Tesla avtomobili egalari 2020-yildan boshlab pul ishlashlari mumkin
Ruslan RustamovTesla kompaniyasi 2020-yilda haydovchisiz taksi xizmatini ishga tushirishini eʼlon qildi. Kompaniyaning hisob-kitobiga koʻra, avtomobil egalari yiliga 30,000 AQSh dollari miqdorida pul ishlashlari mumkin. Bu haqda vc.ru nashri xabar bermoqda.

- Tesla egalari avtomobilni foydalanilmayotgan vaqtda ijaraga berishlari mumkin. Bunda avtomobil haydovchisiz taksi sifatida ishlaydi.
- Robotaxi mijozlari maxsus ilova orqali mashina chaqirishlari mumkin. Ilon Maskning soʻzlariga koʻra, yaqin yarim yil ichida park 1 mlngacha boʻlgan avtomobilni hisobga oladi.
- Avtomobil egalari oʻzlari tarmoqqa qoʻshishlari yoki oʻchirishlari mumkin. Koʻplab boʻsh mashinalar yoʻq hududlarda kompaniya avtomobilni oʻzi chiqarib yuborishi mumkin boʻladi.
- Yoʻl haqi Robotaxi uchun 1 milyaga 0.18 dollarni tashkil qiladi. Bu esa odatdagi oʻrtacha narxi 2-3 dollarni tashkil qiluvchi avtomobilni ijaraga olishga nisbatan arzonroqqa tushadi.
- Tesla avtomobili egalari qachon "berib turish" vaqtini oʻzlari belgilashlari mumkin. Bundan tashqari avtomobildan foydalanishi mumkin boʻlgan shaxslar maydonini, misol uchun, doʻstlari yoki oila aʼzolarini belgilashlari mumkin.
- Avtomobilni bu tarzda ijaraga berish - haydovchiga yiliga 30 ming dollargacha foyda olib kelishi mumkin. Bunda avtomobil 11 yil xizmat qilishi mumkin. Teslaning komissiyasi esa 25-30% miqdorda boʻladi.
- Tesla haydovchisiz taksi xizmatini 2020-yilda baʼzi bir hududlarda ishga tushirishni rejalashtirmoqda.