Seanslar haqida umumiy ma'lumot

Seanslar haqida umumiy ma'lumot

Муҳамаджон

Hammaga ma'lumki, bitta nomerga cheksiz miqdorda boshqa telefonlarda Telegram ochsa bo'ladi. Ya'ni 1ta nomerga 1 ta profil ochiladi bir nechta qurilma orqali ulansa boladi. Birontasi sizi telegramizga kirib olganday tuyilmoqdami? Buni aniqlash uchun maqolani o‘qing.

Buning uchun Telegram yoki Plus messengerida Sozlamalar Qurilmalar yoki Maxfiylik va xavfsizlik Faol seanslar bo'limiga kirishiz kerak.

Faol seanslar bo'limiga kirganingizda sizning raqamizga nechta telefon/kompyuter orqali Telegramga kirilgani ko'rsatib qo'yilgan.

Bo‘limning eng yuqorisida desktop qurilmasini biriktirish tugmasi turadi. Xo‘sh buni vazifasi nima? Bu orqali siz telegram desktop yoki telegram web ilovalariga skanerlash orqali o‘z profilingizga to‘g‘ridan to‘g‘ri kirishingiz mumkin.

Undan so‘ng o'zizi telefon qurulmangiz ko'rsatilgan agarda sizda faqatgina bitta telefon ko'rsatilgan bo'lsa havotirga o'rin yoq hech kim sizi Telegramizga ulanib olmagan.

Agarda sizda ro'yxatda 1 tadan ko'p telefon ko'rsatilgan bo'lsa o‘sha telefoni ustiga bosish orqali telefon modelini, qanday messenger ishlatishini, qaysi viloyatdaligini (ko‘pincha noto‘g‘ri ko‘rsatiladi) bilib olishingiz mumkin. Seansni yakunlash tugmasini bosish orqali sizni telegramizga ulangan odamni chiqarib tashlashingiz mumkin. Ko'pincha ushbu ro'yxatda o'zimizni telefonimiz 2-3ta bo‘lib chiqadi bu holatda ham havotirga o'rin yo‘q shunchaki o‘ziz oldin ishlatgan messengerlariz ko'rsatilgan bo'lishi mumkin.

Seansni yakunlash orqali chiqarib tashlash mumkin↑
Lekin baribir o‘chira olmayapsizmi?
Misol uchun sizga Telegram bunday xabarni ko'rsatishi mumkin:

Bu xabarda: siz qo'lizda turgan telefondan Telegramga oxirgi 24 soat ichida kirgansiz boshqa seanslar esa oldinroq ochilgan shuning uchun siz uni o‘chira olmaysiz. Uni chiqarib tashlash uchun 24 soat kutishiz kerak. Boshqa iloji yo‘q.

Bu bo‘limda yana maxfiy chatlarni qabul qilish va chaqiruvlarni qabul qilish tugmalari mavjud. Ularning vazifasi nima?

Maxfiy chatlarni qabul qilish - bu masalan sizga biror kishi maxfiy chatdan xabar jo‘natsa barcha qurilmaga boradi, agar u funksiyani o‘chirib qo‘ysez, o‘sha o‘chirgan qurilmaga u xabar bormaydi.

Chaqiruvlarni qabul qilish esa kimdir telegram orqali qo‘ng‘iroq qilsa boshqa qurilmaga ham bildirishnomaga kelishi kelmasligi ya'ni sizga ulangan odamga qo‘ng‘iroq bo‘lyapti yozuvi chiqmaydi yoki bitta qurilmaga 2 xil messengerdan telegram ochilgan bo‘lsa bildirishnoma 2 ta keladi shuni o‘chirish qo‘yish vazifasini bajaradi

Rasmda boshqa messengerdan kelishi ko‘rsatilgan

Bo‘limning oxirgi qismida esa nofaollik muddati degan yozuv bor. Buning vazifasi uzoq vaqt faol bo‘lmagan seanslarni avtomatik chiqarib tashlash. Qancha vaqt faol bo‘lmaganda avtomatik chiqarib tashlashini o‘zingiz sozlashingiz mumkin


Telegram yordamchi - @tghelp_uz

Report Page