TELEGRAM' YAXSHI YANGILIK!

TELEGRAM' YAXSHI YANGILIK!

Ovoza

Endi siz Telegramning yangi 4.5 talqinidan boshlab bir vaqtning o'zida bir nechta foto yoki videolarni albomlar sifatida yuborishingiz mumkin. Har bir albom 10 ta foto yoki videodan iborat bo'lishi esa uning xabarlar orasida o'zining ko'rkini ochib bergan.

Profil fotolari

Albom tarkibidan o'rin olgan fotolarni tomosha qilayotgan vaqtingizda ekranning quyi qismida rasmlarning kichraytirilgan ko'rinishi ham namoyon bo'ladi, endi huddi shunday ko'rinish profil fotolarini ko'rayotganingizda ham sizga zavq bag'ishlaydi.

Saqlangan Xabarlar

Endi siz muhim xabarlarni Saqlangan Xabarlarga yuborgan holda doimo saqlab turishingiz mumkin. Har bir saqlangan xabarlarning yonida "o'tish" tugmasi mavjud bo'lib, uning yordamida saqlangan xabarning asl joyiga o'tishingiz mumkin.

Saqlangan xabarlar chati

Saqlangan xabarlar bo'limi unga ma'lumotlarni yuborishni qulaylashtirish maqsadida alohida chat sifatida namoyon bo'ladi hamda u ulashish oynasida doimo birinchi o'rindan joy egallagan bo'ladi.

Joylashuvi

Saqlangan xabarlar bo'limini suhbatlar orasidan hamda Android/iOS platformalaridagi o'ng paneldan topishingiz mumkin.

Kuchaytirilgan qidiruv tizimi

Kerakli ma'lumotlarni izlash haqida gapiradigan bo'lsak, kanallar, guruhlar hamda robotlarni izlash yanada qulaylashtirildi, ya'ni endi siz ularni sarlavhasi yordamida topishingiz mumkin bo'ldi va albatta eng mashxur ma'lumotlar doimo birinchi o'rindan egallagan ko'rinishda.

Kanallarda xabar biriktirish amali

Kanal adminlari obunachilar eng muhim yangiliklardan bexabar qolib ketmasligi uchun istalgan xabarni yuqori qismga biriktirib qo'yish imkoniyati tuzib chiqildi

biriktirilgan xabar ko'rinishi

iOS: Yangicha sozlamalar sahifasi

Telegramning 4.5 talqini iOS foydalanuvchilari uchun yangicha ko'rinishni olib kela oldi. Sozlamalar sahifasi endi yangicha ko'rinishda!.

Yangicha sozlamalar oynasi


Sozlamalarni o'zgartirish

Hozircha mana shunday yangiliklar. Bizning fikrimizcha, biz sizga Telegramning bugungi kunda yaxshigina OVOZA bo'lgan yangi amallari haqida ma'lumot bera oldik. Keyingi shov-shuvli xabarlarni bizning kanalimizda kuzatib boring! Kanal manzili quyida ko'rsatilgan.

Eng shov-shuvli xabarlar 👉 @ovoza