustaqillik yillarida bosib o‘tgan shonli yo‘limizga nazar tashlab, ertangi kunimizga, o‘z kuch va imkoniyatlarimizga bo‘lgan ishonchimizni yanada orttirish, "Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!" shior har bir vatandoshimizning qalbini mehr va iftixorga, vatanga sadoqat bilan xizmat qilib, yurtimizni bundan-da qudratli bo‘lishiga undashdan iboratdir.

Foto Yangiyer shahar hokimligi
Foto Yangiyer shahar hokimligi
Foto Yangiyer shahar hokimligi
Foto Yangiyer shahar hokimligi
Foto Yangiyer shahar hokimligi

Yangiyer shahar hokimligi matbuot xizmati

Report Page