use va odatiy fetching farqlari
Abbosbek Sulaymonov (work)Bugun React APIsi tarkibidagi use methodi va uning an'anaviy fetchingdan farqlarini ko'rib chiqamiz.
Avval use o'zi haqida biroz ma'lumot qoldirsam. use parametr sifatida Promise yoki context qabul qiladi va shu ikkisidan qiymatini olib qaytaradi. Hooklar ichida yoki component ichida ishlatish kerak, boshqa custom metodlar ichida ishlata olmaysiz.
Keling endi an'anaviy fetchingning yaxshi yomon tomonlarini ko'rib chiqamiz:
Yaxshi tomonlari:
- loading va xatoliklarni to'liq nazorat qila olasiz
- reactning barcha versiyalarida qo'llab quvvatlanadi
- ko'pchilikka tanish foydalanish uslubi
- loading componentlarni o'zingiz istagandek o'zgartirish imkoniyati
Yomon tomonlari:
- juda ko'p qatorli kod yozishga to'g'ri keladi
- state managementni qo'lda qilish kerak
- race condition muammosi - bu bir nechta asinxron operatsiyalar bir vaqtda ishlaganda, natija tartibga bog'liq bo'lmay qoladigan holat.
- komponentlar tarkibida haddan tashqari ko'p takrorlanish
use metodining yaxshi va yomon tomonlari esa quyidagilar:
Yaxshi tomonlari:
- toza va kam kod
- Suspense orqali loading stateni avtomatik boshqarish
- xatolikni yaxshiroq boshqarish
- asosiy asinxrod xatoliklarni oldini oladi
- qayta foydalanishni osonlashtiradi
Yomon tomonlari:
- proyektingizdagi react versiyasi hech bo'lmaganda 18.3 bo'lishi kerak
- metod foydalanilgan komponent Suspense tarkibida bo'lishi kerak
- loding statelarni nazorat qilish nisbatan kamroq
- yangi metod va yaxshilab o'rganish talab etiladi