Xizmat avtomashinasi bilan sodir boʻlgan yoʻl transport hodisasi yuzasidan rasmiy munosabat.

Xizmat avtomashinasi bilan sodir boʻlgan yoʻl transport hodisasi yuzasidan rasmiy munosabat.


Joriy yilning 18-mart kuni olingan tezkor xabar asosida DXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi, viloyat IIB JQB va viloyat Bojxona boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan hamkorlikda Sayxunobod tumani hududida oʻtkazilgan tezkor tadbir jarayonida davlat raqam belgisi yechib qoʻyilgan Lasetti rusumli avtomashina YPX xodimlari yordamida toʻxtatilish choralari koʻrilgan vaqtida, ushbu avtomashina haydovchisi YPX xodimining qonuniy buyrugʻiga boʻysunmay, yoʻl chetida toʻxtab turgan YPX xodimlariga biriktirilgan Lasetti rusumli 20 716 VSF davlat belgili xizmat avtomashinasiga shikast yetkazgan holda YPX maskani yonida joylashgan pastlikka tushib toʻxtagan va avtomashinada boʻlgan shaxslar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan ushlangan.

Avtomashina xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, koʻp miqdordagi tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi hamda giyohvandlik moddasi boʻlgan dori vositalari borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olingan.

Hozirda holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Report Page