"MILITSIYA UZB" ijtimoiy tarmog'i orqali “Guliston tumani 14-maktab o‘quvchisi” sarlavhasi bilan eʼlon qilingan xabar yuzasidan rasmiy munosabat

"MILITSIYA UZB" ijtimoiy tarmog'i orqali “Guliston tumani 14-maktab o‘quvchisi” sarlavhasi bilan eʼlon qilingan xabar yuzasidan rasmiy munosabat

@guliston_txtb

Aniqlanishicha 2022-yil 23-noyabr kuni Guliston tumani 14-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 2-“B” sinf oʻquvchilariga reja bo‘yicha 5 soat dars o‘tilishi kerak bo‘lgan. Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari uchun bo‘lib o‘tayotgan malaka (amaliy) sinovlarda ishtirok etayotganligi sababli ushbu kungi darslar ixchamlashtirilib, sinf rahbar Imomova Sohiba tomonidan darslar oʻtib boʻlingach o‘quvchilarga uylariga ketishlari uchun javob bergan.

Darsi tugagandan so‘ng 2-“B” sinfning barcha oʻquvchilari kabi Xasan va Xusan Abdurahmanovlar uyga yo‘l olishgan. Yo‘lda Xasan va Xusan Abdurahmanovlar maktab hududining tashqarisida joylashgan elektr transformator ostiga kirib qolgan kuchukni koʻrib qolishgan. Transformator poydevor qismining ochiq joyidan Xusan Abdurahmanov qo‘lini kirgazib kuchukni olmoqchi bo‘lgan vaqtda elektr toki urishi oqibatida bosh, qorin, qoʻl va oyoq qismidan tan jarohati olgan.

Voqea joyiga tezlikda yetib borgan maktabning oʻqituvchisi Abilov Furqat bolani chiqarib olgan, maktab hamshirasi Rahimova Muhabbat tomonidan birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan. Zudlikda tuman shoshilinch tibbiy yordam va oilasiga xabar berilgan. Hozirgi vaqtda Tuman tibbiyot birlashmasi shifokorlari tomonidan muolajalar olib borilmoqda.

Report Page