#uchrashuv_2022 #TDTU

#uchrashuv_2022 #TDTU

@bmtu_press

“Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli” UK rahbariyati bilan joriy yilning 27-aprel sanasiga belgilangan Toshkent Davlat Transport Universiteti talabalari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi va unda Buxoro, Navoiy, Samarqand hamda Jizzax viloyatlaridan kelib tahsil olayotgan talabalar ishtirok etdilar.


🔹 Uchrashuvda:

—''Buxoro mintaqaviy temir yo'l uzeli'' UK bosh muhandisi Suvonov Maqsud Mardonovich;

— Uzelning Xodimlar va ijtimoiy masalalar bo‘limi boshlig‘i - Salomov Firuz Shokirovich;

—Hududiy yoshlar yetakchilari kengashi raisi - Qazoqov Shaxriyor Shodiyevichlar so'zga chiqdilar.




Mutasaddi xodimlar uchrashuv davomida “Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli” UKning asosiy ish faoliyati bilan tanishtirish va kelajakdagi rejalari bo'yicha ma'lumot berish bilan bir qatorda yangi kadrlarga qo'yilayotgan talablar, universitetimiz talabalarini amaliyotga jalb qilish va ishga qabul qilish masalalari bo'yicha ma'lumotlar berib o'tishdi. Uchrashuv yakunida talabalar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi.

Uchrashuvda faol ishtirok etgan va iqtidorli talabalar "Buxoro MTU" UK rahbariyati tomonidan esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.

https://t.me/bmtu_press

Report Page