“Vatandoshlar uchun” davlat grantlariga o‘tkaziladigan tanlovlarda ishtirok etish uchun nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

“Vatandoshlar uchun” davlat grantlariga o‘tkaziladigan tanlovlarda ishtirok etish uchun nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

 

“Vatandoshlar uchun” davlat grantlariga o‘tkaziladigan tanlovlarda ishtirok etish uchun nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

 

a)  shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar asosida nomzodning o‘zi yoki ota-onasi yoxud yaqin qarindoshi;

etnik, til va madaniy-tarixiy nuqtayi nazardan o‘zini o‘zbek yoki qoraqalpoq sifatida identifikatsiya qilgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi;

O‘zbekiston hududida tug‘ilib, istiqomat qilgan, biroq, hozirda xorijda doimiy istiqomat qilayotgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi;

b) xorijiy fuqaro sifatida Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatdagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biriga abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tib, suhbat natijalariga ko‘ra talabalikka tavsiya etilgan bo‘lishi;

v) 30 yoshga to‘lmagan bo‘lishi;

g) o‘zbek tilini bilishi lozim.

 

Vatandoshlar uchun taqdim etiladigan davlat grantlariga talabgorlardan tegishli oliy ta’lim muassasalar tomonidan 2025-yil 10-oktabr kuniga qadar arizalar qabul qilinadi.

Maxsus tanlovlar talabgorlar tomonidan tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga kirish fanlaridan o‘tkaziladi. Bunda fanlar majmuasiga ko‘ra:

a) kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun tanlangan oliy ta’lim tashkiloti tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladi;

b) natijalari oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan talabgorlar uchun Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan test sinovlari o‘tkaziladi;

c) kirish imtihonlari test shaklidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan test sinovlari o‘tkaziladi.

Maxsus tanlovlar natijalariga ko‘ra ballar ketma-ketligi bo‘yicha eng yuqori natija qayd etgan talabgorlar tanlov yo‘nalishlari kesimidagi o‘rinlarga muvofiq davlat granti sovrindori hisoblanadi.




Report Page