#yoshlar_bilan_uchrashuv

#yoshlar_bilan_uchrashuv


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilanganligi munosabati bilan Termiz davlat pedagogika instituti 3-sonli talabalar turar joyida rektor va yoshlar uchrashuvi yuqori saviyada tashkil etildi.


Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — talaba-yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘rnatish, ularning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, yoshlar siyosati doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini keng yoritishdan iborat bo‘ldi.


3-sonli talabalar turar joyida yashovchi yoshlar uchun sport musobaqalari, kitobxonlik tadbirlari, ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar hamda ichki turizmni rivojlantirishga qaratilgan loyihalar yuzasidan aniq rejalar ishlab chiqildi. 


Ushbu yo‘nalishlarda mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berilib, ularning ijrosi ustidan tizimli nazorat o‘rnatilishi alohida ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida yoshlarning qiziqishlari, orzu-intilishlari, ularni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda ta’limning keyingi bosqichlarida sifatli bilim olishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar xususida atroflicha fikr almashildi. 

Ayniqsa, iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va zamonaviy kasb-hunarlarga yo‘naltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


Shuningdek, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar, talabalarning dolzarb taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni amaliyotga joriy etish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.


Bunday ochiq va samimiy muloqotlar yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, mustaqil fikrlaydigan, tashabbuskor va raqobatbardosh kadrlar etib voyaga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.


✍️ TerDPI matbuot xizmati

Report Page