tengdosh – Privacy & Policy

tengdosh – Privacy & Policy

tengdosh Team

Maxfiylik Siyosati (Privacy Policy)

So'nggi yangilanish: 03.02.2026


1. Umumiy qoidalar

Ushbu "Tengdosh" mobil ilovasi (keyingi o'rinlarda "Ilova") talabalarga o'quv jarayoni haqida ma'lumot berish, OTM yangiliklaridan xabardor qilish va o'zaro muloqotni ta'minlash maqsadida ishlab chiqilgan. Ilova OTMning HEMIS axborot tizimi bilan integratsiya qilingan.


2. Ma'lumotlarni yig'ish va foydalanish

Biz sizning quyidagi shaxsiy ma'lumotlaringizni to'playmiz va qayta ishlaymiz:

  • Shaxsiy identifikatsiya: Ism, familiya, sharif va talaba ID raqami.
  • O'quv ma'lumotlari: Baholar, davomat, dars jadvallari, fanlar ro'yxati.
  • Muloqot: Ilova orqali yuborilgan murojaatlar, xabarlar va biriktirilgan fayllar.
  • Texnik ma'lumotlar: Qurilma modeli, operatsion tizim versiyasi, IP manzil (faqat xavfsizlik va xatolarni aniqlash maqsadida).

3. Ma'lumotlar xavfsizligi

Sizning barcha ma'lumotlaringiz (login, parol va shaxsiy ma'lumotlar) himoyalangan va shifrlangan sharoitda saqlanadi. Biz foydalanuvchi ma'lumotlarini uchinchi shaxslarga, reklama kompaniyalariga yoki boshqa tashkilotlarga sotmaymiz va bermaymiz (O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan hollar bundan mustasno).


4. Foydalanuvchi huquqlari va majburiyatlari

  • Foydalanuvchi o'z login va parolini boshqalarga bermaslikka majbur.
  • Foydalanuvchi o'z ma'lumotlarini o'chirishni (Delete Account) so'rash huquqiga ega. Buning uchun ma'muriyatga murojaat qilishi kerak.

5. Bog'lanish

Ilova bo'yicha savol, taklif yoki shikoyatlar bo'lsa, quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin: Email: 


akramjonov.m.000@gmail.com Tel: +998 91 611 00 06

Report Page